15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 09:34
Salomatlik 👁 288

FIDOYI ShIFOKOR

FIDOYI ShIFOKOR

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam insoniyatga iymondan keyin salomatlikdan koʻra yaxshirok neʼmat berilmagan» degan ekanlar. Ana shunday bebaho boylik el – sogʻligʻini saqlash yoʻlida kurashuvchi kasb egalari, shubhasiz tibbiyot xodimlaridir.
Toʻlqinlik, el orasida Oʻrinboy doʻxtir nomi bilan tanilgan, bir umr feldisher boʻlib ishlagan Oʻrinboy Xidirboyevning 6 nafar farzandning 4 nafari shifokor boʻlib yetishib, ana shunday mashaqqatli kasbda mehnat qilishayapti.
Qipchoq ovulidagi 1-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Rustam Xidirboyev  uning shifokor oʻgʻillaridan biri. Bu kasbga mehr unga otameros. Bolaligidan u bemor odamlarning dardiga malham boʻlib, sogʻayib oyoqqa turib ketishiga yordam berishni istardi.
Asli mutaxassisligi bolalar shifokori boʻlgan bu yigit oʻz kasbiy faoliyatini 1988-yilda boshladi. Mangʻitdagi ftiziatriya laboratoriyasida, Bolalar poliklinikasida ishladi, uchastka pediatri boʻldi. 1991-yildan 2017-yilgacha Qipchoq qishloq vrachlik ambulatoriyasida, 2017-yildan beri esa 1-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida mudir vazifasini masʼuliyat bilan ado etib kelmoqda.
Ushbu tibbiyot muassasasi bugungi kunda Qipchoq shaharcha, Qipchoq, Toʻlqin, Choykoʻl, Beshtom, Uyshin, Daryo boʻyi kabi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi. Shuning oʻziyoq muassasa rahbari zimmasidagi vazifa nechogʻlik zalvorli ekanligini anglatadi.
Qishloq oilaviy poliklinikasining 18 nafar shifokorlari va oʻrta tibbiyot xodimlari talabchan va kasbiga fidoyi Rustam Xidirboyev boshchiligida butun dunyo xalqlari boshiga ogʻir sinovlarni solgan koronavirus pandemiyasi davrida ham  aholi sogʻligʻini muntazam nazorat qilib, ularga kasallikka qarshi kurash, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida targʻibot olib borish bilan birga, kasallikka chalinganlarni samarali davolash yoʻlida vaqt bilan hisoblashmay mehnat qildilar. Shu boisdan ayni kunda hududda ahvol barqarorlashmoqda.
Qaysiki jamoada xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilsa, mehnatlari baholansa, ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilsa, albatta, shu yerda yutuqlar koʻp boʻladi. Tibbiyot maskanida hudud aholisiga bolalar shifokori, jarroh, ayollar shifokori, stomatolog, terapevt va ultratovush tekshiruvi mutaxassislari xizmat koʻrsatadi. Yiliga bir marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik ham tashkillashtirilib, aniqlangan bemorlarning salomatligi tiklanishida yordam koʻrsatiladi. Ushbu muassasada yoʻlga qoʻyilgan tibbiy xizmatlardan aholi juda mamnun.
Qipchoq ovulidagi 1-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasiga sogʻligʻida muammolar bilan murojaat qiluvchi aholiga kasbiga fidoyi shifokor Rustam Xidirboyev boshchiligidagi tibbiyot xodimlari tomonidan namunali tibbiy xizmat koʻrsatilayapti. Kasalligi stantsionar sharoitda davolanuvchi bemorlar uchun 8-oʻrinli kunduzgi davolash boʻlimi ham tashkil etilgan. Dardlariga shifo topib, minnatdor boʻlib kelayotganlar esa koʻpchilikni tashkil etadi.
Rustam Xidirboyev ahil va baxtli oila sohibi ham. Uning ayoli Erkinoy Murodboyeva ovuldagi maktabda oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, pensiyaga chiqdi. Oʻgʻli Islombek Oʻrinboyev boʻlgʻusi shifokor, tibbiyot oliygohi 2-bosqich talabasi.
Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining bayrami sifatida nishonlanadi. El sogʻligʻini saqlashdek sharafli kasbda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Rustam Xidirboyev kabi fidoyi shifokorlarga kasb bayramlari qutlugʻ boʻlsin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026