Yoş sportçilarga namuna bölayotgan tajribali murabbiy
Bugungi kunda mamlakatimizda sport sohasi, ayniqsa, yoşlar sportini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan islohotlar doirasida yoşlar uçun zamonaviy va qulay şaroitlar yaratilmoqda hamda bu çora-tadbirlar öz samarasini körsatmoqda. Xalqaro mezonlarga mos musobaqalarning taşkil etilayotgani esa yoşlarda sportga bölgan qiziqiş va rağbatni yanada oşirmoqda.
Şunday imkoniyatlar zamirida qöl jangi ham yurtimizda, ayniqsa, yoşlar orasida ommalaşib borayotgan sport turlaridan biriga aylanmoqda.
Mazkur sport turi orqali yoşlar orasida nafaqat iqtidorli sportçi, balki salohiyatli murabbiy sifatida ham tanilgan Bekzod Otajanov öz faoliyati va yutuqlari bilan alohida ajralib turadi. Uning ustozlik faoliyati, tarbiyalayotgan şogirdlari, sportga bölgan muhabbati tumandagi yoşlar uçun çinakam örnakdir.
Bekzod Otajanov sportning qöl jangi turi böyiça bir qator nufuzli milliy va xalqaro musobaqalarda munosib iştirok etib, yuksak natijalarga erişgan. Uning sportçi sifatidagi katta yutuqlaridan biri 2023-yil 27–30-aprel kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida çempionlikni qölga kiritganida yaqqol namoyon böldi. 2024-yilda esa u yanada keng maydonlarga yöl oldi. 8–12-fevral kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston çempionatida faxrli ikkinçi örinni, şu yili 15–17-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida esa ğoliblikni qölga kiritib, öz ustunligini yana bir bor namoyon etdi.
Uning xalqaro miqyosdagi katta yutuği — 2024-yil 19–24-noyabr kunlari Qozoğiston Respublikasining Ostona şahrida ötkazilgan Jahon çempionatida qayd etildi. Uşbu musobaqada u munosib iştirok etib, faxrli uçinçi örinni qölga kiritdi.
Bekzod 2023-yildan buyon Amudaryo tumani sport maktabida murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning taşabbusi bilan Qiliçboy ovulidagi 83-sonli umumtaʼlim maktabida qöl jangi böyiça maşğulotlar taşkil etildi. Ayni paytda bu yerda 90 nafardan ziyod yoş sportçi muntazam ravişda maşğulotlarda qatnaşmoqda.
Şogirdlari tomonidan erişilayotgan muvaffaqiyatlar uning murabbiylik salohiyati va bilim-tajribasini yaqqol namoyon etadi. Hozirga qadar Bekzod Otajanov tayyorlagan 30 nafardan ziyod yoş sportçi Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionati va kubogi musobaqalarida yuqori natijalarga erişdi. Şuningdek, 20 nafardan ortiq şogirdi mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli iştirok etib, tumanimiz şarafini munosib himoya qilgan.
Bunday yutuqlar ortida şubhasiz, Bekzod Otajanovning maşaqqatli mehnati, murabbiylik salohiyati va şogirdlari kelajagiga nisbatan çuqur masʼuliyati mujassam. Maşğulotlarda jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda intizom, vatanparvarlik, öz-öziga işonç, hurmat va fidoyilik kabi maʼnaviy qadriyatlarni ham yoşlarga singdirib borilyapti.
Bekzod Otajanovning yoşlar tarbiyasidagi mehnati va sportdagi muvaffaqiyatlari davlatimiz tomonidan ham munosib baholandi: qahramonimiz yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayev qölidan “Umid uçquni” kökrak nişonini qabul qilib oldi. Bu mukofot nafaqat şaxsiy yutuq, balki yoş avlod tarbiyasidagi fidokorona xizmatlarining munosib eʼtirofidir.
Bekzod Otajanov kabi sportçi-murabbiylar tumanimiz faxr-u iftixoridir. Ular nafaqat yangi çempionlarni tarbiyalamoqda, balki yoş avlod qalbida Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va fidoyilik tuyğularini mustahkamlab bormoqda.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶