Çoyköl ovulida «Nöğay Eşon bobo» jome masjidining yangi binosi foydalanişga topşirildi
Amudaryo tumanining Çoyköl ovulida xalqimizning köp asrlik qadriyatlari, iymon-eʼtiqodi va özaro jipsligining timsoli sifatida, azaldan ahillik va bunyodkorlikni şior qilgan ovul ahlining xolis niyatlari va fidokorona mehnati mevasi ölaroq «Nöğay Eşon bobo» jome masjidining muhtaşam yangi binosi qad rostladi. Haşar yöli bilan barpo etilgan uşbu maskanning tantanali oçiliş marosimi nafaqat hudud ahli, balki butun tuman jamoatçiligi uçun çinakam maʼnaviyat bayramiga aylandi.
Oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari Alişer Allaniyazov, Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov hamda sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatçilik vakillari qatnaşdilar.
Sözga çiqqanlar yurtimizda qadimdan anʼana bölib kelayotgan haşarning mohiyatiga alohida töxtaldilar. Taʼkidlandiki, haşar — bu şunçaki jamoaviy mehnat emas, balki millatning ruhiy birligi, muşkulini oson qiliş yölidagi birdamligi va kelajak avlodlarga qoldiriladigan ezgu merosdir. Ayniqsa, masjid kabi muqaddas dargohlarni tiklaşda bu anʼananing örni beqiyos bölib, u insonlar qalbida saxovat va fidoyilik tuyğularini tarbiyalaşga xizmat qiladi.
«Nöğay Eşon bobo» masjidining yangi imorati quriliş jarayonida mahalla faollaridan tortib, tadbirkorlar va oddiy fuqarolargaça birdek masʼuliyat bilan yeng şimarib xizmat qildilar. Kimdir moddiy mablağ bilan hissa qöşgan bölsa, yana kimdir öz qöl mehnati, muhandislik mahorati yoki duo va ezgu tilaklari bilan mazkur xayrli işga şerik böldi.
Oçiliş marosimi doirasida masjid bunyod etilişida alohida jonbozlik körsatgan, tunu kun mehnat qilgan quruvçilar va saxovatpeşa homiylarga alohida ehtirom körsatildi. Bir guruh faol fuqarolarga taşkilotçilar tomonidan taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi. Bu kabi rağbatlantirişlar nafaqat qilingan mehnatning eʼtirofi, balki jamiyatda bunyodkorlik ruhini yanada kuçaytirişga xizmat qiluvçi muhim omildir.
Marosimda muqaddas Qurʼoni karim oyatlari tilovat qilindi. Yiğilganlar yurtimiz tinçligi, osmoni musaffoligi, xalqimizning farovonligi va davlatimiz ravnaqini sörab duoga qöl oçişdi.
«Nöğay Eşon bobo» jome masjidining yangi binosi Çoyköl ovuli tarixida yangi sahifa oçdi. Uşbu muqaddas maskan kelgusi avlodlar uçun iymon-eʼtiqod, saxovat va birdamlik ramzi bölib qolaveradi. Zero, xalq birlaşib bunyod etgan inşootning umri boqiy, fayzi esa beqiyosdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶