Böqoq kasalligi: sabablar, turlari va oldini oliş yöllari
Qalqonsimon bez organizm uçun muhim bölgan gormonlarni işlab çiqaradi va uning faoliyati buzilganda turli kasalliklar yuzaga keladi. Bugungi kunda dunyo böyiça millionlab odamlar böqoq kasalligidan aziyat çekmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida yod tanqisligi sababli bu kasallik keng tarqalgan. Öz vaqtida aniqlanmagan holatlarda böqoq organizmning umumiy holatiga jiddiy taʼsir körsatişi mumkin.
Kasallikning sabablari, turlari va oldini oliş çoralarini örganiş, aholi orasida profilaktika çoralari töğrisida Qum yop mahallasi hududidagi Oilaviy şifokorlik punkti mudirasi, şifokor Zamira Saparova bilan suhbatlaşdik.
— Zamira opa, bugungi kunda böqoq kasalligi global muammolardan biri sifatida tilga olinmoqda. Avvalo, u qanday kasallik va uning kelib çiqiş sabablari nimalardan iborat?
— Böqoq — qalqonsimon bez kasalligi bölib, organizmdagi patologik özgarişlar tufayli rivojlanadi. Kasallik asab, yurak-qon tomir, ovqat hazm qiliş, suyak tayanç tizimi, reproduktiv salomatlik va hatto miya faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Asosan yod tanqisligi yoki yodning haddan taşqari köpligi natijasida yuzaga keladi.
— Endemik böqoq qanday omillar sabab yuzaga keladi?
— Endemik böqoqning asosiy sababi yod tanqisligi. Yod uçuvçan modda bölgani uçun quruq va çangli ob-havo şaroitida tez yöqoladi. Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlarida aynan şu sababli böqoq keng tarqalgan. Şuningdek, notöğri ovqatlaniş, oqsil va vitamin yetişmovçiligi, stress ham kasallik rivojlanişiga sabab bölişi mumkin. Dengiz böyi mamlakatlarida esa yod tabiiy ravişda köp bölgani uçun böqoq kam uçraydi.
— Endemik böqoq qanday şakllarda uçraydi?
— Endemik böqoq uç xil şaklda namoyon böladi. Diffuz endemik böqoqda qalqonsimon bez bir tekis kattalaşadi, lekin tugunlar hosil bölmaydi. Bu holat asosan yod tanqisligi natijasida rivojlanadi. Bemor nafas yetişmovçiligi, sovuq havoda ham derazani oçişga intiliş, böyin atrofini oçiq saqlaşga harakat qiliş kabi alomatlarni sezişi mumkin. Tugunli endemik böqoq esa qalqonsimon bezda tugunlar paydo bölişi bilan tavsiflanadi. Uşbu tugunlar yaxşi yoki yomon sifatli bölişi mumkin. Agar ular kattalaşsa, bemor böyin sohasida bosim va noqulaylik his qiladi. Aralaş (diffuz-tugunli) endemik böqoq esa bezning umumiy kattalaşişi bilan birga tugunlarning ham hosil bölişi bilan ajralib turadi. Bu holatda bemorda nafas oliş va yutişda qiyinçilik, ovozning pastlaşişi va baʼzan oğriq kabi alomatlar kuzatiladi.
— Gipertireoz va gipotireoz qanday farqlanadi?
— Böqoq kasalligi organizmda gormonlar işlab çiqariş jarayoniga taʼsir qiladi va u ikki xil şaklda rivojlanişi mumkin. Gipertireoz holatida T3 va T4 gormonlari ortiqça işlab çiqariladi, natijada organizmning metabolizm jarayoni tezlaşadi. Bu bemorda yurak urişining tezlaşişi, qöl qaltiraşi, haddan taşqari terlaş, keskin vazn yöqotiş, asabiylaşiş va közlarning oldinga çiqib ketişi kabi simptomlar bilan namoyon böladi. Gipotireoz esa aksinça, T3 va T4 gormonlari yetişmovçiligi natijasida rivojlanadi. Bu holatda bemor doimiy çarçoq, uyquçanlik, depressiya, soç tökilişi, vazn ortişi, yurak urişining sekinlaşişi va qabziyat kabi muammolarga duç keladi.
— Qangli va Qum yop mahallasida ham bu kasallikka çalinganlar kuzatilganmi, ularning soni qança?
— Bizning mahallamizda diffuz zaharli böqoq bilan kasallanganlar soni 52 nafar bölib, biz ularni Endokrinolog körigidan ötkazib OŞP hisobidan zarur dori vositalari bilan davoladik va gormonal buziliş bor yöqligini biliş uçun qon tahliliga yubordik.
— Zaharli böqoq qanday kasallik va u qanday davolanadi?
— Bu kasallikda qalqonsimon bez içida ösmalar hosil böladi va turli zararli biokimyoviy moddalar yiğiladi. Davolaşda yod preparatlari va zarur bölsa, jarrohlik usullari qöllanadi. Muhimi, kasallikni erta aniqlaş va şifokor nazorati ostida davolaşdir. Ayrim bemorlar yodni böyin sohasiga surtiş yoki hidlaş orqali davolanişga harakat qilişadi, ammo bu notöğri.
Har bir bemor şifokor tavsiyasiga binoan individual davolanişi kerak.
— Kasallikning oldini oliş uçun nimalar qiliş kerak?
— Yodga boy mahsulotlarni isteʼmol qiliş lozim. Asal, sut, baliq göşti, siyohrang piyoz va siyohrang karam eng foydali mahsulotlardir. Bundan taşqari, maktab öquvçilariga profilaktika maqsadida "Antistrumin" tabletkalari beriladi. Biz mahalla böyiça 2024-yil dekabr oyida 2025-yil uçun mahallamizdagi 199ta yoş oilaning 398 nafar aʼzosiga haftasiga 1 tabletkadan jami 19 900ta tabletka tarqatdik.
— Zamira opa, qimmatli maʼlumotlaringiz uçun rahmat!
QDU talabasi Mahliyo Gulmamatova suhbatlaşdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶