SUĞORIŞ – ĞÖZA PARVARIŞIDA ENG MASʼULIYaTLI JARAYoN
Maʼlumki, ğöza parvarişida eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri bu birinçi suğoriş işlarini meʼyorida, töğri taşkil etişdir. Çunki birinçi suv bilan qondirib suğorilgan ğöza nihollari soğlom va durkun rivojlanadi, gul-ğunçalari bandi mustahkam böladi. Ğözani suğoriş davrida suvdan tejab-tergab, oqilona foydalaniş esa suv yetişmovçiligi bilan boğliq muammolarga çek qöyadi.
Tumanimizda 2020-yilgi ğöza vegetatsiyasi uçun 480 mln. 800 ming kubometr miqdorida suv sarflanişi rejalaştirilgan. Ayni paytda tuman fermer xöjaliklari tasarrufidagi 15250 gektar ğöza paykallarini suğoriş işlarini öz vaqtida, sifatli olib boriş maqsadida 18 ta suğoriş otryadlari taşkil etilib, suğoriş kampaniyasi davrida fermer xöjaliklari tomonidan 2118 nafar suvçilar jalb qilinişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, ğözani suğoriş işlarida fermer xöjaliklariga amaliy yordam körsatiş maqsadida suv xöjaligi taşkilotlaridan 289 nafar, suv isteʼmolçilari uyuşmasidan 20 nafar xodimlar biriktirilgan.
Vegetatsiya jarayonida kunlik suğoriş işlarining borişi monitoring qilib boriladi. Şu maqsadda tumanda va har bir sektor hududida bittadan, jami 5 ta suğoriş ştablari taşkil etilib, şarbat usulida suğorişga alohida eʼtibor qaratiladi. Şuni inobatga olgan holda ğözani şarbat usulida suğoriş uçun har 5 gektar maydonga bittadan, jami 3050 ta şarbat xandaqlari qazilib, tayyorlab qöyilmoqda.
Suğoriş işlarini mutaxassislar qatʼiy nazorat ostida kuzatib borişlariga alohida ahamiyat beriladi. Şuning uçun birinçi suğoriş böyiça suğoriş jadvali işlab çiqilib, barça dalalarda suğoriş işlarini 16-iyun sanasidan boşlaş belgilandi.
Şunisi eʼtiborga molikki, bu yilgi mavsumda paxta ekilgan maydonlarni sifatli suğoriş işlarini taşkil etişda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanişga alohida ahamiyat qaratiladi. Xususan, joriy yilda tumanda 75 gektar maydondagi ğöza paykallarida tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy etilişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, 140 gektar maydondagi ğözalar egiluvçan quvurlar yordamida, 40 gektar ğözani esa egatlariga plyonka töşab suğoriş texnologiyasini joriy etgan holda suğoriş rejalaştirilgan.
Albatta, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, innovatsion loyihalarning barçasi dehqonning mehnatini yengillaştiriş, daromadini oşiriş, buromadini imkoni boriça kamaytirişga erişişdir. Ğözani suğorişdagi tejamkor usullarni qöllaş iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirişini yaxşi anglab yetgan ilğor fermer xöjaliklarida allaqaçon egiluvçan quvurlardan foydalanişga kirişildi. Joriy yilning 1-iyun sanasida Tölqin ovulidagi “Amet Törayev” fermer xöjaligida tumanda birinçi bölib, aynan ana şunday tejamkor texnologiya – egiluvçan quvurlar orqali ğöza paykallariga birinçi suv taraş işlari boşlab yuborildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶