ÖZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLINI RÖYXATGA OLIŞ MUDDATI 2022-YILDAN 2023-YILGA KÖÇIRILDI
Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli köpgina davlatlar aholini röyxatga olişni ötkaziş muddatlarini keyingi yillarga köçiriş çoralarini körmoqda. Jumladan, 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston va Armaniston Respublikalarida ötkazilişi rejalaştirilgan aholini röyxatga oliş tadbirlari 2021-yilga köçirildi.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasida aholini röyxatga oliş 2022-yilda ötkazilişi belgilangan edi. Aholini röyxatga oliş tadbiri keng kölamli, köp vaqt va katta mablağ talab etadigan tadbir bölib, uni ötkaziş uçun 2-3-yil davomida tayyorgarlik işlarini olib boriş lozim.
Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini röyxatga oliş tadbiri ilk bor ötkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik köriş va uni sifatli ötkaziş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini röyxatga oliş tadbiri 2023-yilda ötkazilişi belgilandi.
Qaror bilan Özbekistonda 2023-yilda aholini röyxatga oliş tartibi böyiça nizom tasdiqlandi.
Unga köra, 2021-yil 1-25-noyabrda Andijon viloyati Xöjaobod tumani, Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani, Xiva şahri hamda Toşkent şahri Yaşnobod tumanlarida dastlab aholi sinov tariqasida röyxatga olinadi.
Mamlakat darajasida aholini röyxatga oliş esa 2023-yil 1-25-noyabrda amalga oşiriladi.
Qaror bilan aholini röyxatga oliş jarayonlariga jalb etiladigan şaxslarga haq tölaş tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.
Butun aholini röyxatga oliş esa 2023-yil 1-25-noyabrda quyidagiça amalga oşiriladi:
1-5-noyabrda aholi internet tarmoği orqali röyxatga olinadi;
6-10-noyabrda internet orqali röyxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari röyxati şakllantiriladi;
11-22-noyabrda aholini röyxatga oliş varaği şakllari asosida uyma-uy yurib aholi röyxatga olinadi;
23-25-noyabrda har bir uçastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravişda nazorat kuzatuvi asosida örganiladi.
Qaror bilan aholini röyxatga oliş jarayonlariga jalb yetiladigan şaxslarga haq tölaş tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.
H.HAYTIMBETOV, Amudaryo tumani Statistika bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶