BIRDAM BÖLAYLIK
Butun dunyo hamjamiyati qattiq taşvişda ekanligi, koronavirus pandemiyasi bilan kasallanganlar soni keskin köpayib ketayotganligi har birimizga maʼlum.
Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus yuqtirgan kişilar soni kun sayin ortib bormoqda. Eng yomoni, kasallikning yaşirin davri 10-12 kunni taşkil qilib, inson özini soğlom sezarkan va kasallik alomatlari bu davrda sezilmas ekan. Bu davrda ular boşqa insonlar bilan muloqotga kirişadilar, demak, kasallik virusi boşqa soğlom insonlarga yuqişda davom etaveradi.
Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda kasallik va uning tarqalib ketişining oldini oliş böyiça mutaxassislar jon kuydirişayotir, Soğliqni saylaş vazirligi tomonidan har kuni xalqimizga zarur tavsiyalar berilmoqda.
Lekin ming afsuski, beparvolik va loqaydlik qon-qonimizga singib ketganmi, yurtdoşlarimiz negadir bu tavsiyalarga eʼtiborsizlik bilan qaraşmoqda.
Oddiygina misol, “Manğit Dehqon bozori” hududida odam köp, işi bor ham, işi yöq ham yuribdi bozorda. Özaro gaplaşib turganlar, biri-biriga quçoq oçayotganlar ham bor.
Hukumat öquvçilarni himoya qilaylik, deb ularga taʼtil berdi, lekin bozorda maktab yoşidagi bolalarini ergaştirib yurgan ota-onalarni ham uçratdim.
Yoşlar Ittifoqi tuman Kengaşi faollari, tadbirkorlar, deputatlar xayriya qilmoqdalar, bepul oziq-ovqat mahsulotlari, niqoblar tarqatmoqdalar. Bu narsa elning oğzibirçiligini, yaxşilar köpligini körsatadi. Lekin baʼzan tarqatilgan mahsulotlar özining haqiqiy egalariga berilmayapti. Bozorga kelgan olmoqda, haqiqiy muhtojga esa yöq!
Bir-ikki marta sport maydonçasida futbol öynayotgan bolalarni, boğça yoşidagi velosiped haydab yurgan bolaçalarni uyiga jönatib yubordim. Tavba, deyman, bu bolalarning ota-onalari bugungi vaziyatdan bexabarmilar? Axir bu hukumatning talabiga va xalqqa hurmatsizlik emasmi? Hukumat kim uçun “Uyda qoling!” deyapti? Albatta, biz – xalq soğligi uçun-ku!
Köpçilik insonlar niqoblarning qança vaqt işlatilişini ham bilmaydilar. Baʼzan kir-çir niqoblar taqib olganlarni körib qolamiz.
Öquvçilar uçun 1-apreldan onlayn darslar boşlandi. Öqituvçilar, sinf rahbarlari telegram kanalida guruhlar oçib, savollar taşlab, öquvçilarning bilimini baholaşmoqda. Tuşunmagan savollar öqituvçi yordamida yeçilmoqda. Bu örinda baʼzi ota-onalar farzandlariga kömaklaşmoqda, hamkorlik qilişmoqda. Lekin beeʼtibor, loqayd ota-onlarning mavjudligi, farzandi uçun şaroit yaratib bermayotganligi bizni ranjitadi.
Men bu fikrlarim bilan birovni yomonlamoqçi, yo ranjitmoqçi emasman-u lekin bozordagi sotuvçi ayollar doimiy niqobda emasligi, birov yaqinlaşsa taqib, ketgaç, yeçib qöyayotgani, sotuvçilarning birortasida rezina qölqop yöqligi juda açinarli.
Prezidentimiz Özbekiston xalqiga yana bir marta murojaat qildilar. Murojaatda heç bir inson eʼtibordan çetda qolmasligi, muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam berilişi, tadbirkorlarga, işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasida yengillik berilişini taʼkidlab ötdilar. Xalqimizdan uydan çiqmay ötiriş, karantin qoidalariga rioya qiliş talab qilinmoqda. Murojaatda qayd etilgan vazifalar har bir insonning bugungi asosiy vazifasi bölişi kerak.
Şu örinda Murojaatda taʼkidlanganiday, kunni-kunga, tunni-tunga ulab, fidoyilarça mehnat qilayotgan şifokorlarimizga tahsinlar aytsa arziydi.
Koronavirusni yengiş öz qölimizda. Agar sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilsak, karantin qoidalarini töliq bajarsak, bir-birimizni maʼnaviy qöllab-quvvatlasak, albatta, bu tilsiz yovni yengamiz. Birdam bölaylik, beparvolik, loqaydlikni taşlab, har bir hodisaga ongli munosabatda bölaylik!
S.XÖJAMURODOVA,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶