SINOVLI KUNLARDA XALQIGA YeLKADOŞ BÖLAYoTGAN DEPUTAT
El şaʼnini er yigitlar kötaradi. Ha, intilib, orzu maqsadlari yölida kuraşib, hayotda öz örnini topgan, el-yurtimizga fidoyi xizmat qilayotgan öğlonlar bilan qança faxrlansak oz. Boisi ular tumanimiz, respublikamiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş bilan birga bugungiday sinovli kunlarda oğir şaroitga tuşib qolgan yurtdoşlariga ham madad bölişmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga tumanimizning Örta qalʼa okrugidan saylangan deputat Otabek Davletov ana şundaylar toifasidan. U Manğit şahrida tuğilgan, örta maktabni tamomlagaç, Moskvadagi Timiryazev nomidagi qişloq xöjaligi akademiyasida öqidi. Keyinçalik 2004-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomladi. U öz mehnat faoliyati davomida qator maʼsul lavozimlarda, Amudaryo tumani hokimligida, şu yil 28-maygaça esa “Qoraqalpoq agroximiya” aktsionerlik jamiyati direktori vazifasida işladi.
U xalqning faol işonçli vakili sifatida Örta qalʼa saylov okrugi saylovçilari bilan tez-tez uçraşib, aholi turmuş tarzi bilan tanişib, muammolarini örganib, ijobiy hal qilinişi uçun intiladi.

Otabek Davletov ayni kunlarda pandemiya şaroitidan kelib çiqib, tumanimiz hududlarida bölib, “Saxovat va kömak” umumxalq harakati doirasida belgilangan rejalarning bajarilişini taʼminlaş, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytiriş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni aholi orasida keng tarğib qilib, ularni sinovli kunlarni birgalikda, hamjihatlikda yengişga, oilasi bağrida daromad topişga daʼvat etmoqda.
Şuningdek, öz saylov okrugi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvçisini yöqotgan va imkoniyati çeklangan şaxslar mavjud oilalarni aniqlab, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga ham intilmoqda.
Otabek Davletov şu kunlarda tumanimizda bölib, tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati ÖzLiDeP tuman Kengaşi deputatlik guruhi rahbari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova hamrohligida aholi hayoti bilan tanişdi, muammolarini örgandi hamda örganiş jarayonida aniqlangan Manğit şahrining Oybek nomli, Böston mahallalari, Amir Temur nomli, Toşyop, Örta qalʼa ovullari va Boğ, Arna böyi mahallalarida istiqomat qiluvçi jami 21 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, 29 ta boquvçisini yöqotgan oilalarga xayr-ehson qildi. Har bir oilaga 25 kilogramlik bir qopdan un, 6 litr ösimlik yoği, 6 kilogrammdan şakar, 10 kilogrammdan guruç, 1 kilogrammdan quruq kök çoy tarqatdi.



Saxovat, xayr-ehson qiliş, oğir kunlarda bir-birovga hamdard, suyançiq böliş kişi hayotini bezaydigan savobli amallardandir. Xalqimizning bu boqiy va qadimiy qadriyatlari koronavirus pandemiyasiga qarşi örnatilgan karantin davrlarida, ayniqsa, yaqqol namoyon bölayotir.
Oğir va sinovli kunlarda muntazam ravişda 50 ta oilani ijtimoiy qöllab-quvvatlayotgan deputat Otabek Davletov Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining navbatdan taşqari bölib ötgan turtinçi sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi örinbosari bölib saylandi.
Tumanimizdan yetişib çiqqan iqtidorli, salohiyatli va şu bilan birga elparvar inson Otabek Davletovning uşbu masʼuliyatli lavozimda ham xalqimizga sidqidildan fidoyi xizmat qilişiga astoydil işonamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶