21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:02
Jamiyat 👁 3,454

BARKAMOL FARZAND - HAYoT ShAMChIROFI

BARKAMOL FARZAND - HAYoT ShAMChIROFI

Oila – u qanday maskanki, bor vujudimiz bilan uning bagʻriga intilamiz. Ota-ona, farzandlar mehri bilan charogʻon oila davrasi biz uchun hamma joydan keng, fayzli. Bu davrada oʻzimizni qushday yengil, nihoyatda erkin his qilamiz. Boshqa hech bir joyda oila davrasidagidek samimiyat, mehr-muhabbat, xotirjamlikni topa olmaymiz. Yaqinlarimizning chehralari issiq, taftli. Ana shu taft bizga kuch beradi, ezguliklarga, yaxshiliklarga tomon chorlab turadi. Biz shuning uchun Oilamizga intilamiz, undan maʼnaviy quvvat olamiz. Eng ezgu orzularimiz oilada tugʻiladi, oila madadi bilan amalga oshadi. "Oʻrta qalʼa” ovulida istiqomat qiluvchi ibratli oila sohibi, uch marta muborak Haj amalini ado etgan Abdukarim hoji bobo Toʻrayev bilan suhbatimiz aynan shu xususda, oila  maʼnaviyati, insonning shakllanishida, sogʻlom bola tarbiyasida oilaning tutgan oʻrni, oilaviy tadbirlar, urf-odat va anʼanalar mavzusida boʻldi.

- Hoji bobo, avvalo tahririyatimizga xurmat-eʼtibor koʻrsatib, mushtariylarimiz bilan gazeta orqali suhbatga chogʻlanganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- Alloh barchalarimizni oʻz panohida asrab, qadamlarimizni, yaxshi ahd va niyatlarimizni xush koʻrsin.

- Hoji bobo, oila haqida koʻp gapiramiz. Oila maʼnaviyati va oila aʼzolarining  masʼuliyati xususida gap ketganda koʻpchilik "Bu har kimning oʻzining ishi”, - deb qarashadi. Shu toʻgʻrimi?

- Bismillahir rohmanir rohiym! Avvalo oilaning oʻzi inson uchun eng oliy mukofot ekanligini bilishimiz kerak. Qoraversa, oila – ikki koʻngilning bir-biriga samimiyati, sharʼiy va rasmiy juftligi asosida quriladigan muqaddas birlik. Inson ana shu maskanda tugʻiladi, ulgʻayadi, shakllanadi. Oilaning maʼnaviy qiyofasi oila aʼzolarining qay darajada shakllanib, takomilga yetishi bilan belgilanadi. Xalqimiz bejizga: "qush uyasiga qarab uchadi”, "qush uyasida koʻrganini qiladi”, "otaga qarab oʻgʻil, onaga qarab qiz oʻsar”, kabi hikmatlar marjonini yaratmagan. Qaysiki oilada ota-ona tarbiyali, axloqiy jihatdan ibratli boʻlishsa, bu xonadonda tugʻilgan farzandlar goʻzal xulq-atvorli  ham jisman, ham maʼnan sogʻlom boʻlib voyaga yetadilar. Bunday oilaning maʼnaviy qiyofasi albatta havasga loyiq boʻladi.

Oila  aʼzolarining masʼuliyatiga kelsak, bu – har kimning oʻzining ishi boʻlishi mumkin. Lekin bu masalaga yuzaki qarash  boʻladi. Chunki oilaning har bir aʼzosi – jamiyatning aʼzosi – mamlakat fuqarosi. Demak, oʻz-oʻzidan koʻrinadiki, oilaning tinch-xotirjamligi – tom maʼnoda  mamlakat fuqarolarining tinchligi, osoyishtaligi. Shuning uchun oilani Vatan ichra moʻʼjaz Vatan, deb ardoqlaymiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Oila baxt-saodati uchun qoʻyadigan har bir qadamimiz ona Vatan ravnaqi yoʻlidagi ezgu mezonlar bilan oʻlchanadi. Zimmamizdagi masʼuliyat zamirida nainki oila, balki Vatan tinchligi, farovonligi, obodligi mujassam. Oilaning maʼnaviy qiyofasi ana shunday mohiyatlarda aks etadi.

- Yoshlar bilan boʻlgan muloqotlardan birida: "Oila hayotiga chetdan aralashuvlar juda koʻp boʻladi, ayniqsa kattalar...”, – degan fikr aytildi.

- Oila – muqaddas qoʻrgʻon. Oila hayoti esa jamiyat – mahalla-koʻy, el-ulus, qarindoshlar hayoti bilan uzviy ravishda kechadigan murakkab jarayon. Shu bois, bu muqaddas qoʻrgʻonning daxlsizligi uchun eng avvalo oila sohib va sohibalari – er-xotin, ularning ota-onalari, yaqinlari, shu barobarida jamiyat faollari ham masʼul. Ota-ona oldida bilagʻonlik qilib, oʻz fikrini  oʻtkazishga intiladigan yoshlar bu harakati bilan oʻzlarining odobsiz ekanliklarini bildirib qoʻyishadi. Hayotimizdan bir misol keltiray: bir toʻyda boʻldik. Oʻgʻlini uylantirayotgan otaning oldiga kuyovlik sarposini kiygan oʻgʻil kelib tiz choʻkdi:

- Kelinni olib kelishga ketayapmiz, fotiha bering, ota, - dedi oʻgʻil. Ota oʻgʻlini uzoq duo qildi. Yaxshi niyatlarga biz ham qoʻshildik. Soʻngra ota oʻgʻliga yuzlanib:

- Bolam, toʻyxonaga vaqtida kelinglar, xalq kutib qolmasin, - dedi.

Oʻshanda, xudo haqqi, hozirgi yoshlar toʻyxonaga aytilgan vaqtda keladimi, otaning soʻzi sinadigan boʻldi, degan oʻy kechdi xayolimdan. Lekin yoshlar oʻz vaqtida toʻyxonaga kirib kelishdi. Hamma toʻyga aytilganlar jamuljam. Hamma xursand. Koʻpchilik hayron: "bular gulyanka qilishmaydimi?” – deguvchilar ham topildi. Eng muhimi, barchaning koʻnglidagi toʻy boʻldi. Dasturxonda turli noz-neʼmat bisyor, lekin spirtli ichimlik yoʻq. Atlas koʻylakda yal-yal yonib turgan kelinning salomidan koʻnglimiz yayradi. Hamma yoshlarni duo qildi, havas qilganlar bisyor boʻldi. Mening aytmoqchi boʻlganim, bu oilada maʼnaviy sogʻlomlik hokim. Ota amr etdi, oʻgʻil  bajardi. Axir ota yaxshi niyatlarini qoʻshib  amr qildi oʻgʻliga. Vaqtida kel, dedi xolos. Bu – buyruq emas, balki, bu otaning ezgu niyati, murodi, oʻgʻliga yaxshilikni ravo koʻrgani. Oʻgʻilning esa oilaga, ota-onaga hurmat va ehtiromi. Koʻrdingizmi, ana shu oilada tartib bor, intizom bor. Hurmat va bir-birovga eʼtibor bor. Ana shu tamoyillarga monand maʼnaviy goʻzal hayot boʻladi bunday oilada. Bu oila hayotiga kattalarning aralashuvi emas, balki katta bilan kichik oʻrtasida mehr-oqibatning barq urib turgani.

Qanday oilaga chetdan aralashiladi? Ota bolani, bola otani tushuna olmaydigan,  maʼnaviy muhit izdan chiqqan, nosogʻlom oilalar hayotiga kattalar ham, jamiyat faollari ham aralashishga majbur boʻlishadi.

- Toʻgʻrisi, shu toʻylarimizda toʻy egalari - oila sohiblarining ham, oʻsha oilaning ham maʼnaviy qiyofasi "yarq” etib koʻzga tashlanmaydimi?

- Haq gapni aytdingiz, qizim. Toʻy-marosimlarimizda oilalarimizda shakllangan goʻzal urf-odatlarimiz, oʻzbekona  tutumlarimiz aks etib turadi. Birov oʻzining boyligini koʻz-koʻzlash uchun toʻkib-sochadi. Yana birov orzu-havas desa, qoʻli qisqaroq oila sohiblari qarz-havola evaziga "toʻkiladi”. Ota-bobolarimiz: "koʻrpangga qarab oyoq uzat”, "qoʻshningga emas, oʻz hamyoningga (mangʻitchasiga oʻngishigʻingga) qara”, - deb bejiz aytishmagan. Boylikni birovga koʻz-koʻzlash gʻarib koʻngilning ustidan kulish, degan gap. Muqaddas dinimizda qanchalik oshib-toshib tursang ham, gʻarib koʻngillarni ranjitadigan ish qilishdan qaytariladi. Bir kunlik toʻyda isrofgarchilikni chandon oshirib, gunohga botgandan koʻra, shu boylikning  ozgina ulushini muhtoj bir insonga ehson qilinsa, buning savobi oʻn chandon yuqori boʻladi. Allohning neʼmatlarini isrof qilishlik – eng ogʻir gunoh hisoblanadi. Qolaversa, oʻzi yiqqan mol-davlatini toʻkib-sochib, isrof qilguvchilar maʼnaviy qashshoq odamlardir. Aslida toʻy bir-birini umr yoʻldoshlikka tanlagan ikki koʻngilning juftlashganligi – nikohlanganligini jamiyatga bil-diruvchi oilaviy marosim. Yaqinlar – ota-ona, tugʻishganlar, oshna-yor-doʻstlar davrasida oʻtkaziladigan xursandchilik. Bu shodiyona soʻnggi yillarda anchagina qolipdan chiqib ketmadimikan? Sababi, toʻrt-besh kunlab toʻy tadorigida yuradigan boʻldik. "Eshik ochar”, "fotiha toʻyi”, "oʻng boʻlsin”, "siynoq”, "kengash”, "qiz yigʻin”, "qoʻnoq kuni”, "ish buyurar”, "quda chaqiriq” kabi katta-kichik toʻy oldi va toʻydan keyingi marosimlarning har biri kichikroq bir toʻy tusini olayotir. Toʻy beruvchi to shu marosimlarni oʻtkazib boʻlguncha charchab, baʼzi hollarda kasal boʻlib qoladi. Aytmoqchimanki, toʻylarimiz bilan bogʻliq barcha marosimlarning 70 foizi ortiqcha. Faqat "fotiha toʻyi”, "oʻng boʻlsin”, "siynoq” va "kengash” kabi marosimlar uchun ketgan xarajatning oʻziga yosh oilaga hech boʻlmaganda 4-5 xonali imoratning poydevori (fundamenti)ni qurish mumkin.

Bu oʻzimizga-oʻzimiz pand berishmi yoki oila iqtisodini izdan chiqarishmi? Menimcha har ikkalasiyam. Demoqchimanki, birovga Alloh boylikni sinab, birovga  siylab beradi. Bugun bor narsa, ertaga yoʻq boʻlishi mumkin. Eng katta boylik sabr ila qanoatdir. Qanoatli, kamtar, keng feʼlli, tejamkor boʻlganlar Allohga yaqin, maʼnaviy barkamol insonlardir. Qurʼoni Karimning "Isro” surasi, 26-oyatida: "... isrof qiluvchilar shaytonning "birodarlari”dir”, - deyiladi va moʻminlar isrofgarchilikdan qaytariladi. Hadisi-shariflarda esa: "Tejamkor odam hech qachon qashshoqlik koʻrmaydi”, - deb taʼkidlanadi. Soʻzimni muxtasar aytadigan boʻlsam, oilalarimizda tejamkorlik, kamtarlik, saxiylik, tadbirkorlik kabi goʻzal fazilatlarga amal qilinsa, jamiyatimiz ham yanada goʻzal va obod boʻlib boraveradi.

- Bir oilada boʻldik, ikki qaynona, ikki qaynotalik bu xonadonni oilaning keksa sohibi - bobo boshqararkan. Kelinlar, farzandlar, nevara-chevaralarning ahilligidan koʻngil yayraydi. Nevarali boʻlib qolgan oʻgʻil, Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Azimboy Safarboyev hamon ota-onasi oldida bosh egib turadi. "Oʻzimning fikrim bor”, – demaydi.

- Toʻrt-besh avlod bitta oila boʻlib yashayotganlar koʻp. Lekin oʻsha, baraka topsin, Azimboy oʻgʻlimizni voyaga yetkazgan oila muhiti goʻzal, ota-onaga, oʻgʻil-qizga eʼtibor, hurmat saqlangan bu oilada. Qaysiki ota bir farzandidan boshqasini afzal koʻrib, biridan-biriga yashirib pul yoki boshqa hadyalar berishni boshladimi, demak, oʻsha oilada maʼnaviy buzilish boshlanadi. Oʻrtada ishonchsizlik, hatto tugʻishganlar oʻrtasida janjal va nizolar paydo boʻladi. Nazarimda Azimboy Safarboyev oʻsgan xonadonda maʼnaviy tenglik bor. Shu bois, Azimboyning oʻzi bobo boʻlib qolganida ham otasiga bosh egib, ota-ona hukmini kutib oʻtira oladi. Bu-maʼnaviy yetuklik belgisi.

Noʻʼmon ibn Bashir oʻgʻli Noʻʼmonni Rasululloh huzuriga olib borib: "Men bu oʻgʻlimga bir... hadya qildim”, - deganlarida Rasululloh: "boshqa farzandlaringga ham shunday hadya qildingmi?”, - deb soʻraydi. Shunda Bashir: "Yoʻq”, - deb javob bergach, "Unday boʻlsa, Noʻʼmondan hadyangni qaytarib ol, gunohga botma”, - deganlar.

Bu – oilada maʼnaviy tenglik boʻlishiga ishora. Ota-ona farzandlarini bir-biridan ayirib sovgʻa-salomlar berishi, alohida yaxshi koʻrishi ham gunoh, ham maʼnaviyatsizlik hisoblanadi.

Farzand – qalbimiz mevasi. U bizning hayot shamchirogʻimiz. Ana shu shamchirogʻimizning charogʻon nur sochib turmogʻi uchun fidoyilik ota-ona zimmasiga tushadi. Ota-ona oʻz vaqtida fidoyilik qilmasa, bu shamchiroq xiralashib qoladi. Xira tushgan nurdan oila  ham, jamiyat ham bahra olaolmaydi. Demak, harbitta  oiladaeng avvalo maʼnaviy tenglikboʻlmogʻijoiz.Maʼnaviy tenglik bor joyda mehr-oqibat chashmalaridan kuch olgan nihollar unib-oʻsadi. Bunday oilada mehnatning qadri baland boʻladi. Aynan shunday oilalarda tarbiya koʻrgan insonning feʼl-atvoriga qarab bemalol oilasiga baho berish mumkin. Ota yaratgan bogʻni farzandlar ardoqlab, yashnatadi, yashartiradi. Ota makonga mehr-muhabbat tuygʻusi oilani yashnatib yuboradi. Shunday oilalar jamiyatning haqiqiy tayanchi, koʻrki.

- Demak, oilaning obroʻsi insonning xulq-atvoriga bogʻliq ekan-da?

-  Albatta, yaxshi odam yurish-turishidan, muomalasidan maʼlum. Axir salom-alikni oʻrniga qoʻya olmaydigan odamlar kammi? Oila muhiti sogʻlom boʻlsa, farzandlar ham tarbiyali, odob-axloqda namunali boʻlib ulgʻayishadi. Koʻchadan uyga gap tashimaydigan, birovni gʻiybat qilishdan tiyiladigan, oilasining tinchligini qaygʻuradigan insonning farzandlari ham oʻziga tortadi. Har bir oilaning oʻz siri, qonun-qoidalari boʻladi. Oila siri koʻchaga chiqdimi, demak, bu oilada ogʻizbirchilik yoʻq, degani. Yetar-yetmaslikni tadbirkorlik va tejamkorlik bilan yengib  oʻtgan  otadan oʻgʻil, onadan qiz rang oladi. Bir-birovga minnat qilish, bir oila aʼzosi boʻla turib "seniki-meniki”, - deb ajratish – borib turgan xudbinlik. Xudbinlik esa maʼnaviyat kushandasi.

Mening yoshlarimizga aytar gaplarim juda koʻp. Eng muhimi, oilada oʻzaro hurmat, bir-birovga eʼtibor boʻlmasa, bu oila jamiyat uchun bir muammo tugʻdiradi. Shunday oilalar borki, oila aʼzolari oʻzaro kelisha olishmaydi. Ota-ona boladan, bolalar ota-onadan norozi. Oiladagi maʼnaviy muhit no-sozligidan unda fayz yoʻq, halovat yoʻq. Hech kim hovliga chiqib, bir tupgina nihol ekishni, oila bogʻini yaratishni, shu bogʻda oʻz daraxti boʻlishini oʻylab ham koʻrmaydi. Har kim bilganini qiladi. Istasa, uxlaydi, istasa televizor... Qorni ochganida dasturxonning gʻaribligidan noliydi. Ana sizga muammo. Maʼnaviy qashshoqlik bundan ortiq boʻlmaydi. Gurkirab yashnab turgan qoʻshnining bogʻiga bundaylar havas bilan emas, hasad bilan qarashadi. Tan-joni sogʻ odamga mehnat gazagi ham baxt-ku! Mehnatning noni qanchalik shirin-a! Halol mehnat ortidan kelgan moʻl-koʻl daromad, boylik baridan aʼlo!

Oʻzi halol yashab, xonadonini bogʻ-boʻstonga aylantirib, farzandlari bilan ahil-inoq yashayotgan insonlarning oilalari ibratga loyiq. Hurmat va eʼtiborga loyiq. Bunday ehtirom hamma oilalarga ham nasib etavermaydi. Istagim, ana shunday – sogʻlom maʼnaviy muhitga ega oilalar koʻpayaversin. Chunki oilalar maʼnan sogʻlom boʻlsa, farzandlarimiz barkamol insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

- Sermazmun suhbatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- Ilohim, oilalarimiz tinch, osoyishta, obod va farovon, farzandlarimiz barkamol boʻlsinlar. Omin, yo Robbal olamiyn!

 

Suhbatdosh Robiya YOʻLDOShEVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026