YoNĞIN XAVFSIZLIGI OYLIGIDA FAOL BÖLAYLIK
Mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrgaça yonğin xavfsizligi oyligi deb eʼlon qilindi. Oylikdan maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari, şuningdek, uy-joy fondini yonğin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltiriş hamda öta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonğin xavfi yuqori bölgan obʼektlarda yonğin xavfsizligi böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişdan iborat.
Oylik doirasida tumanimizda ham barça korxona, muassasa va taşkilotlar, şuningdek, aholi turar joylarida yonğin xavfsizligini taʼminlaş işlari olib borilmoqda.
Tuman hududidagi aholi xonadonlarida tarğibot-taşviqot işlari olib borildi va köp qavatli uylardagi isitiş qozoni mörikonlaridagi nosozliklar bartaraf etildi. Bunda tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda iş olib borildi. Oylik doirasida yangidan qad kötarayotgan köp qavatli binolarda işlovçi işçi-xizmatçilarga ham qurilişda xavfsizlikka eʼtiborli bölişlari lozimligi tuşuntirildi. Tunda işçilar tunab qoladigan joylar ham közdan keçirildi va kamçiliklarni bartaraf etişi kerakligi aytilib, muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida qöl-bola elektr saqlagiçlardan, isitiş peçlaridan, nosoz dudböronlardan foydalaniş, gaz taʼminotiga rezina şlanglar orqali ulaniş kabi kamçiliklar aniqlanib, tegişli idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Yonğin xavfsizligi qoidalarini buzgan şaxslarga nisbatan maʼmuriy çoralar körilib, nosoz elektr moslamalaridan foydalaniş holatlariga çek qöyilmoqda.
Şuningdek, fuqarolarga yonğin xavfsizligi qoidalari aks etgan eslatmalar tarqatilmoqda. Amalga oşirilayotgan barça tadbirlar natijasida yonğin sodir böliş holatlarining sezilarli ravişda kamayişiga erişilmoqda.
Aziz yurtdoşlar, oylik doirasidagi tadbirlarda faol bölaylik va uning talablariga rioya etişni unutmaylik!
B.Allaberganov, tuman FVB NTB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶