Deputatlarning xalq bilan muloqoti: ijtimoiy muammolar hal qilinib, ilğor terimçilar rağbatlantirildi
Qoraqalpoğiston Respublikasida ayni kunlarda Jöqorği Kenges va xalq deputatlari mahalliy kengaşlar deputatlari joylarda saylovçilar bilan uçraşib, 2025-yilning 3-çoragi davomida amalga oşirgan deputatlik faoliyati haqida aholiga hisobot bermoqdalar.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining bir guruh deputatlari tomonidan ham Amudaryo tumanida şu kabi muloqotlar ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ilhom Polvonov, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari Madamin Kazakov, Yaxşimurod Ahmedov va Uluğbek Abdurahmonovlar dastlab Döstlik mahallasida saylovçilari bilan uçraşdilar. Deputatlar öz nutqlarida Qoraqalpoğistonda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar va ularning bugungi kunda xalqimiz hayotida tub özgarişlarga sabab bölayotgani haqida töxtalib ötdilar. Ayniqsa, Prezidentimizning Qoraqalpoğiston uçun alohida qabul qilayotgan farmon va qarorlari hudud aholisining turmuş sifatini yanada oşiriş, şahar va qişloqlar, ovul va mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş, bir söz bilan aytganda, xalq farovonligini taʼminlaşda muhim omil bölayotganini qayd qildilar.
Uçraşuvda mahalla aholisi bolalarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab oliş, yöllar infratuzilmasini yaxşilaş kabi dolzarb masalalar böyiça deputatlarga murojaat qildilar. Murojaatlar örganilib, uşbu masalalar böyiça tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovi yuborilişi maʼlum qilindi.
Arna böyi mahallasi hududidagi 57-sonli maktab binosida ham saylovçilar bilan muloqot bölib ötdi. Uçraşuvda deputatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan 2025-yilning ötgan töqqiz oyi davomida amalga oşirilgan işlar haqida saylovçilarga hisobot berdilar.
Qayd qilinganidek, mahalliy Kengaşlar tomonidan hududlarni har tomonlama rivojlantiriş, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi muammolarni hal qiliş, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda aholi bandligini taʼminlaş yönalişlarida qator qarorlar qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.
Uçraşuvda kötarilgan tabiiy gaz va içimlik suvi taʼminoti bilan boğliq muammolar joyida hal etildi. Deputatlar hududiy gaz taʼminoti taşkiloti va tuman suv taʼminoti korxonasi rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilib, muammolarga zudlik bilan yeçim topilişini taʼminladilar. Bu mahalliy aholining muammolariga eʼtiborning ifodasi va adolat tamoyilining amaldagi namoyonidir.
Uçraşuvlarning navbatdagi manzili paxta dalalari böldi. ÖzLiDePning bir guruh deputatlari paxta yiğim-terimida faol iştirok etayotgan terimçilar holidan xabar oliş va ularni rağbatlantiriş, şuningdek, fermerlar bilan uçraşib, ularning murojaatlarini örganiş maqsadida dalalarda böldilar.
Deputatlar dastlab Amudaryo tumanining Arna böyi mahallasi hududidagi "Ismoilov Eldorbek" fermer xöjaligi dalasida böldilar. Uşbu xöjalik paxtakorlari erta bahorda 49 gektar yerga çigit ekib, şu kungaça gektaridan 50 tsentnerdan ortiq hosil olgani, dalalarda hali ham "oq oltin" hosili möl ekani qişloq xöjaligidagi islohotlar natijasi ekani qayd etildi.
Dala boşida terimçilar bilan uçraşuvda sözga çiqqan deputatlar, mamlakatimizda qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida alohida töxtalib ötdilar. Qayd qilinganidek, sönggi yillarda Özbekistondagi qişloq xöjaligidagi islohotlar tufayli sohada katta özgarişlar röy berdi. Xususan, paxta va ğalla yetiştirişda davlat buyurtmasining bekor qilinişi, yerning haqiqiy egasiga – fermerga mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyati berilişi, klaster tizimining joriy etilişi mahsulot yetiştiriş hajmi va sifatini oşirdi. Subsidiyalar beriş va irrigatsiya tizimlarini yaxşilaşga qaratilgan çoralar esa qişloq xöjaligi samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Uçraşuv yakunida ilğor terimçilarga deputatlar tomonidan sovğalar topşirildi. Qolaversa, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi raisi Uluğbek Abdurahmonov Özbekiston Kasaba uyuşmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan alohida sovğalar taqdim etdi.
Tuman Madaniyat bölimining xuşovoz xonandalari ijrosidagi şöx kuy-qöşiqlar paxtakorlarning tuşlik paytida madaniy hordiq çiqarişlariga va maroqli dam olişlariga imkon yaratdi.
Şuningdek, deputat Ilhom Polvonov öz saylov okrugi hududidagi "Raximboyev Azizbek" fermer xöjaligi dalalarida ham bölib, terimçilar holidan xabar oldi va ularni ham sovğalar bilan rağbatlantirdi.
Deputat terimçilar bilan muloqotda paxtani qölda terişning ahamiyatiga alohida urğu berdi. Qölda terilgan paxta yuqori sifatli tolaga ega bölişi va bu terimçilar uçun muhim daromad manbai bölib xizmat qilişi alohida qayd qilindi. Qişloq joylarida yaşovçi oilalar uçun paxta terimi mavsumida olingan daromadlar qöşimça moddiy kömak bölib, ularning farovonligini oşirişga xizmat qilişi, bu esa öz navbatida, işsizlikni qisqartiriş va aholining turmuş darajasini oşirişga xizmat qiluvçi muhim omil ekani taʼkidlandi.
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadi – tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, fermer xöjaliklariga har tomonlama qulay şaroit yaratiş orqali xalqimiz farovonligini taʼmindir. Bu kabi uçraşuvlar esa deputatlarning saylovçilar bilan doimiy aloqada bölişi, ularning muammolarini tezkor hal etişi va öz faoliyati yuzasidan hisobdorligini taʼminlaşi bilan ahamiyatlidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶