21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 596

Jiydali qulonliklar bugungi sinovli kunlarni hamjihatlikda oʻtkazishmoqda

Jiydali qulonliklar bugungi sinovli kunlarni hamjihatlikda oʻtkazishmoqda

 Xalqimizda yer dehqonni boqadi degan hikmatli gap bor. Mehnatkash xalqimiz erta bahordan  moʻl-koʻl hosil, rizq-roʻz undirish ilinjida yer bilan tillashib, unga mehr qoʻyadi. Har bir niholni oʻz farzandi kabi tarbiyalaydigan, kun-u tun mehnat ishqi bilan yashaydigan asl dehqonlar Oq oltin ovulining Jiydali qulon aholi punktida ham umrguzaronlik qilishadi.

Jiydali qulonda 169 xonadon mavjud boʻlib, unda 943 nafar aholi yashaydi. Xonadon sohiblari mehnatda suyagi qotgan, yerning tilini, dehqonchilikning hadisini olgan insonlar. Hatto qachon, qaysi oyda, qanday yerga qanaqa ekinlar ekilishidan tortib, har soatda qanday parvarish qilishgacha bilishadi. Yil oʻn ikki oy tinimsiz mehnat qilishadi. Qish oylarida ham boʻsh oʻtirmasdan, issiqxona uchun  kerakli miqdorda toʻyintirilgan maxsus  tuproq tayyorlashadi. Fevral oyidayoq koʻchat oʻtqazishni boshlashadi. Bugungi kunda deyarli har bir xonadonda qoʻlbola issiqxona bor. Unda ertaki karam, pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, baqlajon, qovun, tarvuz, har xil navdagi gul koʻchatlari,  koʻkatlar, piyoz yetishtirishadi.

Butun dunyo boʻylab koronavirus kasalligi tarqalib, karantin eʼlon qilingan ayni kunlarda kimdir uyida yotib, kimnidir vahima bosib, tahlikada turgan bir kunda jiydali qulonliklar tomorqasidagi issiqxonasida oilaviy mehnat qilishmoqda. Tomorqalariga  issiqxonada yetishtirilgan sabzavot koʻchatlarni oʻtqazib, ortganini kam taʼminlanganlarga bepul berishayapti.

- Qishlogʻimiz yoshlari Possiya, Qozogʻiston davlatlari yoki Toshkentga borib, ish izlab, sarson-sargardon boʻlib yurishmaydi. Hovli, tomorqa, dala yumushlaridan ortmaydi. Chunki tomorqamizdan yiliga 3-marta ekin ekib olamiz. Ayni paytda mana bu 0,2 sotix yerda yetishtirgan piyozimizning oʻzidan 3 million daromad oldik. Shu dehqonchilik orqasidan 2 oʻgʻlimni uylantirib, 2 qizimni chiqardik, imorat solib, mashina oldik. Dalada qovun-tarvuz ham ekamiz, mol boqamiz. Xullas tirikchiligimiz binoyiday -, deydi Maryam opa Bobojonova.

Jiydali qulonda yashovchi mehnatkash ayollardan Norgul Xudoyorova, Jumagul opa Gapparovalar  ham 3-4 sotix yerga qurilgan issiqxonasidan har yili 10-12 million soʻmlik daromad olishadi. Ayni kunda ular butun aholi punkti boʻylab, xonadonlarga koʻchat yetkazib berishayapti. Qishloq aholisining yana bir xislati borki, ular nafaqat halol mehnatni ulugʻlashadi, balki ilm olishga ham qiziqishadi. Ota-onalar farzandlarini oʻqimishli, ilmli-bilimli qilishga intilishadi. Har yili bu qishloqdan 10-12  nafar yoshlar oliy taʼlimga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻladi.

Ayni kunda Jiydali qulonda ish qizgʻin. Bekorchilik, uning orqasidan keladigan oʻzaro kelishmovchilik, urush-janjallar ham yoʻq, hammayoq tinch. Bir-biriga mehr-oqibatli, hamjihat aholi yashaydi. Sarishtalikka, tozalikka, bugungi kunda hammani tahlikaga solayotgan koronavirus infektsiyasidan saqlanish qoidalariga amal qilib, xonadonini, koʻchasini, mahallani  ozoda tutadigan kelin-qizlari bor.

Ha, birdamlikda koʻp sinovlarni, qiyinchiliklarni yengish mumkin. Birgalikda mutaxassislar berayotgan tavsiyalarga, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilsak, albatta, bu kunlardan ham talofatlarsiz oʻtamiz.

Ziyoda Sadaddinova, Oq oltin ovul fuqarolar yigʻinining

Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy

masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026