14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 523

QIShLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

QIShLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻz ifodasini topmoqda. Ayniqsa, tarmoqlar boʻyicha jahon andozalariga mos innovatsion loyihalarni tatbiq etish, qishloq  xoʻjalik klasterlarini rivojlantirish, chorvachilik va meva-sabzavotchilik yoʻnalishlarida kooperativlar tashkil etish, pirovardida agrar sohani qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi – ishlab chiqaruvchi – qayta ishlovchi tizimga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda toʻrtta sektor kesimida soha taraqqiyotini jadallashtirish boʻyicha belgilangan rejaviy tadbirlar asosidagi oʻquv-seminarlari hamda koʻrgazmali seminarlar muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilning 17-noyabr sanasida tumanimizda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan asosiy vazifalarga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. Koʻrgazmali seminar ishida  tumanimizdagi toʻrtta sektor rahbarlari, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, suv xoʻjaligi boʻlimi va tijorat banklari rahbarlari, barcha fermer xoʻjaliklari, klaster korxonalari rahbarlari hamda koʻrgazmali seminar kun tartibidagi masalaga aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masalani ishtirokchilarga toʻliq yetkazish maqsadida ushbu koʻrgazmali seminar koʻchma ravishda oʻtkazildi. Avvalo ishtirokchilarga tuman qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan kuzgi-qishgi dala ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim va dolzarb vazifalar yuzasidan soha masʼullari zarur tavsiyalar berdilar. Shundan soʻng, Mangʻit MMTP hududidagi “Rasulov Erkin asalchi” fermer xoʻjaligida ekinlarni tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish maqsadida mazkur fermer xoʻjaligi dalalari boshida hovuz-tindirgichlar qurish ishlarining holati koʻzdan kechirildi. Shu barobarida ekinlarni tomchilatib sugʻorish texnologiyasining afzalliklari, samaradorligi hamda ishchi va texnika kuchidan foydalanishdagi tejamkorlik jihatlari koʻrgazmali vositalar orqali batafsil koʻrsatib berildi. Shu bilan birga tomchilatib sugʻorish orqali hosildorlikning oshishi, tejaladigan mablagʻ va ishlab chiqarish kuchlari xususida mutaxassislar aniq hisob-kitoblar boʻyicha maʼlumotlar berishdi.

Koʻrgazmali seminar tumandagi Doʻstlik MMTPda qizgʻin va ishchanlik ruhida davom etdi. MMTP hududidagi Navroʻzbek Boltaboyev rahbarligidagi fermer xoʻjaligida seminar ishtirokchilariga lazerli yer tekislash amaliyoti, shuningdek, ushbu usulda tekislangan yerning suvni tejashdagi samarasi maxsus texnika vositalari orqali koʻrsatildi. Agar lazerli yer tekislash agregatlari yordamida ekin yerlari ekishga tayyorlansa, ayniqsa, bahorgi ekish mavsumida yerda namlik yetarli darajada saqlanishi hamda urugʻning bexato unib chiqishi taʼminlanadi. Ayniqsa, gʻoʻza parvarishida suvdan rejali foydalanish imkoni yaratiladi.

Koʻrgazmali seminarda qishloq xoʻjaligi texnikalarini qish mavsumida ustaxonalarga yigʻish va taʼmirlash ishlarini olib borish boʻyicha amaliy tadbirlar ham namoyish etildi. Doʻstlik MMTP ustaxonasida davom etgan koʻrgazmali seminar qishloq xoʻjalik texnikalarini MMTP ustaxonasiga olib kelib, turi va rusumiga monand safga tizish, kamchiliklarini aniqlash, shu bilan birga taʼmirlash ishlarini olib borish ishlari amalda koʻrsatib  berildi.

Boʻlib oʻtgan koʻrgazmali seminar jarayonida fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan tushgan sohaga oid  savollarga masʼul mutasaddilar tomonidan javoblar berildi. Mazkur koʻrgazmali seminar orqali ishtirokchilar sohada yuz berayotgan yangiliklar va oʻzgarishlardan xabardor boʻldilar, shu bilan birga oʻzaro fikrlashib, tajriba almashdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019