14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 17:25
Siyosat 👁 311

OʻZBEKISTONNING DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

 OʻZBEKISTONNING DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekistonning davlat ramzi boʻlgan bayrogʻimiz qabul qilingan 18-noyabr sanasi har yili bayram sifatida keng nishonlab kelinadi. Taʼlim-tarbiya maskanlarida oʻquvchi yoshlarimizni istiqlolning qadriga yetish, davlat razmlariga nisbatan hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

Tuman XTBga qarashli 82-sonli umumtaʼlim maktabida 18-noyabr kuni oʻtkazilgan maʼnaviy-marifiy tadbir ham shu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qildi. Tadbirda davlat ramzlari har bir yurtning dunyoda borligini namoyon etuvchi belgi ekanligi, ramzlarning mamlakatning dunyo siyosiy hayotidagi oʻrnini belgilashdagi ahamiyati xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston bayrogʻi faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, u shu yurtda tugʻilib, shu zaminda yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoli ekanligi, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylanganligi, dunyoning qaysi burchagida boʻlmang, bu bayroq qadrdon ona Vatanni yodga solishi alohida taʼkidlandi.

“Bayrogʻim – iftixorim” deya nomlangan mazkur tadbirda maktabning 6-7-8-sinflar oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Oʻquvchilar tomonidan davlat ramzlarqri, mustaqillik, vatan haqida ajoyib sheʼrlar aytildi. Istiqlolni, Vatanni, tinchlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Ushbu sana munosabati bilan tashkil qilingan tadbir doirasida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Insholar tanlovi”, “Rasmlar tanlovi”, “Bahr-u bayt” kabi bellashuvlar oʻtkazildi. Mazkur bellashuvlarda oʻquvchilar oʻzlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etdilar hamda bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.  Tanlovlarda oʻquvchilarning ishtiroklari munosib baholanib, gʻolib va sovrindorlar taqdirlandilar. Xususan, “Insholar tanlovi” boʻyicha faxrli birinchi oʻrinni 7-”A” sinf oʻquvchisi Iroda Erdosheva, ikkinchi oʻrinni 6-“A” sinf oʻquvchisi Suhrob Rustamov, uchinchi oʻrinni 8-“A” sinf oʻquvchisi Gulnura Januzakovalar egalladilar.

Shuningdek, “Rasmlar tanlovi” boʻyicha birinchi oʻrin 7-“A” sinf oʻquvchisi Kamron Mambatsoliyevga, “Bahr-u bayt” bellashuvida gʻoliblik 8-“A” sinf oʻquvchisi Ruhshona Adamboyevaga nasib qildi. Gʻoliblar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, tumanimizda bilimga chanqoq, intiluvchan, iqtidorli, kitob oʻqishga mehri baland boʻlgan oʻquvchi yoshlarimiz juda koʻpchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa, yoshlarimizning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlari kundan kunga ortib bormoqda. Kitobsevar yoshlarimiz darsdan boʻsh vaqtlarini kitob mutolaa qilishga sarflamoqdalar.

Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilinayotgan barcha tanlovlarda tumanimiz yoshlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, “Dono” nashriyoti tomonidan oʻtkazilgan kitobxonlik tanlovida tuman XTBga qarashli 76-sonli umumtaʼlim maktabining kitobsevar oʻquvchilaridan iborat “Amu yoshlari” guruhi faol qatnashdilar. Uzoq va murosasiz baxslarda “Amu yoshlari” jamoasi oʻzlarining badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini, adabiy asarlardan olgan bilimlarini toʻla namoyon etdilar hamda tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladilar. Tumanimiz kitobsevar yoshlarining qoʻlga kiritgan yutuqlari bir qancha qiziqarli kitoblar jamlanmasi bilan ragʻbatlantirildi.

18-noyabr – Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan maktabda tashkil qilingan “Bayrogʻimiz – faxrimiz” nomli tadbirda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “Amu yoshlari” jamoasi tuman XTB tomonidan ajoyib kitoblar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tuman XTBning Maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi shoʻʼba rahbari Zafar Abdullayev oʻquvchilarni bayrogʻimiz qabul qilingan sana ham sovrindorlik bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, oʻquvchilarni kitobxonlik tanloviga munosib tayyorgarlik koʻrishda oʻz hissasini qoʻshgan Nusrat Kamolovga minnatdorchilik bildirdi.

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni bayrogʻimiz qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz. Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrogʻimiz baland-balandlarda Oʻzbekiston deb atalmish jannatmakon yurt shaʼni, shon-u shavkatidan darak berib hilpirayversin!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019