TUMANIMIZ BUĞDOYZOPLAPIDA MÖL PIZQ-PÖZIMIZ YaPATILMOQDA
Buğdoy rizq-rözimiz, dasturxonimizning, turmuşimizning tökinligini körsatib turuvçi aziz neʼmat. Keksa onaxonlarimiz buğdoy maşaqqatli, halol mehnatlar evaziga yetiştirilgani uçun ham nondan xuştaʼm, töyimli neʼmat yöq, deya uqtirişadi.
Ha, dehqonçilik – zahmatli bölişiga qaramasdan sohadagi köpgina tadbirlar bugungi kunda texnikalar zimmasiga yuklanganligi sababli möl hosil olişga imkon yaratildi.
2019-yilda buğdoyzorlarda tuman böyiça örtaça 30 tsentnerdan hosil yiğiştirib olinişiga erişilgan edi. Ötgan yilning kuzida ham 2020-yil hosili uçun 3300 gektar yerga buğdoy ekilib, töliq nihol olindi. Köp yillik tajribalariga suyangan tumanimiz dehqonlari joriy yilda ham ğallazorlardan möl-köl hosil yetiştirişga astoydil intilmoqdalar.
Boğ mahallasida faoliyat yuritayotgan “Qadamboy Pölat” fermer xöjaligining 71 gektarga yaqin ekin maydoni bor. Ötgan yilda şuning 40 gektariga paxta, 7 gektariga buğdoy va turli sabzavot, poliz ekinlari ekilib, möl hosil yetiştirilgan edi. Kuz faslida yana 2020-yil hosili uçun 7 gektar maydonga buğdoy ekildi va bir tekis nihol olişga erişildi.
Ayni kunlarda mazkur buğdoyzorlarda nihollar durkun ösib rivojlanmoqda. Barça buğdoy dalalari mahalliy va mineral öğitlar bilan oziqlantirilib, suğorilmoqda.
Şuni aytiş kerakki, har yili barça ekinlardan möl hosil yetiştirilayotgani xöjalik moddiy-texnik bazasi mustahkamlanişiga asos böldi. Olingan daromadlar hisobiga yerlarni suriş, ekin ekiş va parvarişlaşda işlatiladigan texnikalar xarid qilinib, samarali foydalanilmoqda. Kuz-qiş mavsumida mavjud texnikalar kuçi bilan buğdoyzorlarga mahalliy öğitlar soçilib, nihollarning yaxşi rivojlanişiga zamin yaratildi.
Xöjalik raisi Mansur Tojimov iş yurituvçi Obod Xudanovlar hozirgi kunda buğdoyzorlarning sifatli suğorilişini tinimsiz nazorat qilmoqdalar. Çunki dehqonçilikda har bir tadbirning öz vaqtida va sifatli bajarilişi ekindan közlangan hosilni yetiştirişda muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumki, joriy yil boşida tumanimizda ğallaçilik klasteri tuzilib, faoliyatini boşlagan edi. Endilikda ğallaçilik klasteri örnatilgan tartibga köra, 2020-yil hosilidan boşlab, boşoqli donni fermer xöjaliklaridan şartnoma böyiça xarid qiladi va qayta işlab, tumanimiz aholisiga, barça isteʼmolçilarga tayyor mahsulot, yaʼni un qilib sotadi. Tabiiyki, bu ğalla yetiştiruvçilar daromadi yuqori bölişini taʼminlaydi.
Mamlakatimiz aholisining köpçilik qismi asosan qişloq xöjaligi yumuşlari bilan band bölib, şu orqali oilasi uçun daromad topadi. Ayni paytda qişloq xöjaligiga joriy etilayotgan mazkur islohotlar ekin maydonlaridan yanada samarali foydalanib, hosildorlikni oşirişga va pirovardida sohada band bölgan aholining daromadlari yuqori, turmuşi farovon bölişiga erişişga qaratilmoqda.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶