16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:51
Salomatlik 👁 476

TUMANIMIZGA KORONAVIRUS KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORALAR KUChAYTIRILMOQDA

TUMANIMIZGA KORONAVIRUS KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORALAR KUChAYTIRILMOQDA

Dunyoning 180 dan ziyod mamlakatiga tarqalgan koronavirus kun sayin koʻproq hududlarni qamrab olmoqda. dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar, ushbu kasallik tufayli olamdan oʻtganlar soni ortib bormoqda. Ammo tuzalayotganlar, kasallikdan talofatsiz chiqayotgan davlatlar ham bor.

Mamlakatimizda ushbu infektsiya yuqtirgan ilk bemor 15-martda aniqlangan boʻlsa, bugunga kelib, koronavirusga chalinganlar soni ancha ortdi. Oʻta yuquvchan bu infektsiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish boʻyicha davlatimiz tezkor chora-tadbirlar koʻrmoqda. Karantin holati joriy qilinib, aholidan zarurat boʻlmagan hollarda koʻchaga chiqmaslik, shuningdek vahimaga tushmasdan hamma birgalikda kasallikka qarshi kurashish soʻralmoqda, koʻpgina idora tashkilotlar masofadan turib ishlashga oʻtdi, oziq-ovqat doʻkonlari va dehqon bozorlaridan tashqari barcha savdo shoxobchalari faoliyati toʻxtatildi, 30-martdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun televizion darslar oʻtish yoʻlga qoʻyildi, koʻchada tibbiy niqobsiz yurishga qarshi jazo choralari kuchaytirildi.

Mana shunday sharoitda tumanimiz Tibbiyot birlashmasida ham koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu saʼy-harakatlar joriy yilimizning yanvar oyidan, yaʼni, yurtimizda ushbu kasallik qayd etilmagan vaqtdanoq boshlandi. Bu boʻyicha maʼmuriyatning maxsus ish rejasi tuzilib, unga koʻra, avval shifokorlar, keyin oʻrta tibbiyot xodimlari, sanitarkalar kasallikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻqitildi. Malakasi oshirilgan shifokorlar, hamshiralar ishtirokida tumanimizdagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktablarda, ovul va mahallalarda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olishdan saqlanish qoidalari targʻib etildi. Shuningdek, tumanimizdan ketib, turli xorijiy davlatlarda boʻlib kelgan mehnat migrantlari uy karantiniga olinib, ulardan hudud shifokori, patronaj hamshiralar, mahalla profilaktika inspektori hamrohligida kuniga ikki mahal xabar olib, sogʻligʻini muntazam nazorat qilib borish yoʻlga qoʻyildi.

Shu kungacha tuman Tibbiyot birlashmasi, koʻptarmoqli markaziy poliklinika, qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari va oʻrta tibbiyot xodimlari uchun 25-marta koronavirus etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi boʻyicha seminarlar oʻtkazildi.

Tibbiyotda kasallikni davolagandan koʻra, oldini olgan afzal degan qoida bor. Bugungi kunda tibbiyot xodimlari tumanimizga koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish borasida targʻibot ishlarini olib borishayapti. Koʻchalarga, korxona, tashkilotlar binolariga ushbu infektsiyani yuqtirib olishdan saqlanish qoidalari aks ettirilgan plakatlar osildi.

Koʻrilayotgan buningdek choralar xotirjamlikka aslo asos boʻlolmaydi. Tuman tibbiyot birlashmasida agar kasallik qayd etilsa, bemorni darhol izolyatsiyaga olish va tezkor davo muoloajalarini boshlash uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus xonalar va dori-darmonlar zahirasi tayyorlab qoʻyildi.

Amalga oshirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar xalqimizning sogʻligʻini saqlashga, ularni oʻta yuqumli kasallik – koronavirusdan himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026