IJODKORNING IKKINÇI UMRI
Mansur Ahmedov!
Kamsuqum, hazilkaş, hayotining har oni döstlari bilan sururli, ijod sehri asir etgan lahzalarda ming gapirsangiz ham bir kiprik qoqmaydigan, butun dunyoni unutib, qalb amriga böysunadigan tuğma şoir, talantli şoir edi. Uning har bir satri xuddi öquvçining öz keçinmalaridek, ifodasiga söz topolmagan tuyğularini anglab, şeʼrga solgandek edi göyo. Qalbga yaqinligi şunçalar ediki, Otajon Xudoyşukurovday sanʼat darğasi uningşeʼrlariga kuy bastalab, qöşiq qilib aytgandi. "Kiprigingda osilib turgan mening jonimdir” nomli şeʼriy töplamiga sözboşi yozib, oq yöl tilagan edi.
Mansur Ahmedov oliygohni bitirib, "Amudaryo haqiqati” gazetasiga muxbir bölib işga kirdi. Qobiliyatliligi, intiluvçanligi bois, bölim mudiri, masʼul kotiblikdan muharrirlikkaça bölgan yölni bosib ötdi.
1993-yilda "Xalq sözi” gazetasining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça maxsus muxbiri böldi, "Amu tongi” (hozirgi "Qoraqalpoğiston tongi”) gazetasida işladi.
Mansur Ahmedov "Amudaryo haqiqati” gazetasida işlagan yillar oraliğida bir hamkasb döst sifatida bir-birimizdan köp narsalar örganganmiz. Gazeta işidan çarçab, bir dam olmoqçi bölgan damlarimizda:
- Sizlarga bir gap aytaymi? – derdi xuddi muhim bir siri bor odamday.
Bir xonada ötirib işlaydigan Xonimjon opa, Robiya, hammamiz unga qarab qolardik. Şunda Mansur tinglaysizlarmi, deganday bizga bir qarab olib, past, biroq hayajonli ovozda yangi yozgan şeʼrini öqib berardi. Biz kasbdoşlar uning biron joyda bosilmagan şeʼrlarining ilk tinglovçisi bölganmiz.
Jamiki yaralmiş Alloh ixtiyorida. Biroq hayotda şunday hollar ham böladiki, odam özining umri qisqaligini xuddi sezib yurganday, vafotidan söng nimalar bölişini başorat qilganday göyo. Muhammad Yusufning: "ölsam bir muştipar onam yiğlaydi, qolganlari yolğon yiğlaydi”, deya yozganlari, Oxunjon Madaliyevning "Unutmoq osonmas bizlarni”, deya yuraklarni sel qilib kuylaganini eslasam, şunday fikr miyamga kelaveradi. Beixtiyor Mansurning "Surat orqasidagi yozuv” şeʼrini ham eslayman. Bu şeʼrni u onasiga atab yozgan, "Mana bu mening portretim, körganingizda yaxşi odamni eslagan kabi yuzimga labingizni tekkizib qöying”, deya ötingan. Xuddi umri qisqaligini, onasi uning diydorini qömsab, soğinib, orqasidan kuyib yaşaşini bilganday.
Qaydasan, yuragim,
Zardobga töldi.
Yuragim soğinçga,
Töldi, sevgilim.
Umrimning sanoqli,
Kunlari qoldi.
Közingga bir boqsam,
Böldi, sevgilim!
Mansur yon daftarçasining ikki varaği töla öz qöllari bilan 1997-yil 16-dekabr deya qayd qöygan mana şu satrlar bilan boşlangan şeʼri adaşmasam, biron naşrda eʼlon qilinmagan.
Afsus... Goh öyçan, mulohazali, goh hazilkaş, goh maʼyus iqtidorli jurnalist, otaşqalb şoir Mansur Ahmedov "yarq” etgan yulduzday erta söndi.
Uning porloq xotirasi hamkasblarining, barça şeʼriyat muxlislarining qalbida mangu yaşaydi, har bir satri köngillarni töla zabt etuvçi şeʼrlarida yaşaydi. Xuddi özi başorat qilganiday: "ölganimdan söng boşlanadi ikkinçi umrim”.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶