Sportçi qizlarga – Prezident sovğalari
Bugungi obod va faravon hayotimiz, Özbekistonimizning jahon maydonida munosib obrö topişida eng asosiy omil - bu ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan soğlom, heç kimdan kam bölmasdan, boşini baland kötarib yaşaydigan barkamol avlodimizdir.
Soğlom bolaning dunyoga kelişi, baquvvat bölib ösib-ulğayişi köpgina talab va omillarga boğliq. Ular orasida şunday öta muhim, hal qiluvçi mezon borki, u ham bölsa bolaning jismonan soğlomligidir. Jismoniy jihatdan soğlomlikka esa sport bilan şuğullanmasdan erişiş mumkin emas. Şuni hisobga olgan holda mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boşlab sportni, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirişga alohida ğamxörlik körsatilayotgani qizlarimizning soğlom bölib ulğayişi va kelgusida barkamol avlod dunyoga kelişining kafolatidir.
Bir neça yildan beri mamlakatimizning barça şahar va tumanlarida sport bilan şuğullanayotgan umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan öquvçi-qizlariga Prezident sovğalari – sport kiyimlari topşirilayotgani ham ana şunday ğamxörlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir.
Bu yil ham bu ezga iş davom ettirilib, tumanimizdagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 1059 nafar qizlarimizga muhtaram Prezidentimizning sovğasi - sport kiyimlari tantanali ravişda topşirildi.
5-may kuni Amudaryo akademik litseyining tennis kortida şu masalaga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirda tuman hokimining birinçi örinbosari F.Sadullayev, 28-sonli maktabning sport murabbiysi G. Qalandarova, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Yu.Tursunboyevalar sözga çiqib, yuksak eʼtibor uçun Prezidentimizga minnatdorçilik bildirdilar.
Tantanali
tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri Qurol Berdiyev iştirok
etdi.
Tadbir söngida sanʼatkorlar tomonidan kontsert dasturi namoyiş qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶