“MEN – BOLAMAN VA MENING HAM HUQUQLARIM BOR” MAVZUSIDA OÇIQ DARSLAR TAŞKIL QILINDI
Inson huquqlari haqida söz borar ekan, eng avvalo, bola huquqlari köz öngimizda gavdalanadi. Zero, inson şaxsiyati aynan bolalikda şakllanadi, toblanadi. Bola huquqlari himoyasi taʼminlangan jamiyatdagina kelajakning çinakam vorislari kamol topadi, öziga bölgan işonç va hurmat tuyğusi ortadi. Yurtimizda bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularga munosib yaşaş va öqiş şaroitlarini yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 13-noyabr sanasida tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 1-sonli hamda 40-sonli umumtaʼlim maktablarida bola huquq va erkinliklari himoyasiga bağişlangan oçiq darslar taşkil qilindi. 1-sonli maktabning 5-“A” sinfida öqituvçi Muhabbat Xudoybergenova, 5-“V” sinfda Zevar Atajanova, 6-“A” sinfda Dilnoza Ibrohimova, 7-B sinfda Mahbuba Tojiboyeva, 7-V sinfda Dilnoza Qodirovalar “Men – bolaman va mening ham huquqlarim bor!” mavzusida oçiq darslar taşkil qildilar. Oçiq darslarda mahoratli pedagoglar tomonidan mavzu zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, taʼsirçan yetkazib berildi.
Xususan, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlaş va uşbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarişning taʼsirçan tizimini yaratiş maqsadida qabul qilingan “Bola huquqlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bu boradagi işlarni amalga oşirişda muhim hujjat bölib xizmat qilmoqda.
Bu borada yurtimizda yetarliça huquqiy asos yaratilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori bilan bola huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlaş va uşbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarişning taʼsirçan tizimini yaratiş maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili, yaʼni Ombudsman örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etilgan.
Bola huquqlari böyiça vakilga bir qator vazifalar yuklatildi. Masalan, u imkoniyati çeklangan bolalar, şuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşadi. Şuningdek, tarbiya muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning turar-joy bilan taʼminlanişiga yordam beradi.
Bola huquqlari himoyasiga bağişlangan oçiq darslar 40-sonli maktabning 5-“A” sinfida öqituvçi Sayyora Tilovova tomonidan, 6-“A” sinfida Dilbar Xöjamurodova, 6-“B” sinfda Muborak Rajabova, 8-“G” sinfda Elyor Haytboyev, 9-“A” sinfda Iroda Yaxşimurodovalar tomonidan ham taşkil qilindi.
Aytiş kerakki, umumtaʼlim maktablarida “Men – bolaman va mening ham huquqlarim bor!” mavzusida oçiq darslarni taşkil qilişdan közlangan asosiy maqsad bolalarning huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va milliy qonunlar töğrisida bilimlarni şakllantiriş, farzandlarimizni umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, mamlakatda va butun dunyoda bölayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga daxldorlik tuyğusini şakllantirişdan iborat.
Şu maqsadda taşkil qilingan oçiq darslar öquvçilarni kiçik guruhlarga ajratgan holda noanʼnaviy tarzda, turli innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ötkazilişi öquvçilarning öz huquqlari va erkinliklarini bilişga bölgan qiziqişlarini yanada oşirdi. Öqituvçilar darslarda mavzu yuzasidan taqdimotlar, tarqatma materiallar, qiziqarli öyin metodlaridan foydalandilar.
Darslarda öquvçilar bola huquqlari himoyasi borasida özlarini qiziqtirgan barça savollarga töliq javoblar oldilar. Şuningdek, bu böyiça tuşunçalarini mustahkamlab, bilimlarini yanada boyitdilar.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶