12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:28
Qişloq xöjaligi 👁 473

Amudaryolik ilğor fermerlar mehnati samarasi hosildor dalalarda namoyon

Amudaryolik ilğor fermerlar mehnati samarasi hosildor dalalarda namoyon

Bugun yurtimizda qişloq xöjaligi sohasida tub özgarişlar, yangilanişlar, modernizatsiya jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Prezidentimiz taşabbuslari bilan yaratilayotgan keng kölamli imkoniyatlar esa tom maʼnoda mehnatkaş dehqon va fermerlar faoliyatida özining ijobiy samarasini bermoqda. Amudaryo tumanida ham bu islohotlar amalda öz aksini topmoqda. Ayniqsa, tumandagi ilğor fermer xöjaliklarining izçil harakati, innovatsiyalarga asoslangan yondaşuvlari tumanda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlamoqda.

Namuna mahallasida joylaşgan “Murodbek Zebo” fermer xöjaligi bugungi kunda nafaqat Amudaryo tumani, balki butun viloyat böyiça eng namunali xöjaliklardan biri sifatida tanilgan. 2015-yilda asos solingan uşbu xöjalik rahbari Mansur Eşçanov özining fidokorona mehnati, puxta bilim va tajribasi, eng muhimi, davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanişi orqali yuksak natijalarga erişib kelmoqda.

Fermer xöjaligi tasarrufidagi 65 gektar ekin maydonining bugungi kundagi holati har qanday eʼtirofga loyiq. 2025-yilgi mavsum uçun bu yerlarning 35 gektariga paxta, 11 gektariga esa ğalla ekilgan. Qiziği şundaki, agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda, zamonaviy usullarda amalga oşirilganligi sababli, hosildorlik ham yuqori darajada taʼminlanmoqda. Jumladan, ğalla maydonlaridan 70-80 tsentnergaça hosil olinişi bu sohadagi fidokorlik va öz işiga sadoqatli yondaşuv natijasidir.

Ahamiyatlisi şundaki, joriy yil boşida imzolangan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholining farovon turmuşini taʼminlaş borasidagi 10-sonli Farmoni asosida xöjalikka qöşimça 23 gektar yer maydoni ajratildi. Bu yerda mevali boğlar barpo etiş, yirik hajmdagi muzlatkiç quriş, mahsulotlarni eksport holatida saqlaş infratuzilmasini yaratiş rejalaştirilgan. Yer maydoni 49-yil muddatga ijaraga berilişi esa uzoq muddatli va barqaror rivojlaniş kafolatidir. Bugun mazkur yerda 250 kilovattli quyoş panellari örnatilmoqda. Bu esa fermer xöjaligining nafaqat hosildorlikka, balki “yaşil energiya” taşabbusiga asoslangan zamonaviy texnologiyalarga ham alohida eʼtibor qaratayotganini körsatadi.

Toş yop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” fermer xöjaligi esa tumandagi eng yirik va tajribali xöjaliklardan biri hisoblanadi. Xöjalik rahbari     Ilhomjon Polvonov nafaqat fermer, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Amudaryo tumani Fermerlar Kengaşi raisi sifatida uzoq yillardan beri tumanning agrar taraqqiyotida faol iştirok etib kelmoqda. Uning rahbarligidagi xöjalikda 110 gektar ekin maydoni mavjud bölib, unda paxta, ğalla, dukkakli ekinlar, şuningdek, mevali daraxtlar yetiştirilmoqda.

Uşbu xöjalikda ham davlatimizning agrar sohadagi siyosati doirasida ajratilayotgan imkoniyatlar samarali qöllanilmoqda. Ayniqsa, 10 dan ortiq paxta navlarini parvariş qiliş orqali har bir iqlim va tuproq şaroitiga mos navni topişga, eng yuqori hosildorlikni taʼminlaşga erişilmoqda. Bundan taşqari, ğalla yiğib olinganidan söng böşagan yer maydonlariga moş ekilib, ikki karra hosildorlik tizimi yölga qöyilgan. Bu esa fermerning yerga bölgan mehri, har qariç zaminga baraka keltiriş maqsadini yaqqol namoyon etadi.

Qayd etiş joizki, joriy yil boşida imzolangan muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholining farovon turmuşini taʼminlaş borasidagi yana bir alohida muhim farmoni bilan qişloq xöjaligi sohada ham qator yangi imkoniyatlar belgilab berildi. Xususan, uşbu farmon bilan 2025-2026-yillar davomida qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş tartibi yengillaştiriladi, yaʼni, muddatini keyinçalik uzaytiriş imkoniyati bilan ijara muddati 30-yildan 49-yilga uzaytirildi, 35 ming gektar böş turgan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari elektron onlayn auktsion savdolariga çiqariladi.

Şuningdek, elektron onlayn auktsion savdolarida yer uçastkasining boşlanğiç narxi yer uçastkasi normativ qiymatining 20 foizi miqdorida, qayta foydalanişga kiritiladigan yer uçastkalarining boşlanğiç narxi normativ qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi, yer uçastkasi narxini 10-yil davomida bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi.

Qolaversa, uşbu farmon bilan ijaraga beriladigan yer uçastkalari çetlarida, 20 sotixgaça ölçamda mulk huquqisiz yengil konstruktsiyali muzlatkiçli omborxonalar, saralaş, qayta işlaş va qadoqlaş obʼektlari, suv tejovçi texnologiyalar, suv saqlaş hovuzlari, dala şiyponlari va texnika parklarini qurişga ruxsat berildi.

Taʼkidlaş joizki, bugun uşbu imkoniyatlardan foydalangan yurtimiz dehqoni va fermeri öz mehnati, fidoyiligi va zamonaviy yondaşuvi bilan yurt taraqqiyotiga, milliy iqtisodiyotimizning mustahkam poydevoriga aylanmoqda.

Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026