XOTIRA
Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilariga
mehr-muhabbat bilan bağişlayman!
Men uruş körmadim, uruşni körgan
Majruh köngillarning zorini kördim.
Mağrib yöllariga közlarin tikkan,
Şahid jangçilarning yorini kördim.
Ön sakkizda qolgan bevalar oh-u,
Faryodlarin içib sarğaygan tunlar.
Momolar böğzini kuydirgan yo, huv,
Quyoşin yöqotib qoraygan kunlar...
Köz oldimdan ötar diydiragan el,
Yöllarga köz tikib keksaygan bola.
Öttizga kirmayin mayrilganda bel,
Bahorni soğinib sarğaygan lola...
Öğlining suratin quçoqlab ötgan,
Onalar sabriga guvoh böldim men.
Yillarni qarşilab çirqirab yotgan,
Yetim umrlarga hamroh böldim men.
Tarix sahfalari aro lovullab,
“Vatan!” deb ötlarda yonar tankçilar.
Çimildiq tortilgan uylar huvillab,
Ğarbiy mozorlarda yotar jangçilar.
Birining ortida yo ul, qiz qolgan,
Birining tişlagan noni qoziqda.
Uruş bolalari... Saksonga tölgan,
Hamon könmay yaşar taqdir – yoziqqa.
Yetmiş beş yil ötdi. Bir inson umri,
“Bolam!” deb bözlagan onalar ötdi.
Toğlarday uluğvor matonat, sabri,
Sadoqat bobida sanamlar ötdi.
Yuraklar tubida mislsiz alam,
Jang körgan bobolar tuş körar. Qonli...
Armonlar toş qotgan diydalarda nam,
Tuş emas, bu asli Xotira – jonli.
Matonat qoşida, qarang, tiz çökib,
Tinçlik tuğin öpar millatlar birdam.
Xotira poyiga mehrini tökib,
Jangçi Bobolarni uluğlar Vatan!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶