Odam savdosi - xavfli jinoyat
Hozirgi kunda "Odam savdosi" degan ibora quloğimizga tez-tez çalinib turadi. Xöş, "Odam savdosi" degani qanday maʼnoni anglatadi?
Özbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa tabiiy huquqlari bölib, ularni taʼminlaş Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Qonunda odam savdosi uçun jinoiy javobgarlik belgilanganligi şaxs erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Özbekiston odam savdosiga qarşi kuraşişga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining "Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş töğrisida”gi Konventsiyasini, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining uşbu Konventsiyasini töldiruvçi "Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini oliş hamda unga çek qöyiş va uning uçun jazolaş haqida”gi Protokolni ratifikatsiya qildi, «Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida» Qonun qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunçilikka implementatsiya qilişga doir tegişli özgartirişlar kiritdi.
Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinçi qismi dispozitsiyasi mazmuniga köra, odam savdosi degan-da, odamni oliş-sotiş yoki odamni ekspluatatsiya qiliş maqsadida yollaş, taşiş, topşiriş, yaşiriş yoki qabul qiliş tuşuniladi. Oldi-sotdi tariqasidagi odam savdosi odamning bir şaxs tomonidan boşqasiga pul, boşqa moddiy qimmatliklar (mulk), mulkiy xarakterdagi xizmatlar, mulkiy yoki pul şaklidagi qarzdan voz keçiş va hokazolar sifatidagi haq evaziga berilişi töğrisida yozma yoki oğzaki bitim tuzilişini nazarda tutadi. Bunday körinişdagi odam savdosida odam qanday maqsadlarda sotib olinganligi (sotilganligi) huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.Şaxs odamni uning evaziga haq olinganidan söng topşiriş şarti bilan sotişga vaʼda berib, biroq azaldan uning qasdi moddiy qimmatliklarni egallaşga qaratilgan va unda bitim şartlarini bajariş niyati bölmagan hollarda uning harakatlari firibgarlik tarkibini taşkil etadi, oluvçining harakatlari esa sotib oliş tariqasidagi odam savdosiga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Oliş-sotiş tariqasidagi odam savdosidan farqli ravişda, Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan boşqa barça hollar (yollaş, taşiş, topşiriş, yaşiriş, qabul qiliş) da jinoiy javobgarlik yuzaga kelişining zarur şarti odamni ekspluatatsiya qilişga qaratilgan maqsad mavjudligi hisoblanadi. Odam mehnati va xizmatlaridan mehnat, fuqarolik qonunçiligi normalariga muvofiq (masalan, quriliş yoki maişiy pudrat, haq evaziga xizmat körsatiş, yölovçi va yuk taşiş, transport ekspeditsiyasi va boşqalar şartnomalar böyiça) foydalanilgan barça hollarda odam ekspluatatsiyasi mavjud böl-maydi.
Odamni ekspluatatsiya qiliş boşqa şaxslar fohişabozligidan foydalaniş yoki boşqa körinişdagi şahvoniy ekspluatatsiyani, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka öxşaş odatlar, erksizlik holati yoki odam aʼzolari yoki töqimalari olinişini anglatadi. Fohişabozlikda foydalaniş deganda, odamdan uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy şeriklar bilan şahvoniy munosabatlarga kirişişidan muttasil foydalaniş tuşuniladi. Boşqa körinişdagi şahvoniy ekspluatatsiya deganda, odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlaş, buzuq harakatlar sodir etiş kabi maqsadlarda foydalaniş uçun berilişi tuşuniladi. Majburiy mehnat biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali iş bajarişga majburlaşni anglatadi. Harbiy yoki muqobil xizmat töğrisidagi qonunlar asosida, favqulodda holat yuz bergan şaroitlarda, sudning qonuniy kuçga kirgan hukmiga binoan, qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda bajarilişi lozim bölgan işlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi. Qullik - öziga nisbatan mulk huquqiga xos ayrim yoki barça huquqlar amalga oşirilayotgan şaxs ahvoli yoki holatini anglatadi. Erksizlik holati - şaxsning muayyan omillar majmui taʼsiri ostida öz erkiga xilof ravişda har qanday iş yoki xizmatni bajarişga majbur bölganligini anglatadi.
Bular - "Odam savdosi" iborasi tuşunçalar edi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari orqali, mehnat jamoalarida öquv muassasalarida "Odam savdogarlari" tuzoğiga tuşib qolişdan saqlaniş maqsadida tinimsiz ravişda ogohlikka daʼvat etilmoqda.
Afsuski, ayrim insonlar ularni ogohlikka, xuşyorlikka çaqirayotgan çiqişlarning köpligiga qaramay yon atrofdagi köngilsizliklar, köz körib quloq eşitmagan qabih jinoyatlarning avj olayotganiga ham eʼtibor bermay hali hanuz aldanib qolişayapti: Dunyoqaraşi tor, özining mustaqil fikriga ega bölmagan kişilar mömay daromad topiş, katta boylik orttiriş ilinjida birovlarning yolğon vaʼdalari, hiylalariga uçib, jinoyatçilar tuzoğiga ilinişyapti.
Aziz yurtdoşlar! Mamlakatimiz mustaqillikka erişgaç, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy sohalarda keng kölamli hamkorlik aloqalari yölga qöyildi. Fuqarolarimizning dunyoning turli mamlakatlariga bemalol çiqişlari uçun barça imkoniyat va şaroitlar yaratildi. Şunday ekan, xorijda işlaş xohişingiz bölsa marhamat, tegişli idoralarga murojaat qiling, hujjatlaringizni rasmiylaştirib, şartnoma asosida işga boring. Agar siz bunga amal qilsangiz, öz hayotingiz va soğligingiz xavfsizligini taʼminlagan bölasiz.
Rasul Xolmuradov,
tuman prokurorining katta yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶