AMUDARYoDA ÇIM USTIDAGI XOKKEY RIVOJLANTIRILADI
Yoş avlod egalarining jismonan soğlom va barkamol bölib yetişişlarida sport hamda jismoniy tarbiya bilan şuğullanişlari muhim ahamiyat kasb etadi. Şu boisdan ham yurtimizda sportga bölgan eʼtibor tobora kuçaytirilmoqda. Sportning barça turlari qatorida çim ustida xokkey öyinini ham yanada rivojlantiriş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
19-sentyabr kuni tumanimiz yoşlarining çim ustida xokkey sportiga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, ularga uşbu sport turi töğrisida qiziqarli maʼlumotlar beriş hamda yoşlar orasida keng tarğib qiliş maqsadida çim ustida xokkey sport turi ustalari bilan yoşlar uçraşuvi bölib ötdi. Amudaryo tumanida çim ustida xokkey sportini keng rivojlantiriş maqsadida xalqaro sport ustasi Xvan Igor Anatoliyeviç boşçiligidagi bir guruh sport ustalari tumanimizga taşrif buyurdilar. Uçraşuv Qiliçboy ovuli hududidagi yoş tadbirkor Jasurbek Matkarimov taşabbusi bilan qurilgan sunʼiy qoplamali sport maydonçasida taşkil qilindi. Sport ustalari yoşlarga çim ustida xokkey sport turining kelib çiqiş tarixi, öyinning dunyo hamda yurtimiz sporti hayotida tutgan örni, uni öynaş tartib-qoidalari xususida qiziqarli maʼlumotlar berdilar. Şundan söng, tuman yoşlaridan tuzilgan jamoalar örtasida çim ustida xokkey öyini musobaqasi taşkil qilindi.
Aytiş kerakki, bu kabi uçraşuvlar tuman yoşlarining çim ustida xokkey sportiga bölgan qiziqişlarining oşişiga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶