KUYuK KÖPIR OVULIDA AVTOMOBILLARGA METAN GAZ QUYIŞ ŞOHOBÇASI IŞ BOŞLADI
“Avtomobillarni gaz bilan töldiriş kompressor stantsiyalari tarmoğini rivojlantiriş va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqiçli ötkaziş, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz işlatişni taʼminlaş qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktyabrda qabul qilgan qarori avtotransport vositalarini ekologik xavfsiz yoqilği turi bilan taʼminlaş, ularda siqilgan tabiiy gaz ballonlarining xavfsiz işlatilişiga erişiş borasida muhim qadam bölayotir.
Qarorga muvofiq, xavfsizlik qoidalariga töla rioya etilgan holda qurilgan avtotransportlarga siqilgan gaz quyiş şoxobçalari soni köpaydi. Bu öz navbatida avtotransport vositalari haydovçilari uçun juda yaxşi qulaylik bölmoqda.
Kuyuk köpir ovulida faoliyat yuritayotgan “Bunyodbek-Aminboy” masʼuliyati çeklangan jamiyatida 2011-yilda bunyod etilgan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida faqat benzin sotilar edi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 815-sonli qaroriga muvofiq, 2016-yildan propan siqilgan gaz quyiş şoxobçasi qurilişi ham boşlanib, 2017-yilda işga tuşirilgan edi.
Joriy yilning 4-dekabridan boşlab, aholi ehtiyojiga köra avtotransport vositalariga metan siqilgan gazi quyiş şoxobçasi ham işga tuşirildi. Buning uçun masʼuliyati çeklangan jamiyat raisi Gulmirza Mamutov “Xalq banki”ning tuman filialidan 3 milliard 850 million sömga teng xorijiy valyutada kredit oldi va uşbu şoxobçaning quriliş işlariga sarf etdi.
Yangidan iş boşlagan şoxobçani bunyod etiş uçun trubalar Nukus polimer zavodidan, asosiy qurilma Xitoydan, kolonkalari esa Koreyadan keltirildi va yetuk mutaxassis quruvçilar quriliş işlariga jalb etildi. Şoxobça uçun tabiiy gaz Manğit-1 gaz taqsimlaş stantsiyasidan tortib kelindi.
Metan gaz quyiş asbob-uskunalari xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda örnatildi va ayni paytda aholiga xizmat körsata boşladi. Bu bilan “Bunyodbek-Aminboy” masʼuliyati çeklangan jamiyatida yangidan 15 ta işçi örin yaratildi va işsiz fuqarolar doimiy işga joylaşdi. Endilikda hudud aholisi transport vositalariga yoqilği quyiş uçun boşqa hududlarga borib, ovora bölib yurişiga hojat qolmadi. Şuning uçun ham uşbu obʼektning işga tuşirilişi köpçilik uçun quvonarli böldi.
Şoxobçaning işga tuşirilişi xuddi bayram tusini oldi. Unda iştirok etgan masʼullar yangi iş boşlayotgan tadbirkorga muvaffaqiyatlar, xalqimizga xizmat körsatişda tolmas kuç-ğayrat tiladilar.
Tumanimizning qaysi bir hududiga bormang, deyarli hamma xonadonlarda turli rusumdagi avtomobillar bor. Biroq, uzoğimizni yaqin, oğirimizni yengil qiladigan maşinalarga yoqilği quyiş uçun soatlab, baʼzan yarim sutkalab navbat kutgan vaqtlarni köpçilik yaxşi eslaşadi. Hozirgi kunda esa tobora köpayayotgan yoqilği quyiş şoxobçalarining avtotransport haydovçilariga qulay şaroitlarda tezkor xizmat körsatişi natijasida, vaqtini tejaşga, sarsonlikning oldini olişga muvaffaq bölişayapti.
Quvonarlisi, bular – xalqimiz turmuş farovonligi oşayotganidan, tadbirkorlik qöllab-quvvatlanayotganidan darak.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶