Uyda qoling
“Saqlanganni saqlar” – derlar,
Uşbu gapni esga oling.
Pandemiya tugagunça
Uyda qoling, uyda qoling.
Eʼtiborsiz bölsak biz ham,
Dard köpayib borar kam-kam.
Boşdan oşsa xavfdir suv ham,
Uyda qoling, uyda qoling.
Ming şukurki ular borlar –
Omon bölsin şifokorlar.
Çin yurakdan uqtirarlar:
– Uyda qoling, uyda qoling!
Olaversak köçaga yöl,
Baʼzilarga bu kelar qöl,
Vijdonsizlar topar pul möl,
Uyda qoling, uyda qoling.
Öylab körsak, balki hiyla,
Tabiatdan bu bir hiyla –
Butun bölsin har oila,
Uyda qoling, uyda qoling.
Öngga yursa köplar, birov
Çap yoqqa ham kirdi birrov,
Balki bular şunga tölov,
Uyda qoling, uyda qoling.
Posbonlarga qilmay jabr,
Birozgina qilsak sabr,
Bu hammasi tugar oxir,
Uyda qoling, uyda qoling.
Toza bölsa qalbda imon,
Alloh berar bizga imkon,
Barimiz bölgaymiz omon,
Uyda qoling, uyda qoling.
Ahmad NAFASOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶