Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan ommaviy sport tadbirlari ötkazildi
Yurtimizda har yili keng nişonlanadigan 9-may — Xotira va qadrlaş kuni nafaqat ötganlarni xotirlaş, ularning jasorati oldida boş egiş, balki bugungi tinç, erkin va osoyişta hayotimizning qadriga yetiş, şu bilan birga, kelajak egalari bölmiş yoşlarni soğlom va barkamol qilib tarbiyalaş maqsadlarini ham öz içiga oladi. 8-may kuni Amudaryo tumanida ham şu maqsadda ommaviy sport tadbirlari bölib ötdi.
Tuman hokimligi hamda tuman Sport maktabining özaro hamkorligida taşkil etilgan mazkur sport bayrami aholi, xususan, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş va bayram şukuhini yanada oşirişdek olijanob maqsadlarga xizmat qildi. Uşbu ommaviy musobaqa doirasida iştirokçilar sportning velomarafon hamda yengil atletika turlari böyiça öz kuç, tezlik va imkoniyatlarini sinovdan ötkazdilar.
Sport bellaşuvlarida umumiy hisobda 200 dan ortiq mahalla yoşlari faol iştirok etib, özlarining mustahkam irodasi, jismoniy tayyorgarligi va ğalabaga bölgan çeksiz intilişlarini namoyiş etişdi. Musobaqa nafaqat sport bellaşuvi, balki çinakam döstlik va salomatlik bayramiga aylanib ketdi.
Tadbir davomida iştirokçilarning xavfsizligi, tibbiy muhofazasi va salomatligini taʼminlaş masalasiga ham taşkilotçilar tomonidan katta etibor qaratildi. Xususan, Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasining maxsus tez tibbiy yordam maşinalari va malakali hamşiralari butun tadbir davomida şay holatda, huşyor turdi. Şuningdek, tuman Içki işlar bölimi xodimlarining bevosita nazorati ostida jamoat tartibi va harakat xavfsizligi taʼminlanib, bellaşuvlarning yuqori surʼatda, heç qanday noxuş holatlarsiz ötişiga erişildi.
Juda qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakuniga köra turli yönalişlar böyiça ğoliblar aniqlandi. Yengil atletika yönalişida erkaklar örtasida keçgan şiddatli bahsda Azamat Örozboyev marra çiziğini hammadan oldin kesib ötib, faxrli 1-örinni qölga kiritdi. Undan keyingi natijalarni esa Diyorbek Şomuratov va Alibek Örazmetovlar band etişdi. Qizlar örtasidagi yengil atletika musobaqasida Oybek mahallasidan taşrif buyurgan Dinora Ozodova barça raqiblarini ortda qoldirib, 1-öringa sazovor böldi. Amir Temur nomli ovul vakili Tovus Murotboyeva 2-örinni, Xolimbeg ovulidan kelgan Barçinoy Zaripboyeva esa 3-örinni egalladi.
Velomarafon bahslarida esa Navoiy mahallasi vakili Ahmad Örozboyev eng tezkor natija qayd etib, 1-örinni egallagan bölsa, Olmazor mahallasi şarafini himoya qilgan Javohir Maqsetov hamda Bunyod Bahodirovlar mos ravişda 2 va 3-örinlarga loyiq deb topildi va şohsupaga kötarildi.
Taşkilotçilar tomonidan nafaqat ğoliblar, balki özlarining faolligi bilan boşqalarga örnak bölgan qatnaşçilar ham munosib eʼtirof etildi. Jumladan, Xolimbeg ovulidan Javohir Yöldoşev va Örta qalʼa ovulidan Bobur Jumaboyevlar musobaqaning eng yoşi kiçik iştirokçilari sifatida alohida eʼtiborga tuşdi va rağbatlantirildi. Şuningdek, Haytiboy Çovdirov velomarafon böyiça, Rufat Babajanov esa yengil atletika böyiça “Eng yoşi katta iştirokçi” nominatsiyalariga munosib körildi.
9-may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab ötkazilgan mazkur sport tadbiri tuman aholisining jismoniy tayyorgarligi va soğlom turmuş tarziga bölgan mehrini namoyiş etiş bilan birga, ular qalbida vatanparvarlik, özaro oqibat, hurmat va milliy anʼanalarimizga bölgan sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi. Bu kabi keng qamrovli ommaviy tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlabgina qolmay, jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişdek eng muhim vazifani bajarişi bilan ham beqiyos ahamiyatga egadir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶