22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:34
Siyosat 👁 273

SUD MAJLISIDA PROBATsIYa HISOBIDAGI 5 NAFAR MAHKUMGA DOIR ISh MUHOKAMA QILINDI

SUD MAJLISIDA PROBATsIYa HISOBIDAGI 5 NAFAR MAHKUMGA DOIR ISh MUHOKAMA QILINDI

Probatsiya boʻlinmalari ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etish boʻyicha faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etadi. Shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshiradi.

Nazorat ostidagilarning qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ham muntazam ravishda profilaktik chora-tadbirlar koʻriladi. Shu qatori sudlarga taqdimnomalar kiritish orqali munosib xulq-atvorda boʻlgan va tegishli tartib-qoidaga rioya etgan mahkumlarning muddatidan ilgari jazodan ozod etilishiga koʻmaklashiladi.

Sohada ijobiy samara koʻrsatayotgan bu kabi insonparvarlik tamoyillariga, tegishli tartib-qoidalarga tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi va Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan ham doimiy tarzda amal qilinib borilmoqda.

Shu yilning 11-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Yormuhammedov hamda tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabborberganovlar qatnashishdi.

Sud majlisida tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 3 ta taqdimnoma koʻrib chiqildi. Taqdimnomalarga asosan muqaddam Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining oʻtgan yilgi hukmi boʻyicha, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish jinoyatini sodir qilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismiga koʻra 3-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1 nafar, muqaddam, yaʼni 2015-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Shumanoy tuman sudi tomonidan davlat mulkini talon –taroj qilish jinoyatini sodir qilganligi uchun Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 3-yil muddatga 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan 1 nafar, muqaddam Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudining oʻtgan yilgi hukmi boʻyicha qasddan badanga yengil tan jarohatini yetkazish jinoyatini sodir qilganligi tufayli Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan 1-yil muddatga 10 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan yana 1 nafar mahkumga doir ish koʻrilib, keng muhokama qilindi.

Sud ishi yakunida ularning oʻrnatilgan tartib-qoidalar talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi eʼtiborga olinib, oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

14-avgust ochiq sayyor sud majlisi yana davom ettirildi va tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 2 ta taqdimnoma koʻrib chiqildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Yormuhammedov hamda tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabborberganovlar qatnashishdi.

Sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining oʻtgan yilgi hukmi boʻyicha, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish jinoyatini sodir qilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi bilan 3-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan 2 nafar fuqaroga doir ish koʻrib chiqildi.

Oʻtgan davr mobaynida ushbu mahkumlarning ham oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilganligi, munosib xulq-atvorda boʻlganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi eʼtiborga olindi. Sud ishi yakunida ular ham oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Bu saʼy-harakatlar olijanob xalqimizning mehr-oqibatliligi, har doim ezgulikka moyilligi, davlatmizning fuqarolarga gʻamxoʻrligi namunasidir. Endilikda ular odamlar orasida yuksak ishonchni oqlash barobarida shu ozod va obod yurtga daxldorlik tuygʻusini namoyon etib yashashsa, jamiyatda munosib oʻrnini topib, yurtimiz ravnaqi yoʻlida hamisha halol mehnat qilishga intilishsa maqsadga muvofiq boʻladi.

S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026