ILĞOR TERIMÇILAR RAĞBATLANTIRILMOQDA
Yurtimizda joriy yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi ham qizğin tarzda davom etmoqda. Paxta yiğim-terimida fermerlarga yaqindan kömaklaşayotgan terimçilar uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan bölib, ularni rağbatlantirib borişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Paxta dalalarida “oq oltin”ni terişda eng yuqori körsatkiçga erişgan ilğor terimçilar aniqlanib, tegişli mutasaddilar, fermer xöjaliklari tomonidan munosib rağbatlantirilib, qimmatbaho sovğalar topşirilmoqda.
Tumanimizda ham paxta yiğim-terimida faol iştirok etayotgan terimçilarni rağbatlantiriş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga masʼullar tomonidan terimçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, terim haqlarining tölanişi, majburiy mehnatga jalb etmaslik kabilar holati örganilib, tegişli çoralar körilmoqda.
Har yili paxta-terim mavsumida bölgani kabi bu yil ham tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği boşçiligidagi bölim şaxsiy tarkibi hamda joriy yilgi safarbarlik rezervi xizmatiga olingan fuqarolar tumandagi fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimiga kömak berişmoqda. Dalalarda terimçilar bilan birgalikda terim surʼatini oşirib, “oq oltin” xirmonining yuksalişiga öz hissalarini qöşişmoqda.
Tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Azizbek Januzakov ham Begzod Kamolov rahbarligidagi “Jayhun-Çoyköl” fermer xöjaligi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimçilar bilan uçraşib, dildan suhbatlaşdi. Bölim boşliği terimçilar bilan yurtimizdagi paxta yiğim-terimi jarayoni, terimçilarga paxta dalasida yaratilgan şart-şaroitlar, ularga terim pullarining öz vaqtida berilayotgani, muammo va kamçiliklar xususida suhbatlaşdi. Şundan söng, uyuşmagan aholi orasidan terim jarayonlarida faol iştirok etib, boşqalarga namuna körsatayotgan 6 nafar terimçilarga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovğalar ulaşildi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, mamlakatimizda bu yilgi paxta yiğim-terimiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada Vazirlar Mahkamasining «2020-yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan qölda terilgan har bir kilogramm paxta xomaşyosi uçun birinçi terimda - 1 000 sömdan, ikkinçi terimda - 1 400 sömdan kam bölmagan miqdorda mehnat haqi tölanişi belgilab berildi.
Şuningdek, uşbu hujjatga köra paxta teriş maşinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomaşyosi uçun 920 000 sömdan kam bölmagan xizmat haqi tölaş belgilanib, paxta xomaşyosi uçun mehnat va xizmat haqi har beş kunda, zarurat bölganda, har kuni tölaş tavsiya etildi.
Qolaversa, hukumat qarorida körsatilganidek, işsiz hamda vaqtinçalik band bölmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy işga qabul qiliş böyiça fuqarolik-huquqiy şartnomalar tuzilib, terim otryadlari rahbarlariga paxta xomaşyosi yiğim-terimi yakuniga qadar 2 million sömdan kam bölmagan miqdorda mehnat haqi tölanadi. Uşbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Terimçilarga iş haqlarini öz vaqtida beriş, ularni qöşimça rağbatlantiriş mehnat surʼati oşişini taʼminlaydi. Sovğalarga ega bölgan terimçilar ham özlariga körsatilgan eʼtibordan juda xursand böldilar hamda tuman Mudofaa işlari bölimi boşliğiga minnatdorçilik bildirdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶