AMUDARYoDA VATAN HIMOYaÇILARI KUNI KÖTARINKI RUHDA NIŞONLANDI
Vatanimizning xavfsizligi, yurtimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi Qurolli Kuçlarimiz tomonidan işonçli tarzda taʼminlanmoqda. Milliy armiyamizda xizmat qiliş Özbekiston fuqarolari uçun nafaqat konstitutsiyaviy burç, ayni paytda tom maʼnodagi şon-şaraf işiga aylanganligi ham ayni haqiqat. Yurtimizda 14-yanvarda nişonlanadigan Vatan himoyaçilari kuni esa çin maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan. Bu bayramning mavqei, maʼno-mohiyati uluğ va yuqori bölib, ayni çoğda butun xalqimizga, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodga birday taalluqlidir. Şu bois yoş avlod qalbida Qurollik kuçlarimiz, Milliy armiyamizga havas hamda iftixor tuyğulari, fuqarolarimizning ong-u tafakkuriga Vatan himoyasi şarafli va muqaddas burç ekanligini, davlat xavfsizligini himoya qiliş uçun masʼuliyat tuyğusini çuqur singdiriş maqsadida uşbu bayram munosabati bilan mamlakatimiz böylab turli tadbirlar ötkaziladi. Vatan himoyaçilari kuni Amudaryo tumanida ham özgaça ruhda nişonlandi.

14-yanvar kuni tumanda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 29 yilligiga bağişlab “Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa” nomli katta bayram tadbiri ötkazildi. Tumandagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida taşkil etilgan uşbu bayram tadbirida dastlab harbiy texnikalar körgazmasi namoyiş etildi.
Maktabning tomoşalar zalida davom ettirilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Azizbek Januzakov, DXX çegara qöşinlariga qaraşli qismlar harbiy xizmatçilari hamda tuman hokimligi masʼul hodimlari, faxriy jangçilar, tuman Mudofaa işlari bölimi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari, jamoat taşkilotlari rahbarlari, harbiy qismlarda namunali xizmat qilib qelayotgan askarlar qatnaşdilar.

Bayram tadbirini tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tabrik nutqi bilan oçib berdi. Tuman hokimi barçani bayram bilan qutlab, mamlakatimizda hukmron bölgan tinçlikning eng katta boylik ekanligini, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani, harbiy xizmatga yoşlarimizning qiziqiş va intilişi tobora ortib, Vatan himoyasi şon-şaraf işiga aylanib borayotganini alohida taʼkidladi. Umrini Vatan himoyasiga baxşida qilgan, ona diyorimiz sarhadlarini, erk va ozodligimizni işonçli qöriqlayotgan askar-zobitlar, jasur harbiylarimizning el-yurt osoyiştaligini saqlaşdagi fidoyiligini heç narsa bilan qiyoslab bölmasligini aytib ötdi.

Bayram tadbirida sözga çiqqan tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Azizbek Januzakov ham Özbekistonimizni, Vatanimizni doimo qöriqlaş har bir insonning muqaddas burçi ekanligini, yoş avlod qalbida yurtga çeksiz mehru-muhabbat, vatanparvarlik, burç va sadoqat tuyğularini mustahkamlaş dolzarb masalalardan biri ekanligini aytib ötdi. Amudaryo tumani hududidagi DXX çegara qöşinlariga qaraşli 92-02 harbiy qism komandiri Elyor Jumaboyev ham tabrik nutqida Milliy Armiyamiz tinçlikdek uluğ neʼmatning işonçli kafolati bölib xizmat qilayotganini alohida taʼkidladi.
Tadbirda nuroniy otaxon Bekman Allaberganov, ayni paytda harbiylik burçini sidqidildan ado etayotgan askar onasi Soliya Jumaboyeva, Yoşlar agentligi tuman bölimi faoli Nigora Saidmurodovalar ham şarafli kasb egalari bölgan harbiylarni va butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Şundan söng, tuman Mudofaa işlari bölimi xodimlariga va faxriy jangçilari tuman xokimligining qimmatbaho sovğalari topşirildi.

Tadbirda tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan “Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa” nomli katta adabiy-musiqiy dastur namoyiş etildi.

Dastur davomida ijro etilgan Vatanni madh etuvçi kuy va qöşiqlar, dilrabo raqslar, kompozitsion sahna körinişlari tomoşabinlarga bayramona ruh, xuş kayfiyat baxş etdi.

Bayram tadbiri tugaganidan söng, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Azizbek Januzakov, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov hamda boşqa masʼullar uzoq yillar sohada xizmat qilgan faxriy harbiy xonadoniga taşrif buyurib, bayram bilan tabriklaşdi va sovğalar berişdi.

Şuningdek, tuman hududidagi vafot etgan harbiylarning xonadonlariga ham borib, oilalari holidan xabar olindi. Ularning barçasi masʼullar taşrifidan, eʼtibor va ğamxörlikdan nihoyatda xursand bölib, minnatdorçiliklarini bildirdilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶