15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 22:14
Adabiyot 👁 375

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Mushohada

Ey samo,quchogʻing buncha bepoyon,

Faqat oʻzing sening oʻzingga tengdir.

Kelganimdan beri yorugʻ dunyoga,

Qancha xayollarim bagʻringga singdi.

Ey shamol, shiddating goh sekin, goh tez.

Boʻlmas deb ishonsam qancha oʻchirib,

Ne-ne orzularim roʻyobin kutsam,

Barini birma-bir ketding uchirib.

Oqar suv, sir ochmas sodiq doʻst kabi,

Tushlarim qalbimdan chiqqanda sizib,

Tinglading, taʼbirin shildirab aytib,

Anglashga ulgurmay ketding oqizib.

Ey fursat, boshing ham, oxiring ham yoʻq,

Qaysi bir nuqtada sarsonman oʻzim.

Shu qisqa muddatda hayot mazmunin,

Bilmoqqa baʼzida yetmaydi koʻzim.

Kimgadir sirman, kim menga sinoat,

Oʻzi qoʻygan ekan shunday boʻldirib.

Bariga qoʻl silkdim hamda qalbimni,

Yana orzularga qoʻydim toʻldirib...

A.Nafasov.

Sen otangni hurmat qilgin, ey farzand

Soʻzlaring kelganda otangga malol,

Koʻz yoshlarin yashirgandir necha bor.

Unga qilganmisan hech bir eʼtibor,

Sen otangni hurmat qilgin, ey farzand.

Bemor boʻlib isitmasi chiqadi goh-goh,

Muammolar girdobi yiqitar, e voh.

Otang qariyapti farishtaday, begunoh

Sen otangni hurmat qilgin, ey farzand.

Sajdalar qilgin, otajoning boshiga,

Sen ham yetgaysan padaring yoshiga.

Uzr soʻra, bor, borgin uning qoshiga,

Sen otangni hurmat qilgin, ey farzand.

Kimlar oldida sargʻaygan u, soʻlgan,

Tirik boʻla turib ming bora oʻlgan.

Umidi, suyangani faqat sen boʻlgan,

Sen otangni hurmat qilgin, ey farzand.

Erkinboy YuSUPOV,

13-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

XALQPARVARLIK

Virus degan balo keldi uzoq-uzoq ellardan,

Birlashib, mardonavor oʻtamiz bu kunlardan.

Prezident xalqim, deya necha olis yurtlardan

Olib keldi Vatanga asrab xalqin balodan.

Tuzalmoqda asta-sekin virus yuqqan bemorlar,

Tun-u kun tikka turib kuzatar shifokorlar.

Duoda ular uchun butun bir xalq, bobolar,

Oromda va eʼzozda ulgʻaymoqda bolalar.

Sabohat ALIMOVA,

44-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

Bizning xalqqa yarashmaydi

Doʻstingizga yaxshi tilak tilab yuring,

Doʻstingizga doim dildan yaqin boʻling,

Yaxshi kunda, yomon kunda birdam boʻling,

Bizning xalqqa yomon boʻlish yarashmaydi.

Oʻzimizga doʻst bilamiz rostgoʻylikni,

Odamlarga har on tilab rostgoʻylikni.

Soʻzimizga esh qilamiz rostgoʻylikni,

Bizning xalqqa yolgʻon soʻzlash yarashmaydi.

Egam bergan neʼmatiga shukur qiling,

Umringiz har soatiga shukur qiling,

Sinab bergan qismatiga shukur qiling,

Bizning xalqqa noshukurlik yarashmaydi.

Barno Samandarova,

35-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yoring Boʻlmasa

Hech qayerda qoʻshiq ayta olmassan,

Qoʻlingda serjarang toring boʻlmasa.

Yegan-ichganingning mazasi boʻlmas,

Yoningda sevimli yoring boʻlmasa.

Bor boʻlsa mol-dunyo, boʻlsa davlating,

Chiroyli boʻlsang-u boʻlsa savlating.

Izingdan gap otar, boʻlar gʻiybating,

Sening baxting asrar yoring boʻlmasa.

Seni kutib turmas, oʻtadi kunlar,

Yolgʻizlik komida bedordir tunlar.

Baxtli yashaydi bilmayman kimlar,

Boyliging boʻlsa-yu yoring boʻlmasa.

Aydos IBODULLAYeV.

 

BAYROGʻIMIZ

Bayrogʻimiz hilpirar,

Vatan, degan qalblarda.

Dillarga singib ranglar,

Kuch yigʻilar tanlarda,

Moviy rangi eslatar,

Musaffo osmonimni.

Goʻyo parvoz etadi,

Tinchlik qushi kabutar.

Oppoq rangi albatta,

Tinchlik va baxt timsoli.

Oy, yulduzlar yurakda,

Porlar tinchlik mashʼali.

Qizil, yashil ranglarda,

Aks etar nurli hayot.

Mustahkam qoʻrgʻonlarda,

Ulgʻayar baxtli avlod.

Shahzoda POʻLATBOYeVA, 17-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ustozim

Oʻqish va yozishni,

Oʻrgatib charchamagan.

Hayotdan zavq olishni,

Dilimizga joylagan.

Ustozim, omon boʻling.

Darslaringiz maʼnoli,

Porlab ketar yuzlarim.

Koʻrib cheksiz donolik,

Chaqnab ketar koʻzlarim.

Ustozim, zavqqa toʻling.

Mehribonsiz bizlarga,

Qaygʻurasiz onamday.

Bir sinf oʻgʻil-qizlarga,

Bagʻri toʻla otaday.

Ustozim, omon boʻling!

Ishonchingiz oqlaymiz,

Dilda mehr saqlaymiz.

Mehribon BOLTABOYeVA,

22-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi.

 

Gʻalaba yaqin

Butun dunyo boʻylab vahima solib,

Xitoydan chiqibdi shundayin virus.

Necha ming insonlar jonini olib,

Tarqalib bormoqda koronavirus.

Bu virus oʻchogʻi Xitoydir asli,

Necha ming insonning yedi boshini.

Soʻng AQSh tomonga yoʻlini burib,

Ayab oʻtirmadi keksa, yoshini.

Ovroʻpa xalqlarin bir-bir aylanib,

Yetib keldi oxir Osiyoga ham.

Charchamadi aslo davlatlar kezib,

Hattoki olmadi bir soniya dam.

Sayr-u sayohatni sevarmi shuncha?

Aylanib chiqmoqda butun Yer sharin.

Ey virus, ne uchun kerilding buncha,

– “Mahv etdim, – deya sen, – dunyo xalqlarin”.

Oʻzingcha oʻylaysan, kuchliman, deya,

Shohlar toji boʻlsa, boʻlar boshingda.

Podsho boʻlavermas toj kiygan bari,

Yetar-yey, shunchasi, qaytgin shashtingdan.

Mening Ona xalqim birdam va ahil,

Necha ming sinovlar oʻtgan boshidan.

Bizlarga vahimang hech gapmas. Axir

yovlar oʻtolmagan beklar qoshidan.

Biz birmiz! Virusni birga yengamiz,

Yurtboshi oʻylaydi tun-u kun xalqin.

Xudo xohlasa koʻp toʻylar qilamiz,

Bilginki, bizlarga gʻalaba yaqin!

Zarurat boʻlmasa chiqmaymiz uydan,

Bilamiz! Poylaysan bizni koʻchada.

Kuchlimiz, senga hech boʻlmaymiz tobe,

Sen yonib yuraver alam ichida.

Yuzlarda niqob-u qoʻlda qoʻlqoplar,

Taqib himoyada turamiz doim.

–“Har yarim soatdan qoʻlni sovunlab,

yuvsang virus oʻlar”, – deydilar oyim.

Koʻrdingmi? Hey virus, qochaver bizdan,

Qattiq himoyada turibmiz axir.

Biz seni albatta yengamiz! Bilgin,

Oʻzbegim kuchli xalq, birdam va ahil!

Iroda YeRDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026