Botulizm kasalligi haqida öquvçilarga tuşunçalar berib boriladi
Botulizm – ovqatdan zaharlaniş tufayli yuzaga keladigan va öz vaqtida davolanmasa oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan kasallikdir. Botulizm asosiy sababçisi klostridium botulinum tayoqçalarining vegetativ şakli çaqiradigan oqsillardan iborat neyrotoksin bölib, kislorodsiz şaroitda ösadigan mikroblar oilasiga mansubdir. Botulizm tarqatuvçilari tabiatda keng tarqalgan bölib, çidamli va çidamsiz xillari uçraydi. Sporalari beş soat qaynatilganda ham ölmaydi, taşqi muhitda yillar saqlanişi mumkin. Spora qaçonki, öziga qulay şaroit yaratilsa, qobiqdan çiqadi va rivojlanadi.
Botulizm mikroblari tuproqdan suv, meva, sabzovot, oziq-ovqatlarga ötadi va ulardan konservalar tayyorlaş jarayoniga töliq rioya qilinmaslik sababli uşbu kasallik kelib çiqadi, inson hayotiga xavf soladi. Botulizm mikroblari yopiq konserva bankalarida rivojlanib, kuçli zahar – toksin işlab çiqaradi. Toksin taşqi muhit omillariga, yuqori va past haroratga, yoruğlikka, çayqalişlarga çidamli hisoblanadi. Ularning yana bir xususiyati oşqozon-içak yölida ovqat hazm qiliş fermentlari taʼsirida buzilmaydi va parçalanmaydi. Botulizm zaharlari juda köp kimyoviy zaharlar, hatto, sinil kislotasidan 1000 marotaba kuçli. Faqat konserva zavodi hamda sexlardagi abtoklavda yuqori bosim ostida, 120 gradus haroratda tayyorlangan göşt, baliq, meva-sabzovot mahsulotlari konservalarida mavjud bölgan botulism mikrobining sporasi yöqolib öladi.
Bu xavfli kasallik, uning belgilari, oqibati haqida öquvçilarga juda köp tuşunçalar berib boramiz. Biologiya darslari davomida uşbu mikrobning xususiyatlarini kengroq örgatib, öquvçilarning tasavvurini kengaytirişga harakat qilamiz. Uyda xonaki şaroitda tayyorlangan konserva mahsulotlarini yeyişda juda ehtiyot bölişlarini tavsiya qilamiz.
Zero, har qanday kasallikning oldini oliş, davolaşdan köra samaralidir.
Tursunboyeva Farida, 44-sonli maktabning biologiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶