FARZANDINGIZNI VIRUSLI GEPATIT “A” KASALLIGIGA QARŞI EMLATDINGIZMI?
Aholi orasida “sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit “A” kasalligi jigarning jarohatlanişi bilan keçadigan yuqumli kasallikdir.
Kasallik asosan kasallikka çalingan bemorlardan, qöllarni sovunlab yuvmaganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilganda, suvni qaynatmay içganda, isteʼmolga tayyor oziq-ovqat maxsulotlarga paşşalarning ötirişi oqibatida yuqadi.
Kasallikning oldini olişda eng samarali himoya vositasi bu – emlaşdir. Köpçilikda: “gepatit A ga qarşi emlaş majburiymi ?” degan savol tuğilişi mumkin. Şuni aytib ötişimiz mumkinki, bunga majburlovçi qarorning özi yöq. Lekin gepatit “A”ga qarşi emlaş juda muhim. Çunki gepatit “A” jigar töqimalarining jarohatlanişi bilan boğliq kasallikdir.
Şu bois, sariq kasalligiga çalingan bolalarda uzoq muddat jismoniy harakatdan çeklaniş, parhezga rioya qiliş, jigar faoliyatini qayta tiklaş uçun köplab dori vositalarini qabul qiliş, bemor töliq tuzalgunça alohida eʼtibor hamda parvariş talab etiladi. Natijada, oila aʼzolari bundan moddiy va maʼnaviy zarar köradi. Ana şunday holatlarning yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida birinçi galda soğlom turmuş tarziga amal qiliş, şaxsiy gigiyena vositalaridan madaniyatli tarzda foydalaniş juda muhim.
Şuni alohida aytib ötiş kerakki, boğça yoşidagi bolalar va 1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar gepatit “A” kasalligiga qarşi töliq emlaşdan ötkazilişi va qabul jarayonida esa har ehtimolga qarşi emlangan bolani qabul qiliş tavsiya etiladi.
Nargiza Sobirova, tuman Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik markazi immunolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶