QUYoŞ PORLAGAN UYDA
Tibbiyot ilmining dahosi, buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Quyoş kirmagan uyga kasallik kiradi”, – degan maşhur gapi bor. Yaʼni, bu biz yaşayotgan uyimizning eşik va derazalarini tez-tez oçib, uning havosini tozalab, yangilab turmasak, yoruğlik va quyoş nuridan unumli foydalanmasak, xonadondagi kiçik bakteriyalar jonlanib, köpayadi va şu uyda yaşovçilarning soğligiga taʼsir qiladi. Agar bu hikmatni maʼnaviyat quyoşi bölmiş kitobga nisbatan qöllasak-çi? Adabiyot, maʼrifat ahli hamişa kitobni oftobga öxşatişgan va buyuk allomaning sözlarini “Kitob kirmagan uyga maʼrifatsizlik, zulmat kiradi”, deb ifodalaşgan.
Haqiqatdan ham, kitob kirmagan, öqilmaydigan uyda fikrlar sayoz, dunyoqaraş tor, muammolar köp va yeçimsiz böladi. Bunday xonadonlarning katta-yu kiçigida mustaqil fikr bölmaydi. Kim qayoqqa yetaklasa, ketaveradi, turli maʼnaviy tahdidlarga duçor böladi. Ularni yöldan ozdiriş oson keçadi. Sababi, bunday oilalarda yoruğlik, nur yöq, qalblar esa qattiq böladi. Aksinça, kitob, gazeta va jurnallarga oşno oilalarda, toza havo, soğlom muhit hukmron. Kitob oilaga nur bölib, oftob bölib kirib keladi. Qalblarni eritadi, köngillarga ezgulik uruğini soçadi, bilimingizni boyitib, dunyoqaraşingizni kengaytiradi. Kitob kirgan va öqilayotgan xonadondagi bolalarning köngli oq, dili pok bölib ulğayadi, kelajakka teran nigoh bilan boqadi. Hayoti davomida paydo böladigan savollarga aql-zakovat bilan javob topadi, vaziyatni töğri baholay oladi. Kitob – oddiy tasavvurimizni möʼjizaga aylantiradi.
Yildan-yilga yuksalib, çiroy oçib, qaddini tiklab borayotgan ona Vatanimizga kitob öqiydigan, soğlom fikrlaydigan, soğlom ruhiyatli bolalar, yoşlar kerak. Şunday ekan, aziz tengdoşlar, yaxşi kitoblar doimo hamrohingiz bölsin, xonadoningiz hamişa oftobning, dilingiz esa kitobning zarrin nurlaridan yorişib, porlab tursin.
Nodira JÖLLIBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶