YaNGILANAYoTGAN HUDUDLAR: uyşinliklarning bugungi hayoti
Qanot qoqib kökka parvoz qilişdan mahrum etilgan, qafasdagi quş kabi inson ham agar emin-erkin, mustaqil bölmasa, hayotda özligini namoyon etaolmaydi, çinakam baxtiyor böla olmaydi.
Şular haqida öylaganimda yurtimizdagi istiqlol tufayli qisqa davrda amalga oşirilgan olamşumul özgarişlar, yangilanişlar, yuksalişlar köz önglimga keladi.
Quvonarlisi, buningdek xayrli evrilişlar barça hududlarni, eng çekka ovul, mahallalarni ham qamrab olmoqda, odamlar bu yangilanişlarning haqiqiy ijodkori bölmoqda.
Uyşin mahallasi tumanimizning olis, Turkmaniston davlati bilan çegara hududida joylaşgan. Jayxun, Namatovul, Uyşin, Begovul, Çunoq aholi punktlaridagi 803 ta oilalar asosan hovli-joylarda istiqomat qiladi. Özbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq millatiga mansub aholi bu yerda azal-azaldan döst-birodar bölib, yaqin qöşniçilik munosabatlari, urf-odatlari, anʼanalarini mahkam saqlab kelişayapti. Jami aholining 268 nafari pensionerlar, şundan 8 nafari işlovçi pensionerlardir. 219 nafari korxona-taşkilotlarda işlaydi, 15 nafari tadbirkorlik bilan, 2 nafari milliy hunarmandçilik bilan, 2 nafari savdo-sotiq, 18 nafari çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik bilan şuğullanadi, 7 nafari turli sohalarda band bölgan bölsa, 170 nafar fuqarolar mavsumiy işlarga jalb etilgan. 318 nafar işlaş istagidagi işsizlar bor. Kelgusida ularning ham bandligini taʼminlab, doimiy daromad manbaiga ega bölişlarining çoralari körilayotir. 8 nafar imkoniyati çeklangan fuqarolar, 16 ta boquvçisini yöqotgan oilalar, 4 ta kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoya qilinib, qöllab-quvvatlanmoqda.
Aholi turli millatga mansub bölsa-da, töy-maʼrakasi, quvonç-qayğusi bir bölganligidan ularni ajratiş qiyin, faqat töy-marosimlarda har bir millatning öz urf-odatlari, anʼanalari ado etiladi va bunda barça millat vakillari iştirok etaveradi. Öz milliy urf-odatlari, qadriyatlariga hurmat bilan qaralayotganidan, yangi maʼno-mazmun bilan tobora boyib borayotganidan barça xursand.
Kişining bugungi hayotidan köngli tölsa, ertagi kuniga umidlari yanada ortadi, mehnati unumli, topgani barakali böladi. Şundandir, uyşinliklarning deyarli har bir xonadonida turli rusumdagi zamonaviy maşinalar, traktorlar, zamonaviy uslubda taʼmirlangan hovli-joylari, barçasining öz tomorqa yeri, 350 ta xonadonning esa qöşimça dala tomorqasi, 13 ta xonadonning issiqxonasi bor. 500 ta xonadonda 980 ta yirik şoxli qoramol, 160 boş qöy-eçkilar, 2300 ta parrandalar, 176 dona asalari uyalari namunali parvariş qilinib, dasturxonlarini öz mehnatlari bilan tökin qilişmoqda.
Şuningdek, Maxsud Abduraimov, Karim Otajonov, Ramazon Temirboyev, Farhod Begmurodov, Omonboy Yesqobulov kabi köça boşçilar va yiğin masʼullari saʼy-harakatlari bilan töy-marosimlar tartibli, ortiqça dabdabasiz ötkazilmoqda. Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni yot ğoyalardan himoya qilişga, ilm olişiga, kasb-hunarga yönaltirişga ulkan eʼtibor berilayotir. Şu maqsadda haftaning maʼlum kunlarida madaniy-köngiloçar tadbirlar, sport musobaqalari muntazam ötkazib kelinayotir.
Mahalladagi kiçkintoylar maskani
Yoş avlodga ğamxörlik yölidagi har qanday saʼy-harakatlar yurtimizda qöllab-quvvatlanmoqda. Natijada tumanimizning eng çekka hududlarida ham oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari barpo etilmoqda. Mahalladagi “Robiğa momo” oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti şular jumlasidandir. Yangidan qurilgan binoda faoliyat boşlaganiga endigina bir yil bölay deb turgan uşbu muassasada hududning 50 nafar kiçkintoylari taʼlim-tarbiya olişmoqda. 5 ta yangi iş örni yaratilgan. Boğça tarbiyalanuvçilari burro-burro suhbatlaşganidan, şirali, bolalarga xos jöşqinlik bilan madhiyamizni ijro etib berganlarida bu yerda Umida Eşniyozova rahbarligida bolajonlarga puxta taʼlim-tarbiya berilayotganini, bolalarning vaqti mazmunli ötayotganini angladik.
– Bu yil bino atroflarini obodonlaştirib, köçatlar, sabzavotlar ekdik. Soya-salqin, sölim maskanga aylantirişga harakat qilayapmiz. Mahallamizda farzandini boğçamizga beriş istagidagi ota-onalar köp. Hozir imkoniyatimizga qarab 2 guruhda 50 nafar bolajonlarni tarbiyalayapmiz, – deydi mudira Umida Eşniyozova.
Şunday xonadon bor...
Uning sohibi Jumiyoz Hayitboyev, ahli ayoli Zulayho onani butun mahallaning katta-yu kiçigi hurmat qiladi, yölini kesib ötmaydi, töy-maʼrakalarda örni belgili.
Jumiyoz ota, Zulayho onalarning turmuş qurganlariga 55-yildan oşibdi, 11 nafar farzandni otaxon kolxozda traktorçi bölib, ayoli esa paxta dalasida işlab, ipak qurti boqib, halol mehnatlari bilan kamolga yetkazişgan, öqitib, kasb-korli, hunarli qilişgan, öğillariga şu elning halol, obrö-eʼtiborli xonadonlaridan kelin olib, rözğorlarini bölak qilib berişgan. Biri öqituvçi, biri tibbiyot xodimi, turli kasb egalari bölgan kelinlar ham hozir öğil uylantirib, qiz uzatib, atrofi nevaralarga tölib qolgan bölsa-da, qaynota, qaynonasi xizmatlariga doim tayyor. Biri 85, biri 80 yoşdan oşgan piru badavlat otaxon va onaxon ularni duo qilib, yöl-yöriq berib ötirişadi, hamon bardam, ziyrak.
Hayotda ularning topganlari ham, yöqotganlari ham köp böldi. Har qanday qahatçiliklar, zahmatlarni boşidan keçirganlarida ham özlarini hayotning uluğ neʼmatlari – farzandlar quvonçi bilan ovutdi, farzand doğiga ham şukur qilib, qolganlariga umr tilaşdi.
Jumiyoz ota va Zulayho onalarning umr yöli nafaqat mahalladoşlari, balki, barça yurtdoşlarimiz uçun ibrat böla oladi. Şundandir, mahalla fuqarolar yiğini masʼullari ham ularni körgani, suhbatlaşgani kelib turişadi. Hozir ular boğ-roğlarga burkangan, sölim göşada 40 nafarga yaqin nevaralari, 23 nafar çevaralari ardoğida yaşaşmoqda, tillarida doim şukrona, nevara-çevaralariga ham doim şunday deydi: “bugungiday dorilomon kunlar heç qaçon bölgan emas, inson zoti bugungiday eʼzozlangan emas, qadriga yetinglar”.

Ahillik – baraka keltirayapti
Şu yil boşida ovul va mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi lavozimi joriy etilgani butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham köpgina xayrli özgarişlarga asos bölayotir.
Uyşin mahallasidagi hokim yordamçisi Ruslan Norimbetov öz faoliyatini yiğin raisi, ayollar faoli, yoşlar yetakçisi bilan birgalikda aholi xonadonlarini örganib, oilalarda daromad manbalarini köpaytiriş çoralarini izlaşdan boşladi. Şu kungaça uning bevosita kömagi bilan 20dan ziyod oilalar kredit olib, turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini boşladilar.
Mahalla kelinlari – ikki dugona Şohida Örozboyeva, Nargiza Yusupovalar ham şular sirasidan.

Kredit mablaği hisobiga tadbirkorlik faoliyatini taşkil etganlar, avtomaşina xarid qilganlar, uy-joy olayotganlar atrofimizda köp. Biroq hamjihatlik bilan ikki kişining bir maqsad uçun kredit olgani kamdan-kam uçraydigan holat bölsa, ajab emas.
Ha, Şohida 26 million, Nargiza 19 million imtiyozli kredit hisobiga birgalikda kiçik non pişiriş tsexini sotib olib, şu yil aprelidan novvoylik faoliyatini boşlab yuborişdi. Bir yöla 36 ta buxanka nonni pişiriş quvvatiga ega peçda hozirgi kunda dugonalar obi non, patirlar ham yopişayapti. Yana bir qöşnisini ham iş bilan taʼminlaşgan. Ularning nonini asosan buyurtmaçilar, hudud aholisi xarid qilişayapti. Ahillikda qilingan mehnatlari tufayli ikki qöşni ayol har oy uçun kreditlarining belgilangan qismini qaytarib, oilalariga ham daromad kiritmoqdalar.
– Kreditimiz hafta içida tayyor bölib, uskunamizni oldik. Bunça tez hal bölişini öylamagandik. Axir avvallari yillab sarson bölib kredit ololmaganlarni bilamiz. Şuning uçun peçni özimizning oşxonamizga örnatdik. Nasib qilsa, faoliyatimizni kengaytiramiz, –deydi ular yuzlari quvonçdan kulib.
Mahallada fuqarolar yiğini raisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi va hokim yordamçisining hamkorlikdagi kömagi bilan kredit hisobiga Şohida, Nargizalar singari tikuvçilik, baliqçilik, boğdorçilik, çorvaçilik sohalarida iş boşlaganlar ham köp.
Mahallaning obod köçasi
Bugun köpmillatli, azal-azaldan mehr-oqibat, sabr-qanoat, özaro hamdöstlik, hamjihatlikni yuksak tutib, şu tabarruk zaminda umrguzaronlik qilib kelayotgan nekbin xalqimiz hayotida yangilanişlar, özgarişlar, yuksalişlar şiddat bilan keçmoqda.
Quvonarlisi, buningdek xayrli işlar avvalo fuqarolarimizning baxti, farovon turmuşi, öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga xizmat qilmoqda, inson qadri uluğlanmoqda.
Buningdek eʼtibor, yaratilayotgan şaroitlar aholining ertagi kuniga işonçini mustahkamlab, könglida öz yurtidan faxr-iftixor tuyğularini yuksaltirmoqda, yana ham obodlik, farovonlik sari intilişiga asos bölmoqda. Buni mamlakatimizning eng çekka, kiçik bir hududi – Uyşin mahallasi hayotida ham kuzatişimiz mumkin. Boğlarga burkangan hovli-joylar, infratuzilma obʼektlari, ravon köçalar bundan dalolat berib turibdi.
Mahallaning 2-Çunoq köçasi hududning eng namunali köçalaridan biri. Unda joylaşgan 24 ta hovlilar atroflari saranjom-sarişta, supurib, suv sepilgan. Obodlik köngildan boşlanişiga şu xonadonlarda yaşovçi otaxon, onaxonlar bilan suhbatlaşsangiz yaqqol amin bölasiz.
Mahalla fuqarolar yiğini raisi Rustam Rajabovning taʼkidlaşiça, hududda kelgusi yilda yana ham ulkan yangilanişlarga guvoh bölamiz. Boisi, mahalla 2023-yilgi “Obod mahalla” dasturiga kiritilişi rejalaştirilmoqda va şu maqsadda taʼmirlanadigan yöllar, köçalar, obʼektlar aniqlanmoqda. Inson omiliga eʼtibor tobora kuçayayotgan mamlakatimizda közda tutilayotgan xayrli işlar bisyor.
Uyşin mahallasi hayoti bilan tanişiş jarayonida buningdek ezguliklar mamlakatimizning har bir hududini, olis mahallalarni ham qamrab olayotganiga guvoh böldik. Iloho, istiqlol şarofatidan ravnaq topayotgan yurtimizga köz tegmasin!
Oygul RAJABOVA, gazetaning maxsus muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶