14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 23:43
Madaniyat 👁 312

SAHNADA GOʻZALLIKLAR YaRATGAN AYoL

SAHNADA GOʻZALLIKLAR YaRATGAN AYoL

Yurtimizda bayramlar koʻp. Ayniqsa, bahor fasli bayramlar bilan boshlanib, el-yurtni fayzga toʻldiradi. Butun xalqqa koʻtarinki ruh bagʻishlab, shodiyonalar shodiyonalarga ulanadi. Bayramlar arafasida barcha hududlardagi Madaniyat markazlari tomonidan katta tayyorgarlik koʻriladi. Ommaviy  bayram  tadbirlari  chuqur  gʻoyaviy mazmun bilan boyitilib, aholining maʼnaviy-madaniy hordiq chiqarishiga imkoniyat yaratiladi.

Katta shodiyonalar, qutlugʻ ayyomlar munosabati bilan tumanimizdagi Madaniyat boʻlimi tomonidan ham bayram dasturlari tayyorlanib, namoyish etiladi va aholiga koʻtarinki kayfiyat ulashiladi. Ayniqsa, yuksak mahorat bilan bezatilgan sahna, turli dekoratsiyalar, ijrochilarning did bilan tanlangan liboslari ruhiyatni yanada koʻtaradi. Barchaga bayramona ruh baxsh etib, atrofga ham oʻzgacha fayz kiritadi.

Bayramlarda aholiga taqdim etib kelinayotgan turli dasturlar, tadbirlarning chiroyli, mazmunli chiqishiga, yuqori saviyada oʻtkazilishiga boʻlimning har bir xodimi qatorida liboslar boʻyicha mutaxassis, sahna bezakchisi Mehribon Yoʻldosheva ham fidoyilik bilan oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Har bir tadbirda oʻz mahoratini namoyish etib, yangi gʻoyalar topishga, sahnani bekamu-koʻst bezashga, liboslarga oʻzgartirishlar kiritib, bayramlarga mos andozalar yaratishga harakat qiladigan mutaxassis fidoyi xodim sifatida barchaga oʻrnak boʻlib kelmoqda. 

Mehribon Yoʻldosheva sohada 11-yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. U liboschi boʻlish bilan birga “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi aʼzosi hamdir. Respublika, tuman miqyosidagi folklor chiqishlarda oʻz isteʼdodini, mahoratini namoyish etib, el eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Xalq sayllari, Navroʻz va Mustaqillik bayramlarida, folklor yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlarda jamoa chiqishlarining mazmunan boyishiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Oʻzining mehnat faoliyati davomida tuman ijtimoiy hayotida faol ishtirok qilib kelayotgan bu fidoyi ayol  kasbdoshlariga gʻamxoʻr, xushmuomala, halol va kamtar inson, namunali oila bekasi, 4 nafar farzandi bor. Oʻz farzandlarini el-yurt manfaatiga yaraydigan,  munosib insonlar etib voyaga yetkazmoqda.

U bayram arafasida tuman hokimining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Elda va kasbdoshlari orasida oʻz masʼuliyatliligi bilan eʼtibor qozongan, sahnalarni bayramona bezatib, goʻzalliklar yaratib kelayotgan fidoyi ayolni bu kabi ragʻbatlar yanada koʻproq mehnat qilishga undaydi. 

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026