16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 04:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 486

Oʻrmonlar – yashil boyligimiz

Oʻrmonlar – yashil boyligimiz

Mamlakatimiz hududidagi oʻrmonlar tabiiy koʻpayish xususiyatiga ega boʻlishiga qaramasdan mutaxassislar tomonidan ham oʻrmonzorlarni intensiv rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 16 ming 540 gektar yerning 3 ming 348 gektar yeri yashil oʻrmonzorlar bilan qoplangan. Qolgan yer maydonlarida yangi oʻrmonzorlar barpo etish, urugʻchilik va koʻchatchilik, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlash, dorivor oʻsimliklar urugʻlarini tayyorlash va ekish, shuningdek, qoʻshimcha tarmoqlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish yoʻnalishlarida ish olib boriladi.

Oʻtgan yil davomida oʻrmon barpo etish, urugʻchilik va koʻchatchilik yoʻnalishida  amalga oshirilgan ishlar samarali boʻldi. Yillik rejaga koʻra, 3 ming 650 kilogramm turli xil oʻrmon butalari urugʻi tayyorlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, ayni kungacha 36 ming 456 kg, urugʻlar tayyorlandi. Shundan 35 ming 656 kg. saksovul, 1 ming 800 kg. qorabaroq urugʻlari terilib, Orol dengizining qurigan tubida yashil hudud barpo etish uchun yetkazib berildi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidagi qumloqlarda yangi oʻrmonlar barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tufayli ayni paytda 28 gektar qumli hududga saksovul koʻchatlari oʻtqazilib, 45 gektar maydonga saksovul urugʻlari ekildi. Mavsum oxirigacha yana 27 gektar qumli hududga saksovul koʻchati va 45 gektar yerga saksovul urugʻlari ekilib, qumli hududlardagi saksovulzorlarni 145 gektarga yetkazish rejalashtirilgan.

Oʻrmonzorlar barpo etish va buyurtmachi tashkilotlarga zarur koʻchatlarni shartnoma asosida yetkazib berishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda oʻrmon xoʻjaligidagi 3 gektarlik niholxonada noyob daraxt koʻchatlarining tumanimiz iqlim sharoitiga moslashtirilgan navlari parvarishlanmoqda. Ushbu koʻchatlar buyurtmachilarga oʻz vaqtida, sifatli yetkazib berilishi  uchun xoʻjalikda faoliyat yurituvchi 44 nafar malakali mutaxassis va ishchilar masʼul.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan 6 gektarlik unumdor yer maydoni ayni paytda bahorgi ekish ishlariga tayyor holatga keltirildi. Oʻrmon xoʻjaligida ozuqabop oʻsimliklar, shuningdek, dorivor giyohlar ham parvarish qilinadi. Naʼmatak, tirnoqgul, yaʼni kalendula kabi dorivor oʻsimliklar yetishtiriladi. Xoʻjalik tomonidan 2020-yilda belgilangan reja asosida 90 tonna dorivor oʻsimliklar qismlari yigʻilib, qayta ishlovchi farmatsevtika sanoati korxonalariga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Xoʻjalikda asalarichilik va parrandachilik ham yoʻlga qoʻyilgan. 132 ta oiladan iborat asalari uyalarida mavsumda moʻl va shifobaxsh, betakror oʻrmon asali yetishtiriladi. Yaqin vaqt ichida parrandalar umumiy sonini mingtaga, mayda shoxli mollar sonini 111 boshga yetkazish rejalashtirilmoqda. 7 sotix maydondagi issiqxona xoʻjaligida esa 200 tup limon koʻchatlari parvarish qilinmoqda.

Ochiq maydonlarda yetishtirilayotgan anor, anjir, daraxtlaridan tashqari tut, qayragʻoch, tol, terak va boshqa koʻchatlar tumanimiz fermer xoʻjaliklari hududlaridagi ariq va yoplar boʻyiga ekildi.

Xoʻjalikda Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi loyihasi asosida qiymati 31 ming yevrolik asal va boshqa mahsulotlarni qadoqlash tsexi tashkil etildi. Mazkur tsex hajmi har xil shisha va plastmassa idishlarda tayyor mahsulotlarni qadoqlashga moʻljallangan.

Yashil oʻrmonzorlar – umumxalq mulki, uni asrash, boyitish har birimizning burchimiz. Shu bois, mazkur hududda oʻzboshimchalik bilan ov qilish, daraxt kesish, yaylovlarda ruxsatsiz chorva mollarini boqish, olov yoqish holatlariga qarshi muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib boriladi. Bu hududlar – nafaqat yashil boyligimiz, balki tumanimiz iqlimi va tabiatini muvozanatda saqlab turishga xizmat qiluvchi kislorod fabrikasidir. Unga ziyon yetkazishga hech birimizning haqqimiz yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026