IPAK QURTI BOQIŞ HAM ZAVQLI MEHNAT
Pillaçilik maşaqqatli va köp mehnat talab qiluvçi soha. Biroq uzoq yillar davomida har yili köklamni – ipak qurti boqiş mavsumini soğinib kutadiganlar ham oz emas.
Ha, kun sayin emas, soat sayin ulğayib, pillakorlarning mehnatidan qimmatbaho xom aşyoga aylanadigan ipak qurtlarini parvarişlaşning özgaça zavqi ham bor. Undan keladigan daromad esa oilalar iqtisodi yuksalişiga munosib hissa bölib qöşiladi.
Joriy yilgi ipak qurti boqiş mavsumida Dörman ovul fuqarolar yiğini raisi, taʼlim faxriysi Otamurod Yusupov yiğin binosida öziga xos bir tajribani qölladi: 11 quti ipak qurti olib, boqiş uçun ovuldagi işsiz fuqarolar Rohatoy Abdullayeva, Manzura Ollamova, Husniya Yöldoşeva, Begzod Rajabov, Şohista Yöldoşeva, Umida Ahmedova, Qadamboy Jumatov, Roza Sobirova, Raşid Jumatov, Nilufar Rahimboyeva, Yoqutjon Boltaboyevalarni vaqtinça iş bilan taʼminladi. Hozir ular parvarişlayotgan ipak qurtlari beşinçi yoşining törtinçi kunida, yaxşi rivojlanmoqda.

Ahil jamoa 11 quti ipak qurtidan 600 kilogramm hosil yetiştirişga harakat qilişayapti. Ular uçun barça şaroitlar yaratilgan, yaʼni barg örib keliş uçun transport ajratilib, iş ham yengillaştirilgan. Iş boşida işçilarning barçasi tuşlik, issiq ovqat bilan taʼminlanib, dam olişlariga ham şaroit yaratilgan.
Ovulning 11 nafar fuqarosi ham vaqtinça bölsa-da, iş bilan taʼminlanganidan, ham foydali mehnat qilayotganidan xursand. Mavsum oxirida ular 1-1,5 mln. sömdan oylik olişadi.
Kuyuk köpir ovulida yaşovçi Pariza Örozboyeva köp yillardan beri har yili köklamda ipak qurti parvarişlab, rejadagidan ziyod hosil yetiştirib keladi. Bu yilgi mavsumda u 19 gramm ipak qurtini sifatli parvariş qilmoqda. Bu yil 56 kilogramm aʼlo sifatli pilla yetiştirişni közlayotgan Pariza mavsum boşida 240 000 söm bönak puli oldi. Topşirgan hosili miqdoriga qarab, hali yana yaxşigina daromad olişni közlamoqda. Çunki qaramoğidagi ipak qurtlari yaxşi rivojlanayapti.
Kuyuk köpir ovuli böyiça jami 20 xonadonda 19 quti ipak qurti parvariş qilinmoqda. Reja esa yuksak, har bir quti ipak qurtidan 56 kilogrammdan qimmatbaho xom aşyo yetiştirilişi lozim.
Ovuldagi ipak qurtlari parvarişlanayotgan xonadonlarni közdan keçirsangiz – bir tekis, soğlom rivojlanayotgan ipak qurtlarini körib, köngilingizda bu marra ortiği bilan ado etilişiga işonç uyğonadi.
Bu yilgi mavsumda tumanimiz böyiça 3768 quti ipak qurti parvariş qilinayapti. 208 tonna pilla yetiştiriş rejalaştirilgan. Ipak qurtlarini töyimli ozuqa bilan taʼminlaş uçun har yili tut plantatsiyalari kengaytirilib, yangi tutzorlar barpo etilayapti va yaxşi rivojlanişi uçun agrotexnika qoidalariga muvofiq parvariş qilinayapti.

Pillaçilik serdaromad soha. Qişloq xöjaligining boşqa tarmoqlari kabi bu sohada ham işning sirini puxta biladigan mirişkorlar köp. Tarmoqda amalga oşirilgan islohotlar tufayli pillakorlar xalqimiz farovonligi yölida mehnat qilayotgan qişloq xöjaligi xodimlari qatoridan munosib örin olişmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda eʼtibor tobora kuçaytirilib, pillakorlarning moddiy manfaatdorligi oşirilmoqda. Bu esa vaqtinça işsiz fuqarolarning oilasi bağrida bölib, daromad topişiga imkoniyat yaratmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶