15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 12:13
Adabiyot 👁 230

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Gina

(hazil)

Bolalikda biroz qobil, shoʻx edim,

Urishsam, akam bor – koʻngil toʻq edim,

Biroq erka,tantiq safda yoʻq edim -

Onam menga aylanayin demabdi ...

 

Kelsam loyga botib,yoqam yirtilib,

Qargʻamabdi qaro yerga bir qilib,

Faqat boshqalarday ming bir oʻrgilib,

Onam menga aylanayin demabdi...

 

Olib oyogʻimga kirgan tikonni,

Qaymoqqa ivitib berardi nonni,

Singillarim fido qilar-u jonni,

Onam menga aylanayin demabdi...

 

“Tengqurlaring chaqib kelma, tayoq yeb,

Yigʻlamaydi yigit degan, bolam”, deb,

Bola orasiga tushmak koʻrmay ep,

Onam menga aylanayin demabdi...

 

“Qattiq qogʻoz” oldi! – maqtanar otam,

Qoʻshnilarga joʻshar misoli Hotam,

Jilmayib, termulib boqib tursa ham,

Onam menga aylanayin demabdi...

 

Debdi kelinlarga: ”Chalpak qil shirin,

Tomboshda qovundan zoʻrin tushiring,

Bolam bugun uyda – goʻmma pishiring!”

Onam menga aylanayin demabdi...

 

Boshimga ish tushsa, sinib, mungʻaydi,

Tepamda shomlarni tongga ulaydi:

“Qoʻy, erkak yigʻlasa, osmon qulaydi!”

Oʻshanda ham aylanayin demabdi...

 

Baʼzan aytib qolar, emishman “aʼlo!”

Bilgan yo Hadisning mazmunin illo:

“Ollohga yaqinroq botiniy duo”.

Onam menga aylanayin demabdi...

 

Oqtiq, chovliq shovqin solar bebosh-da,

Tilda shukur, duo, koʻpchik – yonboshda,

Toʻqsonga kirdilar, men yetmish yoshda,

Hamon menga aylanayin demaydi...

T.Abdullayev.

Oʻquvchilarimga

Birinchi qoʻngʻiroq birinchi sinf,

Jajji bolajonlar koʻzlari oʻtli.

Birisi shoʻx – shaddod, birisi oʻychan,

Sizni sogʻinaman bolajonlarim.

 

Har biri bir dunyo, bir olam erur,

Orzu-umidlari dunyolarga teng.

“Bola” deb qaramang aslo, doʻstginam,

Suhbatin olsangiz kattalarga teng.

 

Savollar beradi, javobin olib,

Koʻzlari porlashin koʻrsangiz edi.

Salgina maqtovdan dillari yonib,

Quvonchdan chehrasi ketar yorishib.

 

Mana toʻrt yil oʻtib ketdi bir zumda,

Quvonchli tashvishlar ila quvlashib.

Oxirgi qoʻngʻiroq jaranglar tinmay,

Xayr, jajji doʻstlar – bolajonlarim...

Goʻzalxon SAPARBOYeVA,

13-sonli maktab oʻqituvchisi.

Ustozlar

Hurmatim cheksizdir siz ustozlarga,

Oq-qorani tanitgan qalbi ummonlarga.

Sabringiz oʻylasam oʻylarim yetmas,

Aqlingiz maqtasam soʻzlarim bitmas.

 

Maqsadi ushalsin oppoq qalblarning,

Quvonchga burkansin shahlo koʻzlaring.

Qalbiga tuygandi shirin xayollar,

Jonini bergandi oʻsha ustozlar.

 

Hayotda yoʻl topsin deb yelib-yugurgan,

Shogirdin Vatanga mehrli qilgan.

Dunyoni yoritgan misli oftoblarga,

Hurmatim cheksizdir, siz ustozlarga.

Surayyo Oʻrozimbetova, Ajiniyoz nomidagi NDPI 4-bosqich talabasi.

Ustozlarga

Bilim olish kelajakka ustundir,

Bilimli xalq istiqboli oydindir.

Ustozlarim, doim omon boʻlingiz,

Mehringizdan olam bagʻri butundir.

 

Biz maktabni jonday aziz bilamiz,

Aʼlo oʻqib, bagʻrida shod kulamiz.

Ustozlar sizlarga qilamiz taʼzim,

Biz ulgʻayib, yurtga xizmat qilamiz.

Tursunoy JIYaNBOYeVA,

27-sonli maktab oʻquvchisi.

Iftixor

Atrof goʻzal juda ham,

Xalqimiz yashar xurram.

Quvonchga toʻla har dam,

Shunday yurtda yashayman!

 

Sarhadlari mustahkam,

Dillarda yoʻq aslo gʻam.

Hech kimdan emasmiz kam –

Shunday yurtda yashayman.

 

Oʻzbekiston – Vatanim.

Erkin qadam tashlayman.

Senga fido jon tanim,

Faqat sen-chun yashayman!

Rayhon Tojiboyeva, 50-sonli maktab oʻquvchisi.

MAJNUNTOL

Ariqchamning chetida,

Maʼyus turar majnuntol.

Suv ichadi shoxlari,

Silab ariq boshini.

 

Ariq joʻshib oqadi,

Unga maʼyus boqadi.

Sira ochmas yuzini,

Koʻrsatmaydi koʻzini.

 

Boshin koʻkka choʻzmaydi,

Taʼzim kanda qilmaydi.

Majnuntolim, Majnuntol,

Turishlaring maʼyus hol.

Kumushoy YOʻLDOShEVA, 46-sonli maktab oʻquvchisi.

USTOZLAR OMON BOʻLSIN!

Yoshi yetmishdan oshdi,

Hali ham oʻqiyapti.

Kitobning ahamiyatin,

Juda koʻp soʻzlayapti.

 

Soʻzlar durdir, soʻz-sehr,

Qudratlidir uqqanga.

Yaxshi gap jon ozigʻi,

Deydi bizni koʻrganda.

 

Toʻgʻri yoʻldan yurganlar,

Yetgaylar murodiga.

Afsus-nadomat bilmas,

Ushbu qisqa  hayotda.

 

Ustoz soʻzi aʼlodir,

Oʻgiti dilimizda.

Yaxshilik zoʻr ibratdir,

Yashaydi qalbimizda.

Z.AHMEDOVA.

USTOZ

Yetaklaydi tutsang qoʻlidan,

Oʻrgatadi yursang yoʻlidan.

Kam koʻrmaydi qiz-u oʻgʻlidan,

Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!

 

Uchqun boʻlsang alanga qilar,

Hayotingni gullarga burkar.

Aqling charxlar va dono qilar,

Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!

 

Otadayin berar tarbiya,

Yuragingda uygʻotar gʻoya.

Oʻrgatadi sheʼr-u madhiya,

Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!

Shokir HAYIT,

 12-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026