INSONNING UMPI UZUN YoKI QISQALIGI BILAN EMAS, BALKI EZGU AMALLAPI BILAN ÖLÇANADI
Inson qaçon, qaysi zamonda yaşaşidan qatʼiy nazar, özi hayotligida amalga oşirgan ezgu amallari bilan uni bilgan insonlar qalbida adabiy yaşayveradi. U hayotligida xalqi, öz yaqinlariga körsatgan çeksiz mehr-muhabbati, qilgan yaxşiliklari bilan har kuni, har lahzada, turli bayram sanalarida yodga olinaveradi.
Çoyköl ovulida tavallud topgan, 1965-1985-yillarda 22-sonli umumtaʼlim maktabida maktab direktorining tarbiyaviy işlar böyiça, keyinçalik öquv işlari böyiça örinbosari, özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi vazifalarida işlagan Qodirboy Pahimov hayotdan ança erta ketdi. Lekin insonning yaşab ötgan umri uzun yoki qisqaligi bilan emas, balki uning ezgu amallari bilan ölçanadi va atrofidagilar, el-yurtga özi hayotligida qilgan yaxşi işlari orqali uning ikkinçi umri kabi avlodlariga maʼnaviy kuç bağişlaydi.
14-mart kuni 22-sonli umumtaʼlim maktabida Qodirboy Pahimov xotirasiga bağişlab ötkazilgan voleybol sporti böyiça Xotira turnirida bu yaqqol namoyon böldi.

Xotira turnirida Qodirboy Pahimov bilan bir ilm dargohida faoliyat yuritgan kasbdoşlari, şogirdlari, mahalladoşlari hamda oila aʼzolari iştirok etişdi. Xotira turnirining oçiliş marosimini 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov oçdi va Qodirboy Pahimov nomi bilan boğliq ezgu işlarga batafsil töxtaldi, ustoz nomini uluğlab yaşayotgan şogirdlari, bir jamoada birga işlaşgan hamkasblariga söz berdi. Şundan söng, Qodirboy Pahimovning hamkasblari, faxriy ustozlari Begmurod Şomurodov, Hayitboy Şomurodov va Yendirboy Xöjametovlar sözga çiqişib, özlarining Q.Pahimov haqidagi xotiralaridan sözladilar.
“Hamişa nomingiz qalbimizda” deb nomlangan Xotira turnirida tumanimizdagi 29-, 33-, 26-, 3-, 22-, 65-sonli umumtaʼlim maktablarining voleybol sporti böyiça qizlar jamoalari iştirok etişdi. Har bir jamoaning faol iştirokini taʼminlaş, musobaqalarda oraliq tanaffuslar taşkil etiş, ğoliblarni aniqlaşda şaffoflikka qatʼiy amal qilişga alohida eʼtibor qaratildi. Musobaqa jarayonini jismoniy tarbiya fani öqituvçilari Ozod Pajabov, Şavkat Nurekeyev, Uluğbek Kamolovlar sinçkovlik bilan kuzatib borişdi.
Nihoyatda samimiylik va döstona vaziyatda ötgan Xotira turnirida barça jamoalar aʼzolari turnir taşkilotçilari va Qodirboy Pahimovning oila aʼzolari tomonidan munosib taqdirlandilar.

Alloh rahmat qilsin, Qodirboy Pahimovning izida qolgan munosib izdoşlari – öğil-qizlari Tamara, Muyassar, Munavvar Pahimova hamda Madamin, Şuhrat va Otabek Pahimovlar eng çiroyli öyin körsatgan sportçi qizlarga özlarining sovğalarini topşirişdi. 80 yoşdan oşgan muhtarama onaxon – Qodirboy Pahimovning umr yöldoşi Şukurjon momo Pahimova sözga çiqib, uşbu Xotira turnirini taşkil etgan ustozning şogirdlariga, xususan, 22-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Azimjon Bekberganov hamda jismoniy tarbiya fani öqituvçilari Ozod Pajabov, Şavkat Nurekeyev, Uluğbek Kamolovlarga öz minnatdorçiligini izhor etdi.
Qizğin bahslarga boy, döstona vaziyatda ötgan mazkur Xotira turniri iştirokçilari inson xotirasiga hurmat va ehtirom körsatiş azaliy bobomeros qadriyat ekanligini çin dildan yana bir bor his etdilar.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶