SEO MARKAZI TOMONIDAN “COVID-19” INFEKTsIYaSI TUMANIMIZ HUDUDIGA KIRIB KELIŞINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA BARÇA ÇORA-TADBIRLAR KÖRILMOQDA
Butun dunyoda pandemik holatda tarqalayotgan koronavirus infektsiyasining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilib, şu asosda tumanimizdagi barça davolaş-profilaktika muassasalarida tibbiyot xodimlarining huşyorligini oşiriş maqsadida koronavirus infektsiyasining etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida seminarlar ötkazildi. Xitoy xalq Respublikasidan va kasallik qayd qilingan boşqa davlatlardan kelgan fuqarolarimizdan 148 nafari oila aʼzolari bilan birga tibbiy kuzatuvga olindi.
Tumanimizda kasallik qayd qilingan vaziyatda şifoxonalarni va tibbiyot xodimlarini qayta mobilizatsiya qiliş iş rejasi va birlamçi kasallik qayd qilingan vaqtda şoşilinç iş olib boriş böyiça davolaş-profilaktika muassasalari va Sanitariya epidemiologiya-osoyiştalik markazining iş rejalari işlab çiqildi.
Mazkur reja asosida kasallik öçoqlarida nazoratni kuçaytiriş kasallikning oldini oliş çora-tadbirlarini ötkaziş uçun maxsus himoya kiyimlari, dezinfektsiyalovçi moddalar va vositalar bilan yetarli taʼminlandi hamda zahirasi yaratildi.
Davolaş-profilaktika muassasalarida koronavirus kasalligi qayd qilingan taqdirda izolyator, bemorlarni yotqiziş uçun yuqumli kasalliklar bölimi, gumon qilingan bemorlar uçun 1-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi binosi, muloqotda bölganlar uçun akademik litsey yotoqxonasi, tumandan çiqib ketuvçi fuqarolar uçun Manğit mehmonxonasi binolarini tayyor holatga keltiriş böyiça zarur çoralar körildi.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripovning 2020-yil 12-mart kungi “Özbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasi kirib kelişining oldini oliş borasida köriladigan çora-tadbirlar ham aholining sanitariya-epidemilogik osoyiştaligini taʼminlaş borasida birinçi navbatda amalga oşiriladigan vazifalar” töğrisidagi 5-sonli bayoni va Özbekiston Respublikasi Boş Davlat sanitariya vraçining 2020-yil 14-mart kungi 4-sonli qaroriga asosan tumanimizda ham tegişli çoralar körildi. Koronavirus infektsiyasining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida tuman SEO markazi tomonidan tuman hududidagi barça oziq-ovqat va umumovqatlaniş joylari, töyxonalar, 87 ta umumtaʼlim maktablari, sobiq 3-sonli Akademik litsey yotoqxonasi, 51 ta maktabgaça taʼlim muassasalarida, barça işlab çiqariş va sanoat korxonalari, muassasa va taşkilotlar, jamoat transportlari, avtobuslar, marşrutli taksilar, ovul va mahallalar fuqarolar yiğini binolari, maişiy xizmat körsatiş obʼektlari, tijorat banklari, dorixonalar, istirohat boği, harbiy qism binolari, davlat xizmatlari binosi, şuningdek, “Manğit Dehqon bozori” va jamoat joylarida dezinfektsiya işlari olib borildi. Ayni paytda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi bilan hamkorlikda har 4 kunda dezinfektsiya tadbirlarini muntazam ravişda ötkaziş yölga qöyildi.
Koronavirus infektsiyasi töğrisida ommaviy axborot vositalari orqali aholiga örtasida tuşuntiriş işlari olib borilib, koronavirus infektsiyasi profilaktikasi böyiça plakatlar, eslatmalar, bukletlar tarqatildi. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasi kirib kelişining oldini oliş borasida tumanimizda QR SEOMning çiqiş xatiga asosan tibbiyot xodimlari örtasida öquv-seminar maşğulotlari ötkazilib, tegişli çoralar körildi.
T.Boboniyozov, tuman SEO markazi boş şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶