QIZILÇOLIDAGI NAVRÖZ ŞUKUHI KÖNGILLARGA BAHORIY KAYFIYaT HADYa ETDI
Jannatmakon yurtimiz uzra oftob çaraqlab, butun olamni gözallikka burkab, qutluğ poyqadami bilan Navröz taşrif buyurdi. Bundan köngillar şodlikka, zavqqa tölib, dillar yayradi. Şunday paytda dunyolarga siğmagan bu quvonçni hamma birga baham körişga, Navröz hadya etgan gözalliklardan birga bahra olişga oşiqadi. Navröz ana şunday har bir oila, har bir xonadonga şod-u xurramlik olib kiradigan eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayram.
Uç ming yildan ziyod tarixga ega bölgan Navrözi olam – şarqona yangi yil xalqimizning tabiati, ong-u tafakkuri, qalbiga çuqur singib ketgan. Bir donişmanddan Navröz qaçondan bayram qilinganini söraşganida, u bu kunni Oy va Quyoş paydo bölgan paytdan boşlangan, deb javob beribdi. Bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy esa “Quyoş va Oy falakning ikki közi bölganiday, Navröz va Mehrjon zamonning ikki közidir”, degan ekan. Darhaqiqat, azal-azaldan elimizda bahordagi keça va kunduz tenglaşişi Navröz, kuzda ham bu holatning takrorlanişi Mehrjon deb atalib, har ikkalasi şodiyonalar bilan bayram qilingan.


17-mart kuni Qizilçoli mahallasida ham Navröz bayramini nişonlaş, aholiga bahoriy kayfiyat ulaşiş, kötarinki ruh bağişlaş maqsadida 9-sonli maktabning yozgi sport maydonçasida katta tadbir ötkazildi. Bayramga taşrif buyurgan yoş-u qarini fuqarolar yiğini raisi Raşid Yerlapasov qutluğ ayyom bilan muborakbod etib, yil davomidagi erişilgan yutuqlarni quvonç va faxr bilan tilga oldi. Tumandagi ulkan bunyodkorlik işlari, yoş avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik, ayniqsa, joriy yilda boşlangan Amudaryo ustidan ötadigan temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigi qurilişi işlari haqida iftixor bilan sözlab, bayram sayliga taşrif buyurganlarni juda ruhlantirdi.


Bayram tomoşalari 9-sonli maktab öquvçilari, hududdagi maktabgaça taʼlim taşkiloti kiçkintoylari tomonidan ijro etilgan bahor, navröz, yurt madhini tarannum etuvçi kuy va qöşiqlar, dilrabo raqslar bilan yanada avj oldi. Ayniqsa, mahalla onaxonlari, havaskorlari tomonidan kuylangan yor-yorlar, laparlar va alla qöşiqlari, turli anʼana va udumlarning sahnadagi namoyişi hammaga manzur bölib, dillarga xuşnudlik baxş etdi. Sayil milliy sport öyinlaridan arqon tortişiş hamda şaxmat-şaşka, futbol musobaqalari bilan davom ettirildi. Bolajonlar esa özlari yasagan rang-barang varraklarni baland-baland uçirişdi. Bahor kelganidan darak berib, zangori osmonda uçayotgan turfa rangli varraklar kiçkintoylar qatorida yoşi kattalarni ham nihoyatda zavqlantirdi.


- Navröz milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvçi haqiqiy xalq bayrami, - deya öz quvonçini, dil izhorlarini bayon etadi mahallaning yoş uluğ otaxoni Ismoil ota Yusupov. - Uning öziga xos tarixi Ona xalqimiz tarixi bilan çambarças boğliqdir. Mahmud Qoşğariy, Navoiy, Bobur kabi uluğlarimiz öz asarlarida Navrözi olam tarixi, uning mohiyati haqida qimmatli fikrlar bildirganlar. Biz bularning hammasini, milliy anʼanalarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimizni yoş avlod ongiga, qalbiga doim singdirib borişimiz darkor.
Öyin-kulgu, zavq-şavq bilan davom etayotgan uşbu ulkan bayram tadbirida sport öyinlari, musobaqalar ğoliblari turli sovğalar bilan taqdirlandilar. Ayniqsa, fuqarolar yiğini va maktab maʼmuriyati tomonidan berilgan faxriy yorliqlar, mahalladoşlarning olqişlari ulardagi bayramona kayfiyatni yanada kötardi.

- Ota-bobolarimiz Navrözni bayram qiliş asnosida turli anʼana va udumlarni ham namoyiş etişgan. Dehqonlar şu kuni yerga baraka uruğini qadab, Allohdan möl rizq tilaşgan. Ayol-qizlar esa yangi çiqqan giyohlardan tanaga quvvat beruvçi, darmonbaxş taomlar, ayniqsa, sumalak tayyorlab, xonadonlariga qut-baraka söraşgan. Ahillik va hamjihatlikda uşbu bayramni nişonlab, keyingi avlodlarga ham ibrat körsatişgan. Şu kunlarga yetganimizga, kelajagimiz bölgan yoşlarning komil insonlar bölib voyaga yetayotganiga şukronamiz köp -, deydi mamnuniyat bilan nuroniy otaxon Çorşam Matvafoyev.

Sayilda mahalla ayollari, kelinçaklar-u qizlar özlari tayyorlagan turli milliy taomlar, şirinliklar, non-patirlar, qatlama-çalpaklar, sumalaklar bilan bayram dasturxonini bezab, bor mahoratlarini körsatişdi. Katta doşqozonlarda pişirilgan palov ham barça mehmonlarga suzib tarqatildi.
Şodu-xurramlik bilan nişonlangan Navröz bayramidagi kötarinkilik nafaqat Qizilçoli mahallasidagi har bir xonadonga, balki yon-atrofdagi ovul-mahallalarga ham köçdi. Boşlanayotgan şarqona yangi yil butun kuyukköpirliklar tomonidan katta quvonç bilan kutib olinib, şodiyonalarning bardavom bölişiga ezgu tilaklar bildirildi.
Umumxalq bayrami Navröz hammaning köngliga iliqlik, yuraklariga bahoriy kayfiyat, yuzlariga tabassum hadya etuvçi bayramdir. Har kunimiz bölsin Navröz, degan gap bejiz aytilmagan. Şunday ekan Navröz şukuhi yurtimizda har doim kezib yursin.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶