Uyşinlik oila tomorqasida gul yetiştirib, bir mavsumda 20 mln söm daromad olmoqda
Uyşinlik aka-uka Nuraddin va Omonboy Jalolovlar tomorqasida gulçilik bilan şuğullanişadi. Dastlab Nuraddin Jalolov öz tomorqasida ixçamgina issiqxona qurib, gul uruğlarini undirişga kirişganida köpçilik: “bizning şaroitda gulçilikdan ham daromad oliş mumkinmi, juda mayda iş-ku?” deya işonmadi. Lekin Nuraddin birinçi yiliyoq sarf-xarajatlarini tiklaşdan taşqari, ançagina foyda ham körganini bilganlar halol va fidoyi mehnatning samarasi yuqori bölişini anglaşdi.
Bundan 4-yil oldin öz tomorqasining bir qismida gulçilik xöjaligini yurita boşlagan Nuraddin Jalolovning issiqxonasida ayni kunda 8 ming tupga yaqin turli xil iforli va manzarali gul navlari mavjud. Bu işlarda Nuraddin Jalolovga butun oila aʼzolari, ayniqsa, qizlari Ozoda va Maftuna yaqin kömakdoş. Oila faqat gulçilikning özidan yiliga 15-20 mln. söm daromad oladi.
Darvoqe, Nuraddin Jalolov gulçilikni aslida ukasi Omonboydan örgangan edi. Eʼtibor qilsa, ukasi uyidan çiqmay, öz tomorqasida butun oilasini, farzandlarini iş bilan taʼminlab, yaxşigina daromad topayotir. Omonboy akasiga gulçilik sirlarini örgatdi. Aka ukadan örganib, gulçi böldi. Omonboy esa gulçilik xöjaligi orqasidan umr yöldoşi va farzandlarining barça orzularini röyobga çiqardi, xonadonini jihozladi. Faqat gulçilikning özidan keladigan yillik daromadini 20 mln. sömga yetkazdi.
Ayni kunda xonadon tomorqasida 15 ming tupdan ziyod gul navlari östirilmoqda. Omonboy Jalolovning tomorqasida ayni iş qizigan payt. Gulçilikdan taşqari, ertagi sabzavot va poliz ekinlari ekişda va parvarişlaşda unga umr yöldoşi Zebogul Yusupova, farzandlari Mohiraxon va Dilşodbeklar yaqindan yordam berişmoqda.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶