ĞALLA MAYDONLARIDA MÖL HOSIL YeTILMOQDA
Pandemiya davridagi karantin sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan oziq-ovqat taqçilligining oldini oliş maqsadida tumanimizda ğalla parvarişiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hosil möl bölişini taʼminlaş maqsadida barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilmoqda.
Tumanimiz hududidagi dalalarni kezgan kişi boşoqlari böliq, durkun rivojlanayotgan buğdoyzorlarni körib, köngli yuksaladi. Boisi, ana şu yetiştirilayotgan hosil yaqin kunlar içida el dasturxoniga totli non bölib keladi. Ha, bu yil rizqimiz möl bölişi kutilmoqda. Dalalardagi buğdoyzorlar şundan darak bermoqda.
Qangli ovulidagi “Begzod Ğanişer” fermer xöjaligida ötgan yil kuzda 2020-yil hosili uçun 13 gektar yerga buğdoy ekilgan edi. Bir tekis unib çiqqan nihollar agrotexnika qoidalariga muvofiq parvariş qilindi. Şu kungaça buğdoy maysalari tört marta oziqlantirildi va zararli haşarotlarga qarşi işlov berildi. Ayniqsa, Hamro Nurullayev tarbiyalayotgan buğdoyzorlarda ekin rivoji juda yaxşi. Boşoqlari böliq, poyalari tekis, yaşnab turgan buğdoyzor ertangi rizqimiz möl-köl bölişidan dalolat bermoqda.
Xöjalikda ayni kunlarda buğdoy parvarişiga alohida ehtibor qaratilayotir. 13 gektarlik buğdoyzorlardan qirmizi buğdoy donlari xirmonga tökiladigan kunlar esa juda yaqin.
Şu sababli xöjalik işçilari yaqinlaşib kelayotgan buğdoy örim-yiğimi mavsumiga hozirdanoq puxta hozirlik körişmoqda. Ötgan yili 13 gektar buğdoyzordan 35 tsentnerdan hosil yiğiştirib olingan edi. Bu yilgi közlanayotgan marra esa undan ança yuqori.
Fermer xöjaligida 58 gektar paxta maydoni ham mavjud bölib, 30 ijaraçiga şartnoma asosida bölib berilgan. Ularning kuçi bilan barça ekinlardan közlanganiday hosil olinayotgani uçun xöjalik moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, dehqonçilik işlarida işlatiladigan zarur texnikalarni sotib olişdi.
Qiliçboy ovulida istiqomat qiluvçi Erkaboy Avazmatovlar oilasi ham el dasturxoni tökin-soçinligi uçun munosib hissa qöşayotganlardan. Ularning 34 sotixlik tomorqasining yarmi boğ – olma, anor, nok, örik, uzum, anjir kabi mevali daraxtlarning ham ertapişar, ham kuzgi navlaridan bor. Oiladagilar may oyi oxiridan to bahorgaça özlari yetiştirgan xuştaʼm mevalar, poliz ekinlari, sabzavotlar bilan öz-özini töla taʼminlabgina qolmay, ortganini bozorga olib çiqib sotib, ehtiyojlariga işlatadilar. Boğda mevali daraxtlar tagiga ekilgan beda har yili 6-marta örib olinib, çorva uçun qişga zahiraga olib qöyiladi.
Hozirgi kunda ularning tomorqasidan piyoz bozorga çiqarilayapti, bodring, pomidor, bulğor qalampiri, kartoşka bir tekis gulga kirdi. Qovoq, qovun-tarvuzlar rivoji ham yaxşi. Erkaboy Avazmatov va ayoli – taʼlim faxriysi Dilbar Otajonova hamda ularning öğillari, kelinlari karantin davrini tomorqasida ötkazib, ekinlaridan möl hosil olişga harakat qilişmoqda, tomorqa – koni foyda ekanligini öz mehnatlari orqali isbotlaşmoqda.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶