ĞALLA ÖRIM-YIĞIMIGA BAĞIŞLANGAN KÖRGAZMALI SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Şu yilning 5-iyunida Qipçoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligi buğdoy dalasida 2020-yil hosili uçun ekilgan buğdoy örim-yiğimi boşlanişi va uşbu dolzarb pallalarda yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş borasidagi amalga oşirişi lozim bölgan çora-tadbirlarga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.


Jami 17 gektar buğdoyzorda möl hosil töplaşga erişgan xöjalikda ötkazilgan körgazmali seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Alişer Yoqubov, Respublika Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq xöjaligi böyiça örinbosari Sobir Xöjametov, Respublika ğalla uruğçiligi markazi boşliği Zohid Ziyodullayevlar hamda tumanimiz MMTPlari raislari, fermerlar, agrar soha mutaxassislari, tuman hokimligi qişloq xöjaligi bölimi masʼullari iştirok etdilar.
Körgazmali seminarni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va qişloq xöjaligi xodimlarini yilimizning ğalla örim-yiğimiga kirişilgani bilan qizğin qutladi. Xalqimizning rizqi butun, dasturxoni tökin bölişini tiladi va mavsumni qisqa kunlarda ötkaziş, ğallani öriş, taşiş va saqlaşda nobudgarçiliklarga yöl qöymaslik yuzasidan masʼullarga topşiriqlar berdi.


Maʼlumki, buğdoy-örim yiğimi otryad usulida olib boriladi. Ovuldagi 13 ta ğallaçilik sohasi mavjud fermer xöjaliklarining 163 gektar buğdoyzorlari hosili 2 ta kombayn va 4 ta yuk taşiş maşinasi orqali yiğiştirib oliş rejalaştirilgan. Uşbu texnikalar boşqaruvçilari uçun mavsumda unumli işlaşlariga zarur şaroitlar yaratib beriladi. Iş haqlari öz vaqtida hisob-kitob qilinadi.
Dengizday çayqalib turgan sariq tusdagi buğdoyzorda joriy yilgi ilk ğalla hosilini örib-yiğiş uçun kombaynlar işga tuşdi. Yiğilganlar tumanimiz ğalla xirmoni sarbaland bölişini tilab duoga qöl oçdilar.

Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶