TÖYDA ÇIQQAN JANJAL JINOYaTGA SABAB BÖLDI
Qarindoşining töyiga kelgan Ikrom (ismlar özgartirilgan) avjiga çiqqan öyin-kulgi, xursandçilikka qöşildi. Davraga çiqib, zavq bilan raqsga tuşayotgan yaqinlari orasiga kirdi. Ayni qöşiqqa berilib öyin tuşayotganida kimdir turtib yubordi. Kayfi oşgan toğasi Javlon ekanligini körib, eʼtibor bermasdan raqsni davom ettirayotganida bu yana takrorlandi. Jahli çiqqan Ikrom köpçilikning orasida bölişiga qaramasdan, Javlon bilan janjallaşdi va kuçini körsatib qöyiş uçun unga bir muşt tuşirdi. Muşt zarbidan yerga qulagan Javlon huşidan ketdi.
Şifoxonada öziga kelgan Javlonga boş miyaning yopiq jarohati, öng yarimşari gematomasi, qattiq parda usti epidural va qattik parda osti subdural gematomasi va qonning singişi, boşning çap çekka asosiy suyagi çiziqli sinişi, çap çekka bölimi teri osti gematomasi ham yumşoq töqimasining lat yeyişi, dislokatsion sindrom, törli parda ostiga qon quyilişi, öng taraflama gemiparezi, öng bilak teri sohasi qirilişi kabi jarohatlarda ifodalangan hayot uçun xavfli bölgan oğir şikast yetkazilganligi aniqlandi.
Qarindoşiga şu darajada oğir şikast yetkazgan Ikrom öylamasdan qilgan harakati tufayli Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblandi va bu iş sudda körib çiqilib, jabrlanuvçi keçirganligi, moddiy zararni qoplaganligi sababli harakatdan töxtatildi.
Töyda janjal çiqarib, bir insonning soğligi yomonlaşişiga sababçi bölgan Ikrom qilmişidan puşaymon böldi.
Umida Orazboyeva, Nukus şahar IIO FMB IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶