Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalişining oldini oliş böyiça profilaktika tadbirlari olib borilmoqda
Şu kunlarda Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari va xonadonlarda profilaktika tadbirlari izçil olib borilmoqda. Mart oyidan oktyabr oyigaça bölgan davr kanalarning eng faol mavsumi hisoblanib, bu holat Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining tarqaliş xavfini oşiradi. Şu bois sanitariya xodimlari va veterinarlar aholiga keng tuşuntiriş işlarini olib borib, zararsizlantiriş va kasallikning oldini oliş çoralarini körişmoqda.
Qrim-Kongo gemorragik isitma iksod kanasi çaqişi orqali yuqadigan öta xavfli virusli kasallik bölib, oğir hollarda ölimga olib kelişi mumkin. Kanalar asosan yirik va mayda şoxli hayvonlar tanasida uçraydi va ular orqali insonga yuqadi. Kasallik zararlangan kananing teriga yopişib, inson qoniga virusni yuqtirişi yoki zararlangan hayvonlarning qoni va biologik suyuqliklari bilan muloqot qiliş orqali yuqadi. Şuningdek, qöy va eçkilarning junini qirqiş, kanalarni qöl bilan teriş yoki ezib öldiriş virus yuqtiriş xavfini oşiradi. Tibbiy yordamga öz vaqtida murojaat qilinmasa, kasallik oğir tus olib, hatto ölimga olib kelişi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan çorvaçilik fermalari va xonadonlarda keng kölamli profilaktika işlari amalga oşirilmoqda. Çorva mollariga kanaga qarşi dori vositalari bilan işlov berilib, ularning salomatligi nazorat qilinmoqda. Şu bilan birga, aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlari olib borilib, çorva mollari boqiladigan hududlarni zararsizlantiriş va şaxsiy himoya çoralariga rioya qiliş böyiça tavsiyalar berilmoqda.
Çorva parvarişi va qöralarni sanitariya talablariga muvofiq saqlaş kasallikning oldini olişda katta ahamiyatga ega. Qöralar muntazam tozalanib, çiqindilar öz vaqtida çiqarilişi kerak. Suv idişlari va qöralar doimiy ravişda dezinfektsiya qilinişi, kanalar köpayişiga yöl qöymaslik uçun yaxşi ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlanişi zarur. Kasallik bilan gumon qilingan hayvonlar alohida saqlanişi, qöralar esa kemiruvçilar va zararli haşarotlardan himoya qilinişi lozim. Çorvaga faqat toza suv va sifatli ozuqa berilişi kerak, çunki kamqonlik va immunitet pasayişi uy hayvonlarini kanalarga qarşi zaiflaştiradi.
Kanalar çaqişidan himoyalaniş uçun muntazam tekşiruv ötkaziş va kanalar aniqlangan holda veterinar mutaxassislarga murojaat qiliş zarur. Qöy va eçkilarning junini qirqişda qölqop, rezina etik va maxsus himoya kiyimlaridan foydalaniş tavsiya etiladi. Çorva mollarini bozor yoki çöl hududlaridan olib kelganda, ularga kanalarga qarşi işlov bermasdan uyga olib keliş mumkin emas.
Agar şaxsni kana çaqsa, zudlik bilan birinçi yordam körsatiş zarur. Jarohatlangan joy yod bilan tozalanib, boğlanişi va bemor darhol şifokorga murojaat qilişi şart. Soğliqni muhofaza qiliş uçun öz vaqtida ehtiyot çoralarini köriş, çorva mollarini muntazam tekşiriş va tibbiy körikdan ötiş har bir insonning salomatligini asraşda muhim ahamiyatga ega.
Durbek Babajanov, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶