12.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.10.2026, 10:34
Fan va taʼlim 👁 341

Birdamlik samarasi: 28-sonli maktabning taʼlimdagi yutuqlari

Birdamlik samarasi:  28-sonli maktabning  taʼlimdagi yutuqlari

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufi­dagi 28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ilgʻor va ahil pedagogik jamoa faoliyat olib boradi. Ayni paytda mazkur taʼ­lim muassasasida 554 nafar oʻquvchi-yoshlarga 53 nafar pedagog xodimlar zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berishmoqda. Ulardan 10 nafari oliy, 17 nafari birinchi, 21 nafari ikkinchi toifali, 5 nafari esa oliy maʼlumotli mutaxassis pedagoglardir. Oʻqituvchilarning 8 nafari turli darajadagi ser­­tifikatlar sohiblari boʻlib, oʻquvchilarning bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish­da hamisha faoldirlar.

TAʼLIM VA SPORTDAGI YuTUQLAR

Oʻtgan oʻquv yilida maktabni tugatgan 63 nafar oʻquvchilarning teng yarmi OTMga oʻqishga kirdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha maktab tumanda 12-oʻrinni egalladi. Shuningdek, oʻtgan 2024-2025 oʻquv yilida 2 nafar oʻquvchi fanlar olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, mazkur olimpiadaning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Pedagogik jamoaning oʻzaro ahillik va birdamlik asosidagi faoliyati tufayli maktabda tashkil etilgan sportchilar jamoasi faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. 

Xususan, oʻtgan 2024-2025  oʻquv yilida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida voleybol boʻyicha tumanda faxrli 1-oʻrinni, mazkur musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida sovrinli oʻrinni egalladilar.

“Umid nihollari” sport musobaqasida maktabning voleybolchi qizlar jamoasi tumanda faxrli 1-oʻrinni egallab, musobaqaning Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Mazkur musobaqaning yengil atletika boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 11-sinf oʻquvchilari Jamshid Gulmirzayev hamda Oynura Rajabboyevalar faxrli 3-oʻrinni egalladilar.

INTELLEKTUAL SALOHIYaT, OʻQITUVChILAR VA OʻQUVChILAR YuTUQLARI

Maktabda faoliyat olib boruvchi fanlar boʻyicha toʻgaraklar mashgʻulotlaridagi uzviylik natijasida bilimdon va zakovatli yoshlar safi yil sayin oshib bormoqda. Ayniqsa, “Zakovatli yoshlar” toʻgaragi shugʻullanuvchilari hamisha peshqadam. Maktabning “Bilimdonlar” jamoasi “Zakovat” intellektual oʻyinining 2025-yilgi musobaqasida tumanda faxrli 1-oʻrinni egallab, musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etdi.

Fizika fanidan 7-8-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan hokim olimpiadasida maktabning 8-sinf oʻquvchisi Dilshodbek Yangiboyev faxrli 1-oʻrinni egallab, tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.

Maktabda oʻz yoʻnalishi boʻyicha  yuqori natijalarga erishib, kasbdoshlariga namuna boʻlayotgan oʻqituvchi-murabbiylar talaygina. Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Maqsad Allaniyazov “Qoraqalpogʻiston us­tozi” tanlovida oʻz yutuqlari bilan ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi ustozi” sertifikatiga ega boʻldi.

Shuningdek, maktab oʻqituvchilaridan iborat ayol-qizlar voleybol jamoasi 30 yoshdan yuqori ayol-qizlar orasida boʻlib oʻtgan “Mahalla ligasi” musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

KELAJAKKA DAXLDORLIK

Maktab pedagogika jamoasi 2025-2026 oʻquv yilini yanada jips­lik bilan boshladilar. Joriy oʻquv yilida 1-sinfga qadam qoʻygan 63 nafar murgʻak qalbli oʻquvchilarga zamon talablari asosida taʼlim berish, milliy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan saʼy-harakatlar hozirdan oʻz samarasini bermoqda. 1-sinf oʻquvchilari alifbedan ilk saboqlarni katta qiziqish bilan oʻzlashtirishmoqda. Chunki boshlangʻich taʼlim-tarbiya jarayoni samarali tashkil etilgandagina maktab taʼlimida yuqori natijalarga erishiladi. Bu borada 28-sonli maktabda oʻziga xos tajriba hamda namunali ish uslubi joriy etilgan hamda bu ahil va hamjihat pedagogika jamoasi faoliyatida oʻz aksini topmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026