YuRTIMIZDA XOTIN-QIZLARNING JAMIYaTDAGI ÖRNI TOBORA MUSTAHKAMLANMOQDA
Xotin-qizlarning jamiyatda va oilada tutgan örnini mustahkamlaş, ijtimoiy faolligini oşiriş, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş maqsadida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 18-fevral sanasida imzolagan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bu boradagi işlarni olib borişda muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 30-sentyabr kuni tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimida uşbu farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, oila va xotin-qizlar bilan işlaş iş hujjatlarining, jumladan, “Ayollar daftari”ning yuritilişiga bağişlangan seminar bölib ötdi. Seminarni tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova olib bordi. Unda tumandagi fuqarolar yiğinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar böyiça örinbosarlari iştirok etdilar. Iştirokçilarga iş hujjatlarining yuritilişi hamda tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularga har tomonlama kömak beriş borasida tavsiyalar berildi.

Şuningdek, seminar davomida tumanimizdagi 663 nafar ijtimoiy kömakka muhtoj xotin-qizlar “Ayollar röyxati”ga kiritilganligi, şundan 163 nafari 1-sektor hududiga, 238 nafari 2-sektor, 165 nafari 3-sektor, 97 nafari esa 4-sektor hududiga töğri kelişi haqida maʼlumot berildi. Röyxatga kiritilgan ayollarning 88 nafari kam taʼminlanganligi, 336 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj bölganligi, 111 nafari boquvçisi bölmaganligi, 78 nafari ajraşgan ayollar, 26 nafari yolğiz onalar, 4 nafari nogironligi bölgan, 16 nafari nogiron farzandini tarbiyalayotgan, 4 nafarini notinç oilalardagi ayollar taşkil qilişi haqida aytib ötildi. Joriy yilning şu davrigaça “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 331 nafarining bandligi taʼminlanganligi maʼlum qilindi.
Seminarda taʼkidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlarni, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining joylardagi bölinmalarida işsiz, kam taʼminlangan va boquvçisini yöqotgan xotin-qizlarning alohida “Ayollar röyxat”lari şakllantirilib, röyxatga kiritilgan ayollarning bandligini taʼminlaş borasida salmoqli işlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va ularning jamiyatdagi örnini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlardan biri sifatida Oliy taʼlim muassasalariga kirişda qizlar uçun ajratilayotgan örinlarning köpaytirilganligi, qolaversa, tavsiyanoma asosida imtiyozli ravişda OTMlarga qabul qilinayotganligi ham yaqqol misol böla oladi.

Xususan, tumanimizdagi Örta qalʼa ovulida yaşovçi Diyora Törabayeva tavsiyanoma asosida berilgan imtiyoz böyiça 170,1 ball bilan Nukus Davlat Pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti, ingliz tili yönalişiga qabul qilindi. Şuningdek, Durunki mahallasida yaşovçi Barno Qadamboyeva ham tavsiyanoma asosida berilgan imtiyoz böyiça 173,4 ball töplab, Qoraqalpoq Davlat Universitetining matematika yönalişida öqiş baxtiga muyassar böldi. Endilikda Diyora va Barno özlari tanlagan uşbu oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida öqişadi.

Tumanda joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanoma oliş maqsadida 184 nafar xotin-qiz tomonidan murojaatlar qabul qilinib, tegişli hujjatlar topşirildi. Bu böyiça taşkil qilingan işçi guruh tomonidan mazkur hujjatlar batafsil örganib çiqildi. Örganiş natijasida 90 nafar xotin-qizlarning belgilangan mezonlarga töla mos kelişi aniqlandi va bu böyiça xulosalar tayyorlandi. Şundan söng, uşbu xulosalarga köra tayyorlangan röyxat Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga taqdim qilindi hamda tumanimizdagi 90 nafar xotin-qizlarga oşkoralik, adolatlilik, şaffoflik tamoyillariga asoslangan holda tavsiyanomalar berildi.
Çaros ARSLONOVA, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶