21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:50
Adabiyot 👁 2,897

“Sogʻlom bola yili” yangiliklari

“Sogʻlom bola yili” yangiliklari

* Tumanimiz pillakorlari joriy yilgi mavsumda 243,5 tonna oʻrniga 267 tonna pilla topshirib, davlat shartnomasini Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi boʻlib ortigʻi bilan bajardilar. Muhimi, yetishtirilgan pillaning 100 foizi tumanimizda - "Asia silk" shoʻʼba korxonasida qayta ishlanadi.

* Yangidan ishga tushirilayotgan MChJ shaklidagi "Amudaryotex" xorijiy korxonasi paxtadan yuqori sifatli eksportbop toʻqimachilik va trikotaj sanoati uchun yiliga 6000 tonna yigirilgan kalava-ip ishlab chiqaradi va 250 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning 80 foizini eksport qilish rejalashtirilmoqda.

* Bu yil tumanimiz gʻallakorlari 3 ming gektar yerga bugʻdoy ekib, moʻl hosil yetishtirishga erishdilar. Gʻallakorlarimiz yalpi xirmonni 11 ming 100 tonnaga yetkazib, shundan 5530 tonna gʻalla xosilini shartnoma boʻyicha davlat xazinasiga topshirishni rejalashtirmoqdalar.

* Shu yilning 23-iyunida "Eng namunali fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi" koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik-tanlovda "Kuyukkoʻpir" ovul fuqarolar yigʻini (oqsoqoli R.Erlapasov) birinchi oʻringa, "Oʻrta qalʼa" ovul fuqarolar yigʻini (oqsoqoli I.Toʻrayev) ikkinchi oʻringa, Beruniy MFY (oqsoqoli A.Saʼdullayev) uchinchi oʻringa loyiq, deb topildilar.

Shuningdek, 11 ta nominatsiya boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

* Yaqinda Nukus shahrida "Orasta qizlar davrasi" koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlovning tuman bosqichi gʻolibi, Mangʻit shahrining "Olmazor" mahallasi "Orasta qizlari" Respublikamizda ham birinchi oʻrinni egalladilar.

* Yaqinda "Salomatlik-3” loyihasi boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻptarmoqli markaziy poliklinikaga zamonaviy rusumdagi "Londvint” firmasi mahsuloti boʻlgan rangli dopler sistemali ultratovush skaner apparati berildi.

Bu yangi zamonaviy apparat "3D” oʻlchamli, koʻp funktsiyali kompyuter sistemasi bilan jihozlangan. Uning afzalligi - (ichki har bir aʼzoni koʻrish tiniqligi aniq) datchiklari oʻz-oʻzidan kompyuter orqali kerakli chastota bilan taʼminlanadi.

* Zamonaviy, raqamli, kompyuterlashtirilgan 2 ta rentgen apparaturasi keltirilganligi tuman tibbiyot birlashmasida statsionar, ambulator davolanuvchilarga aniq tashxis qoʻyish imkonini yanada oshirdi. Apparatning birini koʻptarmoqli markaziy poliklinikaga, yana birini kasalxonaga oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
* 22-iyunda "Ayollar sport festivali”ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Sportning 6 ta turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda gʻoliblar aniqlanib, ular respublika bosqichiga yoʻllanma oldilar. Mazkur sport festivalining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimizdan 19 nafar sportchi ayol-qizlar qatnashadilar.
* Tumanimizdagi 2-sonli BOʻSM direktori, Xalqaro toifadagi hakam Chorsham Tojimurodov yaqinda Namangan shahrida 1995-96-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida bosh hakam vazifasini bajardi.

Bu chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yosh sportchilar jahon birinchiligida Oʻzbekiston sport sharafini himoya qiladilar.

* Ayni kunlar tumanimizda faoliyat yuritayotgan barcha umumtaʼlim va boshlangʻich taʼlim maktablarida bolalar yozgi taʼtilda boʻlsalar-da qizgʻin mehnat davom etmoqda. Maktablarda kelgusi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari, shu jumladan joriy va kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Maktab binolarini yangi oʻquv yiliga shay qilib qoʻyish borasida belgilangan ishlarning shu kungacha 80 foizdan ziyodi bajarildi.

* Keyingi yillarda oʻqituvchilar ijodkorligiga, oʻz ustlarida ishlashlariga katta eʼtibor qaratilayotganligi oʻz samarasini berayotir. Tugallangan oʻquv yilida 4 nafar fan oʻqituvchilari - 40-umumtaʼlim maktabidan Karomat Xudoyberganova, 5-umumtaʼlim maktabidan Barno Saidova, 33-umumtaʼlim maktabidan Jangaboy Gulmonov, 30-umumtaʼlim maktabidan Otabek Tajiyevlar "Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichida gʻolib boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashdilar.

* Tugallangan oʻquv yilida tumanimiz umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining 5 nafari fan olimpiadalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida birinchi oʻrinlarni egalladilar.

Mamlakat miqyosida oʻtkazilgan "Bilimlar bellashuvi”da 3 nafar oʻquvchi muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

* 2013-2014 oʻquv yilida tumanimiz umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tugatgan 2920 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlimning keyingi bosqichi - akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olindi.

* Joriy oʻquv yilida tumanimizdagi 8 ta kasb-hunar kollejlarini oʻzlari tanlagan mutaxassisliklar boʻyicha tugatgan 2652 nafar yigit-qizlarga mutaxassislik diplomlarini tantanali ravishda topshirish marosimlari boʻlib oʻtmoqda.

* Joriy yilda tumanimizda qurilish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq joylarida 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, shuningdek, 60 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan Maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji ustaxonasi, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosini kapital taʼmirlash ishlari, Amir Temur nomli ovul hududidagi 4-sonli maktabni rekonstruktsiya qilish, Qilichboy ovuli hududidagi 15-sonli maktabni kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bir necha taʼlim muassasalarida kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

* Tumanimiz hududida 5 ta futbol maydonchalari qurilayotgani va yaqinda qurilishi boshlangan "Kamolot shaharchasi” ham yosh avlod kelajagi yoʻlida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning namunasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026