Tuman DSI tomonidan tadbirkorlarga tegishli obʼektlarga quyosh panellari oʻrnatishga koʻmaklashilmoqda
Hozirgi vaqtga kelib dunyoda anʼanaviy energiya turiga qaraganda noanʼanaviy energiya turiga boʻlgan qiziqish oshib bormoqda. Ushbu noanʼanaviy energiya turlari muqobil energiya manbalari deb ham yuritiladi. Muqobil energiya manbalariga quyosh, shamol, toʻlqin energiyasi, biomassa va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Oʻzbekiston sharoitida shamol va quyosh energiya manbalaridan keng foydalanish imkoniyati mavjud.
Quyosh energiyasi qayta tiklanuvchi energiya va ekologik toza maxsulot hisoblanadi, yaʼni ishlash vaqtida atrof-muxitga zararli moddalarni chiqarmaydi.
Yurtimizda ushbu muqobil energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha koʻplab qarorlar tasdiqlanganligini va keng koʻlamda ishlar olib borilayotganini koʻrishimiz mumkin.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qarori qabul qilingan edi.
Maqsad− ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlashdir.
Amudaryo tumanida ham bu boradagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Tuman DSI tomonidan tumanimizda faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlarga tegishli boʻlgan savdo shaxobchalariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Ortiqcha chiqindilarsiz va ekologiyaga zarar yetkazmagan holda, shuningdek qayta tiklanish xususiyatiga ega boʻlgan quyosh panellari tadbirkorlar uchun koʻplab qulayliklar yaratmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶